18
natijasida voyaga etgan hayvonlarning o‘ziga o‘xshash organizm etishib chiqadi.
Bu tipdagi rivojlanish o‘zgarishsiz yoki bevosita rivojlanish deyiladi.
Boshqa
hayvonlar (masalan, dengiz bo‘shliqichlilari, ko‘pchilik halqali chuvalchanglar,
dengiz qisqichbaqasimonlari
va mollyuskalari, qanotli hasharotlar, ninaterililar)da
embrional rivojlanish natijasida hosil bo‘lgan yosh organizm voyaga etgan ota-ona
organizmidan tana tuzilishi va hayot kechirish tarzi bilan farq qiladi. Yosh
organizm postembrional davrda bir necha o‘zgarishlardan keyin
etishgan ota- ona
organizmiga o‘xshash bo‘lib qoladi. Rivojlanishning bu tipi bilvosita (o‘zgarishli)
rivojlanish yoki metamorfoz deyiladi.
Hayvonlarning rivojlanishi va o‘sishi ular hayotining dastlabki davrlariga
to‘g‘ri keladi. Tana qoplag‘ichi yumshoq bo‘lgan hayvonlarning o‘sishi to‘xtovsiz,
deyarli bir me’yorda boradi. To‘garak chuvalchanglar, bo‘g‘imoyoqlilar va boshqa
bir qancha hayvonlarning tanasi qattiq po‘st bilan qoplangan. Qattiq po‘st o‘sishga
to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun bu hayvonlarning o‘sishi eski qattiq po‘stini
tashlagandan so‘ng boshlanadi va yangi po‘st qotib, o‘sishga to‘sqinlik
qilmaguncha davom etaveradi.
Dostları ilə paylaş: