15
jarayonda tashqi muhitdan organizmga kislorod o‘tadi va organizmdan
parchalanish mahsuloti - karbonat angidrid gazi chiqarib yuboriladi. Mikroskopik
tuzilishga ega bo‘lgan tuban umurtqasiz hayvonlarda
gaz almashinuvi butun tana
yuzasi orqali sodir bo‘ladi.
Tana bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan ko‘p hujayrali hayvonlar (bo‘shliqichlilar, yassi
chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar)da gaz almashinuvi tana suyuqligi orqali
boradi. Xalqali chuvalchanglarning kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan terisi
gaz almashinuvida asosiy o‘rin tutadi. Tana tuzilishining yanada murakkablashuvi
va hayvonlar faolligining osha borishi bilan tana qoplag‘ichi orqali gaz
almashinuvi etarli bo‘lmay qoladi. Shu sababli bir muncha murakkab tuzilgan
hayvonlar organizmida maxsus nafas olish organlari rivojlanadi.
Quruqlikda
yashab, atmosfera xavosi orqali nafas oluvchi xayvonlar traxeyalar yoki o‘pka
orqali, suv hayvonlari esa jabralar orqali nafas oladi.
Oziqlanishi.
Hayvonlar xam barcha geterotrof organizmlarga o‘xshab oqsillar,
yog‘lar, uglevodlar va boshqa organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Hayvonlar bu
moddalarni tashqi muhitdan oladi. Lekin ularning molekulasi juda yirik
bo‘lganidan suvda erimaydi va hujayra membranasi orqali o‘ta olmaydi. Shuning
uchun hayvonlar organizmida bu moddalar fermentlar ta’sirida bir muncha
oddiyroq moddalar (aminokislotalar, glitserin, kislotalar, monosaxaridlar)ga
parchalanib so‘riladi. Bu jarayon ovqat hazm qilish deyiladi. So‘rilgan
organik
moddalar organizmning turli qismlariga borib assimilyatsiya jarayonlariga jalb
etiladi. Hujayralarda ulardan hayvonlar uchun xos bo‘lgan yangi moddalar
sintezlanadi. Ko‘pchilik ko‘p hujayrali hayvonlarda oziqni maydalash, hazm
shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish funksiyasini bajaruvchi maxsus ovqat xazm
qilish sistemasi rivojlangan. Bir hujayralilarda va tuban ko‘p hujayralilarda oziq
hujayra ichida hazm qilinadi. Hayvonlar oziqlanish usuliga binoan ham bir-biridan
farq qiladi. Ko‘pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar
bilan oziqlanganidan ular
fitofag (o‘txur) hisoblanadi. Ekinlar va oziq-ovqat mahsulotlariga ziyon
keltiradigan hayvonlar zararkunandalar deyiladi. Boshqa hayvonlar hisobiga hayot
kechiruvchi hayvonlar yirtqichlar va parazitlarga ajratiladi. Yirtqich hayvonlar o‘z
16
o‘ljasini tez o‘ldiradi va birdaniga eb qo‘yadi. Parazitlar esa o‘z ho‘jayinini
birdaniga o‘ldirmasdan undan o‘z rivojlanishi davomida foydalanadi.
Hayvonlar orasida organik moddalar qoldig‘i bilan oziqlanadigan turlari xam
ko‘p bo‘lib, ularni saprofaglar deyiladi. Saprofaglarni ham fitofaglar (o‘simlik
qoldig‘i bilan oziqlanadigan), koprofaglar (hayvonlar ekskrementi bilan
ozikdanadigan), nekrofaglar (hayvon murdalari bilan ozikdanuvchilar)ga ajratish
mumkin.
Harakatlanishi
. Ko‘pchilik hayvonlarda maxsus harakatlanish organlari
rivojlangan. Bir hujayralilarda bu maxsus sitoplazma o‘simtalardan hosil bo‘lgan
xivchinlar yoki kipriklardan iborat. Tuban ko‘p
hujayralilarda maxsus
harakatlanish organlari bo‘lmaydi. Ular tanasini bukilib yozilishi yoki qisqarib
chuzilishi or- Kali xdrakat qiladi. Ko‘p hujayralilarda maxsus hapakatlanish
organlari dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lib, bir muncha sodda tuzilgan
ko‘p sonli ikki shoxli juft tana o‘simtalari (parapodiylar)dan iborat. Evolyutsion
taraqqiyot jarayonida harakatlanish organlari ham takomillasha borib, maxsus
tayanch-xarakat sistemasi hosil bo‘ladi. Hayvonlarning quruqlikda yashashga
o‘tishi bilan yangi tipdagi tayanch-harakatlanish sistemasi paydo bo‘ldi. Endi bu
sistema harakatlanish bilan birga tanani er ustida ko‘tarib turuvchi tayanch organi
vazifasini ham bajaradi.
Sezgi organlari
. Ko‘pchilik hayvonlar faol harakat qilib, o‘z ozig‘ini
topadi
va dushmanlaridan saqlanadi. Bu esa tashqi muhitni doimo o‘zgarib turishi bilan
bog‘liq. Nerv sistemasi hayvonlarni o‘zgarib turadigan tashqi muxitga
moslashuviga, binobarin ularni yashab qolishiga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: