A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

sutemizuvchilar, qushlar, sudralib 
yuruvchilar, baliqlar
); yumshoqtanlilar (
mollyuskalar
); bo‘g‘imlilar (
halqali 
chuvalchanglar va bo‘g‘imoyoqlilar
), nurlilar (
ninaterililar, chuvalchanglar, 
infuzoriyalar
)ga va 19 sinfga ajratadi. Lekin, Kyuve ham xuddi Linney singari 
turlarning o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi metafizik fikrni himoya qilib chiqqan edi. 
Uning vatandoshi va zamondoshi Sent-Iler (1772-1844) esa turlarning tashqi muhit 
ta’sirida o‘zgarishi borasidagi g‘oyani ilgari surgan. 
XIX asr biologiya fanida tirik tabiatdagi murakkab formalarni eng sodda 
formalardan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi g‘oyalarning ustun kelishi bilan 
xarakterlanadi. Bu davrda evolyutsion g‘oyalarni rivojlanishida T.Shvan (1810-
1882) va M.Shleyden (1804-1881) tomonidan hayvonlar va o‘simliklarning 
hujayraviy tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot katta ahamiyatga molik bo‘ldi. Turlarning 
o‘zgarishi, murakkab formalarni oddiy formalardan taraqqiy etib chiqishi 
to‘g‘risidagi ta’limotni birinchi bo‘lib fransuz naturalisti J.B.Lamark (1744-1829) 
taklif etgan. U “Zoologiya falsafasi” asarida turlarning o‘zgarmasligi xususidagi 
metafizik qarashlarga zarba berib, o‘zining evolyutsion ta’limotini asoslab beradi. 
Lekin, Lamark evolyutsion jarayonning sabablarini ochib berolmadi. Olimning 
asosiy ishlari umurtqasiz hayvonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan edi. U K.Linney 



sistemasini yanada takomillashtirdi va umurtqasiz hayvonlarni 14 sinfga ajratishni 
taklif etdi. 
Zoologiya fanida evolyutsion g‘oyalar faqat Ch.Darvinning (1809-1882) 
“Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi” (1859) asari bosilib 
chiqqandan so‘ng to‘la-to‘kis o‘z asosini topdi. Ch.Darvin turlarning o‘zgarishi va 
organik olam evolyutsiyasini tushuntirib qolmasdan, evolyutsiyaning asosiy 
omillarini ham ochib beradi. U tirik mavjudotlar tuzilishining murakkablashib 
borishi va tabiiy muhitga moslashuvining sababi uzoq davom etgan tabiiy yoki 
sun’iy tanlanish ekanligini bayon etdi. Darvin ta’limoti zoologiya fanlari 
taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu ta’limot biologiya fani oldiga 
hayvonlar evolyutsiyasi yo‘nalishlari va sabablarini ochib berishdek yangi 
vazifalarni qo‘ydi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimlari E. Gekkel (1834-1919) va 
F.Myuller (1821-1897) hayvonlarning individual rivojlanishi bilan tarixiy 
taraqqiyoti o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatib beruvchi biogenetik qonunni kashf 
qilishib, evolyutsion ta’limotni muhim dalillar bilan boyitishdi. 
XIX asr oxiri va XX asr davomida quruqliq dengiz va okeanlar faunasini 
o‘rganish uchun bir qancha yirik ekspeditsiyalar tashkil etildi. Bu soxada ayniqsa 
“Chellenjer” kemasidagi (Angliya, 1872-1876), “Galateya” (1950-1960) va 
“Vityaz” kemalaridagi Angliya, Daniya va Sovet ekspeditsiyalari juda keng 
miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Rus olimi A.V.Ivanov ekspeditsiya 
materiallari asosida yangi hayvonlar tipi - pogonoforalarni tasvirlab, berdi. Ingliz 
olimi D.Smit esa Afrikaning janubiy-sharkiy qirg‘og‘idan tutilgan latimeriya deb 
atalgan panjaqanotli baliq, ta’rifini keltirgan. 
Rus olimi K.M.Berning zoologiya fanining rivojlanishida (1792-1876) 
xizmatlari katta bo‘ldi. U hayvonlarning individual rivojlanishi to‘g‘risidagi 
embriologiya faniga asos solganlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, K.M.Berning 
Azov va Kaspiy dengizlariga qilgan ekspeditsiyalari bu havzalarda baliqchilikni 
rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Olim hayvonlar embrionining 
o‘xshashligi to‘g‘risidagi qonunni ochdi. Bu qonunga binoan embrionning 



rivojlanishida dastlab tipning, so‘ng sinf va turkumning belgilari, oxirgi navbatda 
esa turga xos belgilar yuzaga chiqadi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida zoologiya soxasidagi ishlar ayniqsa, Ch.Darvin 
ta’limoti e’lon qilingandan so‘ng tez rivojlana boshladi. Akademik A.O.Kova-
levskiy (1840-1901) paleontologiya fani dalillari asosida hozirgi bir barmoqli ot 
zotlarini qadimgi to‘rt va uch barmoqli ajdodlardan kelib chiqqanligini ko‘rsatib 
berdi. Uning bu tekshirishlari evolyutsion paleontologiyaning rivojlanishi uchun 
asos bo‘ldi. Nemis olimi E.Gekkel (1874) va rus olimi I.I.Mechnikov (1845-1916) 
ko‘p hujayrali hayvonlarning kelib chiqqanini izohlab berishdi. 
Hayvonot dunyosini o‘rganish rejali asosda va kompleks ravishda olib 
boriladigan bo‘ldi. Bu soxada A.N.Seversov (evolyutsion morfologiya), 
N.K.Kolsov 
(genetika), 
E.N.Pavlovskiy 
(parazitologiya), 
K.I.Skryabin 
(gelmintologiya), V.A.Dogel (parazitologiya, protistologiya), V.N.Beklemishev 
(solishtirma 
anatomiya), 
L.A.Zenkevich 
(sistematika), 
G.Ya.Beybienko 
(entomologiya) va boshqa zoologlarning ilmiy maktablari katta yutuqlarni qo‘lga 
kiritdi. Akademik A.A.Zenkevich (1889-1970) rahbarligida Shimoliy dengizlar va 
Tinch okeani umurtqasiz hayvonlarini o‘rganish borasida yirik ilmiy tadqiqotlar 
olib borildi. L.A.Zenkevich rahbarligida 7 jildli “Hayvonlar xayoti” asari yaratildi. 
E.N.Pavlovskiy (1884-1965) organizm bilan uning yashash muhiti o‘rtasidagi 
munosabatlarni o‘rganish asosida o‘zining transmissiv kasalliklarning tabiiy 
manbalari to‘g‘risidagi ta’limotini yaratdi. S.S.Shvars (1919-1976) evolyutsion 
jarayonning ekologik mexanizmini ishlab chiqdi. V.A.Dogel (1882-1955) 
evolyutsion 
jarayonda 
gomologik 
organlar 
sonining 
kamayib 
borishi 
(oligomerizatsiya) to‘g‘risidagi ta’limotni ishlab chiqdi. A.A.Zaxvatkin (1906-
1950) ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi muammosini tadqiq qildi. 
Keyingi davrda sistematika sohasidagi tadqiqotlarda solishtirma anatomiya, 
paleontologiya, embriologiya kabi an’anaviy usullar bilan bir qatorda tobora 
ko‘proq biokimyoviy, kariologik, molekulyar va genetik usullar keng tatbiq 
etilmoqda.


10 
Zoologiya fanining O‘zbekistonda rivojlanishi sharqning buyuk allomalari 
Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning nomi bilan bog‘liq. Zoologiya 
soxasidagi dastlabki tadqiqotlar kishilar sog‘ligini saqlash uchun zarur bo‘lgan 
dori-darmonlar 
tayyorlash 
bilan 
bog‘liq bo‘lgan. XI asrning buyuk 
mutafakkirlaridan biri Abu Rayhon Beruniy (973-1043) o‘zining tibbiyot 
soxasidagi asarlarida 101 xil hayvon va ulardan olinadigan dori-darmonlar 
to‘g‘risida yozib qoldirgan. Olim o‘zining “Hindiston” (1030) asarida karkidon, fil, 
kiyik, delfin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar 
keltiradi. Ayniqsa, uning delfinlar tanasining tuzilishi, ularni tovush orqali o‘zaro 
munosabatda bo‘lishi, karkidonning tuzilishi va tarqalishi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlari e’tiborga loyiq. 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining “Kitob ash-shifo” asarida odamlarning 
ichagida parazitlik qiluvchi chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar va 
ularni davolash to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar keltiradi. Olim ularni turlarga 
ajratib “katta va uzun qurt”, “dumaloq qurt”, “qovoq urug‘iga o‘xshash qurt”, 
“mitti qurt” deb ataydi. Qovoqsimon qurt, mitti qurt (kichik zanjirsimon) 
tushunchalari zoologiyaga oid asarlarda hozir ham saqlanib qolgan. “Kitob ash-
shifo” yirik falsafiy asar bo‘lib, unda geologiya, botanika, matematika, 
astronomiya, mantiq, ilohiyotga oid ma’lumotlar kam keltirilgan. Olimning tabiiy 
fanlarga oid ilmiy ishlari K.Linneyga ham ma’lum bo‘lgan. Ana shu boisdan ham 
K.Linney o‘zi tasvirlagan o‘simliklardan biriga “Avitsenna” (Ibn Sino) deb nom 
bergan. 
Hayvonot dunyosi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar Z.M.Boburning (1483-1530) 
shoh asari “Boburnoma”da ham keltirilgan. Asarda u o‘zi hukmronlik qilib turgan 
Hindistonda uchraydigan 60 dan ortiq umurtqali hayvonlar to‘g‘risida yozib 
qoldirilgan. 
“Boburnoma”da keltirilgan hayvonlar yashash muhitining 
xususiyatlariga ko‘ra quruqlik hayvonlari, suv yaqinida uchraydigan hayvonlar va 
suv hayvonlariga ajratiladi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar hozirgi O‘rta Osiyo, shu jumladan 
O‘zbekiston hayvonot dunyosini o‘rganishga uzoq davr mobaynida juda kam 


11 
e’tibor berilganligini ko‘rsatadi. Bu soxadagi maxsus tadqiqotlarni faqat XIX 
asrning ikkinchi yarmida N.A.Seversov boshlab berdi. U o‘z sayohatlarida Orol 
dengizi, Ustyurt, Qizilqumning shimoli, Sirdaryo, Tyanshan va Pomir tog‘lari 
hayvonlarini va tabiatini o‘rgandi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda 
tabiatshunos olim A.P. Fedchenkoning xizmatlari ayniqsa katta. U 1868-1871 
yillarda Oloy va Zarafshonda o‘tkazgan ekspeditsiyalarida 4000 hayvon turi 
(asosan hasharotlar)ni o‘z ichiga oluvchi 20000 ga yaqin kolleksiya to‘pladi. Uning 
birgina Zarafshon vodiysining yuqori qismida olib borgan tekshirishlarida 1000 
dan ortiq hayvon turi yig‘ildi. Sayyoh ipakchilik bilan ham qiziqadi. 
A.P.Fedchenko birinchi bo‘lib O‘zbekistonda, xususan Samarqandda rishtaning 
biologiyasini o‘rganadi. 
A.P.Fedchenkoning zamondoshi V.F.Oshanin (1844-1945) Oloy vodiysi, 
Zarafshon va Turkiston tizma tog‘lari va Pomir tabiatini tekshiradi, Amudaryoning 
yuqori qismida tarqalgan hasharotlarni o‘rganadi. U “Turkiston chala 
qattiqqanotlilar faunasining zoogeografiyasi” (1891) kitobida 700 dan ortiq 
hasharotlar turi haqida ma’lumot beradi. V.F.Oshaninning tashabbusi bilan 1876 
yilda Toshkentda tabiat muzeyi tashkil etildi. 
O‘rta Osiyo hayvonlarini o‘rganish XX asrning boshlarida, ayniqsa, jadal 
sur’atlar bilan olib borildi. Asrimizning 20 va 30-yillarida O‘rta Osiyo hududida 
yashovchi aholi o‘rtasida keng tarqalgan parazitar kasalliklarga qarshi kurashni 
amalga oshirishga katta e’tibor berildi. Buning uchun zoologiya fani oldiga parazit 
va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda 
O‘rta Osiyoga bir necha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. N.I.Xodukin (1896-1954), 
L.M.Isaev (1868-1964) bezgak pashshalarini o‘rganib, ularga qarshi kurash 
tadbirlarini ishlab chiqishadi. L.M.Isaev tashabbusi bilan O‘zbekistonda bezgakni 
tadqiq etuvchi stansiyalar va Tibbiyot parazitologiyasi instituti tashkil etildi. Olim 
rishta parazitini o‘rganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi. O‘sha 
davrda amalga oshirilgan tadbirlar 50-yillarda O‘rta Osiyoda bezgak kasali va 
rishtani batamom tugatish imkonini berdi. 


12 
Asrimizning 20-yillarida zoologiya soxasidagi asosiy tadqiqotlar yangi tashkil 
etilgan Turkiston universitetida olib borildi. A.L.Brodskiy (1882-1943) bir 
hujayrali hayvonlarni o‘rganishni boshlab berdi. U Qizilqum faunasini tekshirib, 
chig‘anoqli soxtaoyoqlilarning yangi turlarini topadi va ularni dengiz 
soxtaoyoqlilari bilan yaqinligini isbotlaydi. Bu tadqiqot O‘rta Osiyo qumliklari 
o‘rnida qadimda dengiz bo‘lganligidan dalolat beradi. D.N.Kashkarov (1878-1941) 
O‘rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab berdi. T.Z.Zoxidov Qizilqum 
hayvonlari ekologiyasini o‘rgandi va zoologiya sohasida bir qancha yirik asarlar 
yozdi. V.V.Yaxontov (1899-1970) hasharotlarni va A.M.Muhammadiev (1906-
1988) suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlarni o‘rganish sohasida bir qancha 
tadqiqot ishlarini olib borishdi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda 
M.N.Narziqulov 
hamda 
R.O.Olimjonovlar 
(hasharotlar), 
A.T.To‘laganov 
(fitogelmintlar), 
M.A.Sultonov, 
I.X.Ergashev, 
J.Azimov 
(zoogelmintlar), 
S.N.Alimuhamedov (zararkunanda bo‘g‘imoyoqlilar) va boshqa olimlar ham bir 
qator ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishdi. Zoologiya sohasidagi izlanishlar 
ayni kunda ko‘plab ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarida olib 
borilmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin