19
xilligi sistematikaga yana bir qancha qo‘shimcha tushunchalar
kiritishni taqozo
etadi. Chunonchi, hamma hayvonlar tipi bitta hayvonot dunyosiga kiritiladi.
Hayvonot dunyosi bir hujayralilar va ko‘p hujayralilar kenja dunyolariga ajratiladi.
Hayvonot
dunyosi esa prokariotlar, zamburug‘lar va o‘simliklar dunyolari bilan
birga organik ya’ni tirik mavjudotlar olamini tashkil etadi.
Bulardan tashqari turli
taksonlar uchun oraliq taksonlar xam kiritilgan. Ular takson nomidan oldin “katta”
yoki “kenja” so‘zlarini qo‘shib ishlatiladi. Masalan, kenja avlod, katta avlod, kenja
oila, katta oila, kenja turkum, kenja sinf, katta sinf, kenja tip, kenja tur deyiladi.
20
1-Amaliy mashg`ulot.
Protozoa (Bir hujayralilar) kenja olami. Tip
Euglenozoa: Sinf Euglenoidea (Evglenalar). Vakillar: Euglena viridis yoki Euglena
gracilis. Tuzilishi va ko’payishi. Chlorophyta (volvokslar) tipi. Kolonial
xivchinlilar. Vakil:Volvox sp.(volvoks). Tuzilishi va ko’payishi.
Sodda hayvonlar bir hujayrali organizmlar bo’lib, morfologik jihatdan
hujayraga o’xshashdir.
Bir
hujayrali hayvonlar sitoplazma, yadro va boshqa
organoidlardan tuzilgan. Ko’pchilik sodda hayvonlar mikroskopik bo’lib mikronlar
bilan o’lchanadi. Shu bilan birga ancha yirik turlari ham bo’lib, 1sm ba’zi
ildizoyoqlilar – foraminiferalar chig’anoqlari esa 5-6 sm ga etadi.
Bir hujayrali hayvonlar tipiga mansub organizmlar suyuqlik muhitida yashab
erkin va parazit turlari bor. Bu tip 20-25 ming turlarni, birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: