Mashg’ulotning ilmiy maqsadi: Yashil evglena misolida xivchinlilar sinfi
vakillarining xususiyatlari bilan tanishish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini
kengaytirish, hayvonot dunyosiga bo’lgan qiziqishini yanada ortirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni darslik va
qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini oshirish.
1-jadval Jihozlar Tasviriy Natural Tarqatma materiallar Bir hujayrali hayvonlarni
rangli rasmlari.
1.
Oddiy amyoba.
2.
Yashil evglena.
3.
Infuzoriya.
Bir hujayrali hayvonlar.
1.
Oddiy amyoba.
2.
Yashil evglena.
3.
Volvoks.
1.
Bir hujayrali hayvonlar
mikropreparatlari.
2.
Mikroskop.
3.
Buyum oynasi.
4.
Qoplag’ich oynasi.
5.
Tomizgich.
6.
Filtr qog’oz.
7.
Metil va sirka kislota.
8.
Paxta.
9.
Suv.
Jihozlar: Mikroskoplar, suv tomizg’ichlar, buyum va qoplagich oynalar,
ko’rgazmali qurollar, tayyor preparatlar, tarqatma materiallar. Yashil evglena,
oddiy amyoba va volvoks o’stirilgan suv, paxta, filtr qog’oz.
Uslub: Kichik guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotni bajarish: 1.Yashil evglena mavjud bo’lgan suvdan bir tomchi olib, buyum oynasinig
ustiga tomiziladi va uning usti qoplagich oyna bilan yopiladi.
2. Mikroskopning kichik obektivi orqali, uning harakati o’rganiladi. Uning
harakatchan xivchinlariga e’tibor beriladi.
3. Evglenaning tuzilishini yaxshi ko’rish uchun uni harakatdan to’xtatiladi,
ya’ni buyum oynalarning orasiga paxta tolalari qo’yiladi va suv filtr qog’oz
yordamida shimitib olinadi.