Mavzu: Kichik biznesda hodimlar odobi
Reja:
1. Motivlashtirish – kichik biznes boshqaruvini muhim omili sifatida.
2. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish orqali kichik iznes boshqaruvini yo‘lga qo‘yish.
3 Kichik biznes boshqaruvida (jamoaviy) ijtimoiy motivlashtirish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Motivlashtirish – kichik biznes boshqaruvini muhim omili sifatida.
Odamlarni samarali boshqarish asosida uning intilishini tushunish yotadi. Faqat odamning faoliyatiga nima turtki berishini, uning ehtiyojlarini bilib turibgina boshqarishning samarali usullari tizimini ishlab chiqish mumkin. Buning uchun u yoki bu ehtiyojlar nima uchun paydo bo‘lishini, faoliyatga intilish nimaga qaratilganini va odamlarda maqsadga qaratilgan intilishni shakllantirishni bilish kerak.
Motivatsiya - odamni faoliyatga yo‘naltiruvchi, bu faoliyat chegaralari va shakllarini belgilovchi hamda uni muayyan maqsadlarga erishish uchun yo‘naltiruvchi ichki va tashqi kuchlarning yig‘indisiga aytiladi.
Motivatsiyaning ta’siri ko‘p omillarga, asosan shaxsning ichki dunyosi, ehtiyojlariga bog‘liq bo‘lib, ma’lum vaqt ichida o‘zgarib turishi mumkin ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin.
Motivatsiya tushunchasini har tomonlama ochish uchun quyidagi uch jihatini ko‘rib chiqish zarur:
odam faoliyatining qaysi tomonlari motivatsiya ta’sir ostida bo‘lishi;
insonga ta’sir etuvchi ichki va tashqi kuchlarning o‘zaro nisbati;
motivatsiyaning odam faoliyati natijalari bilan bog‘liqligi.
Ehtiyoj - bu odamda doimiy mavjud bo‘lib, biror narsaning yetishmaslik hissi hisoblanadi. Har bir odamda ehtiyojlar individual ko‘rinishga ega. Insonning ma’lum narsaga ehtiyoji bor ekan, u o‘zini bildirib turadi va qondirilishini talab qiladi. Odamlar imkoniyatidan kelib chiqib uni har xil yo‘llar bilan qondirishga o‘rinadilar. Agar ehtiyojni qondirishning imkoniyati bo‘lmasa, uni so‘ndirishga harakat qiladilar yoki ularga e’tibor berishmaydi. Ehtiyojlar ongli va ongsiz ravishda paydo bo‘lishi mumkin.
Motiv - bu odamda aniq maqsadga qaratilgan harakatni keltirib chiqaradi.
Motiv har bir odam faoliyatida yuzaga keladi va individual harakterga ega.
Motiv odamni harakatga undabgina kolmay, bu harakat qanday qilib amalga oshirilishini ham belgilab beradi. Motiv bir xil ehtiyojni qondirilishga qaratilgan bo‘lsa ham, u turli insonlarda turlicha vositalar orqali shakllanadi. Motivlar ongli ravishda amalga oshiriladi. Odam motivlarini so‘ndirib ularga ta’sir qilishi mumkin.
Odam harakati bitta motiv bilan aniqlanmaydi, balki motivlarning odam harakatiga ta’siri darajasiga qarab, motivlarning bir-biri bilan bog‘liq yig‘indisi bilan aniqlanadi. Odamning motivatsion strukturasi deganda odam tomonidan ma’lum bir harakatlarning bajarilish asosi yotadi.
Motivlashtirish deganda odamni ma’lum bir harakatlarga, unda motivlarni shakllantirishga undash jarayoni tushuniladi. Motivlashtirish odamni boshqarishning asosi hisoblanadi. Boshqarishning samradorligi motivlashtirish jarayonining qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirilganligiga bog‘liq. Motivlashtirishning maqsadiga ko‘ra 2 asosiy turi farqlanadi:
Birinchi turi, xoxlagan natijalarni olish uchun, odamga tashqi ta’sirlar natijasida harakatga undash uchun aniq bir motivlar orqali chiqariladi.Bunday motivlashtirish tipida kanaka motivlar xoxlagan natijaga olib kelishini bilish zarurli Ikkinchi tipi - odamda motivatsion strukturani shakllantirishdan iborat. Bunday holda asosiy dikkat e’tibor odamni motivlarini motivlashtirishga xohish-istagini rivojlantirishdan iborat va natija olishga xalakit berayotgan motivlarni yo‘qotishdan iboratdir. Bu tip, tarbiyaviy tipda bo‘lib, konkret natija olish uchun odamni harakati bilan bog‘liq bo‘lmasligiyam mumkin. Ikkinchi tip katta kuch, kuchli bilim va qobiliyatni talab qiladi, chunki uning natijalari birinchi tipning natijalaridan doim ustun turadi. Buni o‘rganib olgan boshqaruvchilar qo‘l ostidagi hamkasblarni boshqarishda muvaffakiyatli va yaxshi natijalarga erishadilar.
Odamlarni motivlashtirish odamga ta’sir etishning turli usullari va metodlari orqali amalga oshiriladi. Motivlashtirishning ayrim usullari, ma’lum bir motivator bo‘lib kolishi mumkin. Kanaka motivatorlar odamni harakatga undashini bila turib, odamni xulq-atvorini boshqarish mumkin. Motivatorlar bo‘lib har-xil tipdagi taqdirlash- taqdirlamaslik, jazolash- jazolamaslik, majbur qilish - majbur qilmasliklar bo‘lishi mumkin. Bunda motivator harakatni qilmasdan oldin yoki qilgandan keyin qo‘llanilishi mumkin.
Stimullar «ko‘zgalishi»ni boshlovchilarning richagi rolini o‘ynaydi, ular esa ma’lum bir motivlarning harakatga kelishiga olib keladi. Stimullar tarzida odam qilgan harakatlari natijasida nima olishni xoxlasa, harakatlar o‘rnini kompensatsiya qiladigan narsalar, ya’ni ayrim predmetlar yoki va’dalar bo‘lishi mumkin. Odam har bir stimulni ongli ravishda boshqara olmaydi.
Har xil stimullarni motivlashtirish uchun qo‘llash - stimullash deyiladi. Stimullash - bu motivlashtirishni amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan vosita. Bunda birlashmadagi munosabatlar qanchalik rivojlangan bo‘lsa, stimullash odamlarni boshqarishda shuncha kam ishlatiladi.
Motivatsiya faoliyatning quyidagi harakterlariga ta’sir qiladi:kuch, harakat qilish, qat’iylik, vijdonlilik, yo‘naltirilganlik.
Bitta shunday ishni odam har xil kuch sarflab qilish mumkin. Odam turlicha harakat qilishi mumkin. Bitta odamga mehnatning sifati qanday bo‘lishi ahamiyatsiz bo‘lsa, boshqasi hamma narsani yaxshi sifatli qilishga o‘rinadi, chin yurakdan ishlaydi.
Motivatsiya ta’sir qiladigan faoliyatning uchinchi harakteristiqasi boshlangan ishni rivojlantirish va tugatish katiyligidan tashkil topadi. Bu faoliyatning muhim harakteristiqasi bo‘lib, kishilar ko‘p xollarda boshlangan ishga qiziqishni tez yo‘qotishadi.
Ishni bajarishda sof vijdoniylik ishni bajarishda ma’suliyatli bo‘lishni, hamma zaruriy talablar va tartiblashtiruvchi normaga rioya qilishni bildiradi.
Yo‘nalganlik odam faoliyatining harakteristiqasi bo‘lib, ma’lum faoliyatni amalga oshirishda odam nimaga intilishini ko‘rsatadi.
Boshqarish uchun odam harakatini yo‘nalishini bilishi zarur. Bu harakatni motivatsiyalash yordamida ma’lum maqsadlarga yetishishni ham bilish kerak.
Bu hamma harakteristiqalarni umumlashtirib motivatsiya tushunchasini odamni ma’lum kuch sarf qilib, sof vijdonli bo‘lib, ma’lum maqsadga yetishishga yo‘naltirish faoliyatning amalga oshirishga sarf bo‘lgan kuchlar yig‘indisi desa bo‘ladi.
Iqtisodiy rag‘batlantirish va ish haqi munosabatlari xodim uchun ham, jamiyat uchun ham muhim ahamiyatga ega. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida pul ko‘rinishidagi mukofot to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi omil bo‘lib, xodim qancha ko‘p pul olsa, shuncha mehnatga bo‘lgan qiziqish ortadi degan tushuncha hukmron edi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, iqtisodiy rag‘batlantirish xodimning ijtimoiy nuqtai-nazariga bog‘liq bo‘lib, bilvosita ta’sirga ega ekan. Shu sababli pulning xodimni taqdirlash vositasi sifatidagi ahamiyatini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Pul ko‘rinishidagi mukofotning xodim uchun ahamiyati bir necha omillarga ko‘ra belgilanadi. Pulning iqtisodiy mohiyati uning ayirboshlash funksiyasida nomoyon bo‘lib, natijada iqtisodiy resurslar qayta taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida pul ayirboshlashning ijtimoiy vositasi ham hisoblanadi. Shaxs tasarufidagi pulning miqdori - pulni yig‘ish, sarflash va hayriya qilish imkoniyatiga ega shaxsning jamiyatdagi mavqeini ifodalaovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Individ o‘z pullariga ega bo‘lishi yoki sarflashi bilan mehnat faoliyatini baholovchi statusiga bog‘liq qimmatlikni ifodalaydi.
Pulning qimmatlik darajasi har bir kishi uchun o‘ziga hos hususiyatga ega bo‘ladi. Ehtiyojlaridan kelib chiqib, pul har bir inson uchun turlicha ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mukofotlashni turli motivatsiya modellari nuqtai – nazaridan ko‘rib chiqish orqali pulning shaxs uchun iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatini to‘laroq ifodalash mumkin.
Faoliyatga undash. Ma’lum maqsadga intilayotgan xodim o‘z ish haqlarini boshqa xodimlarning ish haqqi bilan taqqoslash orqali o‘ziga hos musobaqaga jalb etiladi. Bu holda pul xodimning muvaffaqiyat darajasini ifodalaydi.
Ehtiyojlar. Pul insonning turli darajadagi ehtiyojlarini qondirish vositasi hisoblanadi.
Atributsiya. Mukofot miqdori ma’lum darajada shaxsning tashkilotdagi obro‘-e’tibori, ijtimoiy mavqeini ifoda etadi. Ko‘pincha xodimlar o‘z ish haqlarini oshirishga harakat qilar ekanlar, moddiy ta’minlanish bilan birga jamoada o‘zini namoyon etishni nazarda to‘tadilar. Bunda muvaffaqiyatli faoliyati natijasida qo‘shimcha mukofot berilishiga xodim o‘z qobiliyati va tajribasini sabab qilib ko‘rsatadi. Past natijalarni tushuntirishda xodimlar juda murakkab topshiriqlar, omadsizlikni ro‘kach qiladi. Shunga qaramay, odatda salbiy tashqi omillar mukofot hajmining kamayishiga ta’sir etmaydi.
Ko‘tish nazariyasi. Bunga ko‘ra motivatsiya quiydagi formula orqali ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: |