14
xayvonlar tanasining chap va o‘ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa
(elka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin.
Odatda radial-nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o‘qli
simmetriya bir muncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun xarakterlidir.
Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilishga ega
bo‘ladi. Bunday xayvonlarga sodda tuzilgan yalang‘och amyobalar bilan bir
qatorda qorinoyoqli mollyuskalar ham misol bo‘ladi. Qorinoyoqlilar tanasining
assimetrik tuzilishi spiral chig‘anoqdan hosil bo‘lishi bilan tananing bir tomonga
buralishi natijasida kelib chiqqan bo‘lib, ikkilamchi xarakterga egadir.
Dostları ilə paylaş: