69
tomonida joylashadi. Qoramol gijjasi ikki jinsli germofrodit. Mol gijjasining
rivojlanishi xo’jayinlarining almashinishi bilan amalga oshadi.
Voyaga yetgan
chuvalchang odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Uni tanasining oxirgi
qismidagi proglotidlar yetilgan tuxumlari bilan to’lgan holatda uzilib tushadi va
tashqariga chiqadi.
Bunday tuxumlarda shar shaklidagi va olti ilmoqli embrion onkosfera
rivojlanadi. Qoramollar yem-xashak bilan bunday
tuxumlarni yutganidan keyin
hazm fermentlarining ta’siridan tuxumning qobig’i eriydi va undan chiqadigan
lichinkalar – onkosfera ichak devorini teshib qon tomirlarga o’tadi. U o’pka, jigar
va keyinchalik muskullar orasiga ko’chadi. Ana shu davrda onkosferaning
ilmoqlari yo’qoladi va u o’ziga xos lichinka finnaga
yoki sistotserkariyalarga
aylanadi. Pufak ichiga solityorning to’rt so’rg’ichga ega bo’lgan bosh – skoleks
qayrilib kirgan bo’ladi.
Qoramol gijjasining oxirgi xo’jayini bo’lgan odamlar me’yoriga yetkazib
pishirilmagan finnali go’shtlarni istemol qilganlarida zararlanadilar.
Odamlar
ichagida pufak erib, hazm bo’lib ketadi. Solityorning bosh qismi esa undan chiqib
ichak devoriga yopishib oladi va bo’yin qismidan yangi yosh bo’g’imlar hosil qila
boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: