A. K. Xusanov


Sinf: Kam tukli halqali chuvalchanglar-Oligochaeta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

 
Sinf: Kam tukli halqali chuvalchanglar-Oligochaeta
 
Yomg’ir 
chuvalchangi 
haqida nimalar 
bilasiz? 
Tashqi tuzilishi 
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
_____________ 
Yomg’ir 
chuvalchangini boshi 
va oxirgi tomonlarini 
farqi 
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
____ 
Yomg’ir 
chuvalchangini xalq-
xo’jaligidagi 
ahamiyati 
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
__________________
_________________ 


98 
Turkum: Yomg’ir chuvalchanglari-Lumbricomorpha
 
Vakil: Yomg’ir chuvalchangi-Lumbricus terrestris 
Mashg’ulotning ilmiy maqsadi
: Yomg’ir chuvalchangining ichki tuzilshi. 
Ovqat hazm qilish, nerv sistemasi, ko’payish organlarini o’rganish.
Mashg’ulotning 
tarbiyaviy 
maqsadi: 
O’quvchilarning 
ilmiy 
dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo’naltirish. 
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: 
O’quvchilarni
 
atamalar bilan 
ishlashni o’rgatish. 
Jihozlar:
lupalar, to’g’nog’ich ignalar, skalpellar, Petri kosalari, qaychilar, 
vannachalar, ko’rgazmali qurollar, tayyor preparatlar, tarqatma materiallar. 
Yomg’ir chuvalchangi, spirt eritmasi.
Uslub:
Guruhlarda o’qitish. 
 Mashg’ulotni bajarish: 
1.Yomg’ir chuvalchangini ochish uchun 10-15%li spirtda 10-15 daqiqa 
saqlanib o’ldirilib olinadi. Uning ustida hosil bo’lgan shilimshiq suv bilan yuvib 
tashlanadi. 
2.Chuvalchang vannachaga qorin tomoni bilan joylanib, bosh gangliyalarini 
shikastlamaslik uchun sal chetrog’ida to’g’nog’ich igna bilan sanchib qo’yiladi. 
Ikkinchi to’g’nog’ich igna yordamida dumining uchidan tarang qilib vannachadagi 
mumga sanchib qo’yiladi. 
3.Tanasining oxirgi uchiga yaqin joyidan qaychi yordamida ko’ndalangiga 
terisi kesiladi, so’ngra qaychining bir uchi yupqa terining ostiga kiritilib, 
chuvalchangning bosh tomoniga qarab kesiladi va qirqilgan teri to’g’nog’ichlar 
bilan ikki tomoniga qayirilib sanchib qo’yiladi. 
4.Ichi yorilgan chuvalchangning ovqat hazm qilish sistemasini kuzatish. 
5.Nerv sistemasini o’rganish uchun halqum ostida joylashgan oq rangdagi 
nerv tugunlari topiladi. Ichki organlari olib tashlanib, uning qorin nerv zanjiri 
kuzatiladi. 
Mavzu haqida ma’lumot. 
Yomg’ir chuvalchangining ichki tuzilishi teri 
muskul xaltasi bilan o’ralgan, uning ichi suyuqlik bilan to’lgan. Bu bo’shliqda 
ichki organlar joylashgan. Tana bo’shlig’i ko’ndalang pardalar yordamida ayrim 
kameralarga bo’lingan bo’ladi. Uning soni tashqi bo’g’imlarining soniga teng 
bo’ladi. Hazm organlari rivojlangan bo’lib og’zi muskulli halqum bilan tutashgan 
bo’ladi. Halqum bir muncha uzun qizilo’ngach bilan tutashgan bo’ladi. 
Qizilo’ngachning pastki tomoni kengaygan bo’lib jig’ildonni hosil qiladi. 
Jig’ildonga kengaygan oshqozon, oshqozon esa o’rta ichakka tutashadi. O’rta ichak 
hazm kanalining eng uzun qismidir. Kalta – oxirgi ichak orqa chiqarish teshigi 
orqali tashqariga ochiladi. 
Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi rivojlangan bo’ladi. Hazm 
kanali ustida chuvalchang tanasi bo’ylab orqa qon tomiri, ostida qorin qon tomiri 
joylashgan. Tanasining oldingi qismida bir necha dona tutashtiruvchi halqasimon 
tomirlar joylashgan. Tananing oldingi qismida bir necha tutashtiruvchi yo’g’onroq 
halqasimon tomirlar bo’lib ular «yurak» vazifasini o’taydi. Bu yo’g’onroq 
tomirning devorida muskullar bo’ladi. Ular muntazam ravishda qisqarib turadi va 


99 
qonni yelka tomir bo’ylab tananing oxirgi uchidan oldingi uchi tomon 
harakatlantiradi. Buning natijasida qon yelka tomiridan qorin tomiriga o’tkaziladi.
Asosiy va halqasimon qon tomirlaridan chuvalchang tanasining turli 
qismlariga maydaroq qon tomirlari, ulardan esa yana ham mayda qon tomirlari – 
kapilyarlar tarmoqlanadi. Chuvalchangning qorin tomirlarida oqqanligi uchun, u 
tana bo’shlig’idagi rangsiz suyuqlik bilan hech qachon aralashib ketmaydi. 
Chuvalchangning qon aylanish tizimi tana bo’shlig’iga tutashmaydi, shuning 
uchun ham yopiq hisoblanadi. 
Ayirish organlari har bir halqaga bir juftdan ochilgan kurakchali 
voronkasimon nefridiyalardan iborat bo’lib, ularning uzun naychalari halqalarni bir 
biridan ajratib turuvchi to’siq pardaga yopishgan. Naychaning uchi esa keyingi 
halqadan tashqariga ochilgan. Nefridiya voronkalari juda ko’p va har qaysi halqada 
tarmoqlanadi. Shuning uchun ular metonefridiyalar deb ataladi. Hayot faoliyatida 
to’plangan suyuq moddalar har bir halqadagi tana bo’shlig’ida to’planadi va ular 
nefridiyalar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. 
Nerv sistemasi metamer tuzilishga ega. Har qaysi halqaning qorin tomonida 
kichik nerv tuguni bo’ladi. Bu nerv tugunlarining hammasi o’zaro qo’shilib qorin 
nerv zanjirini hosil qiladi. Nerv zanjirining old uchida, halqum ostida yirik halqum 
usti nerv tuguni joylashgan. Halqum usti va halqum osti nerv tugunlari halqumning 
ikki yonidan o’rab oladigan nerv tomirlari orqali bir biri bilan tutashadi. Ularning 
hammasi birgalikda halqum atrofi nerv halqasini hosil qiladi. Hamma nerv 
tugunlaridan tananing turli qismlariga nervlar tarqaladi. 
Yomg’ir chuvalchangi germofrodit. Urug’don va tuxumdon tanasining old 
tomoni halqalarida joylashgan. Erkaklik jinsiy organi – 4 ta urug’don bo’lib, 10-15 
halqalarda joylashgan. Urg’ochilik jinsiy organi – ikkita tuxumdon bo’lib 13- 
halqada joylashgan. Tuxum yo’li 14 - halqada tashqariga ochiladi. Urg’ochilik 
jinsiy tizimiga urug’ qabul qiluvchi xaltalar ham kirib, ular 9-10 halqalarda 
joylashgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin