Suhbat — o‘quvchilar bilimi va malakasiga asoslangan holda savol-javob bilan yangi materialni o‘quvchilar ongiga yetkazishdir.
Suhbat rejasida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:
suhbatning har bir bosqichiga mos keluvchi mantiqiy ketma-ket savollar guruhi tuzilgan bo‘lishi;
ko‘rsatilgan tajriba va ko‘rgazmalar ro‘yxati va ularni namoyish qilish o‘rni;
doskaga va 0‘quvchilarning daftarlariga yoziladiganlar ko‘rsatilishi.
Suhbat orqali quyidagi masalalar hal qilinishi mumkin:
qo‘yilgan muammoni hal qilish yo‘llarini aniqlash;
o‘quvchilar bilimini sinash.
Hikoya — materialni ketma-ket obrazli qilib bayon qilish.
Hikoya uslubi quyidagi masalalarni hal qilishda samara beradi:
turli ixtirolarning va qonunlarning ochilish tarixi, olim- larning hayoti bilan tanishtirish;
o‘rganilganlarni fan va texnikada qo‘llanilishi bilan ta- nishtirish;
tabiatda va texnika qurilmalarida kuzatiladigan hodisa- larni tasvirlash.
Hikoya aniq, mantiqan ketma-ket, obrazli bo‘lishi, jadal- ligi (tempi) o‘quvchilarni qabul qilishiga va materialning qi- yinligiga qarab tanlanishi lozim. Hikoya tajriba va ko‘rgazmalar bilan to‘ldirib boriladi-.
Tushuntirish —tajriba va ko'rgazmalar yordamida og‘ir mavzularni ketma-ket mantiqiy bayon qilishdan iborat. Bu uslub isbotlab tushuntirib, asoslab berishni talab etadigan ushbu mavzularni o‘tishda qo‘llaniladi:
fizik asbob va mashinalarning tuzilishi va ishlashini o‘qitishda;
nazariyalar asosida hodisalarning mohiyatini (tabiati- ni) ochib berishda;
hodisalarning o‘zaro bog'lanishlarini ochib berishda;