'K.D. Ushinskiy. Tanlangan pedagogik asarlar. Toshkcnt —1959. 357- bet.
o‘rganiladigan materialning mazmuni va harakteriga mos kelishi kerak.
Sezgi, idrok bilishning birinchi bosqichi bo‘lib, aqliy faoliyatning yuksak shakli — abstrakt tafakkur sezgi, idrok obrazlariga asoslanadi. Demak, ta’limning samaradorligini oshirish uchun bolalarning sezgi-idrokdan hosil bo‘lgan tajri- balaridan, tasavvurlaridan foydalanish, fan asoslarini egal- lashda, jumladan fizik bilimlarni egallashda ham, unga ta- yanish zarurdir. Chunki, inson sezgi idrokining asosiy mohi- yati ongning tashqi borliq bilan bevosita bog‘lanishini ta'min etishdir, insonning yuksak ehtiyojlarini, jumladan dunyoni bilish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishdir.
Demak, har qanday bilish jarayoni va hodisalaming mohi- yatini anglab olish faqat sezgi orqali, idrok va tasavvurlar orqali sodir bo‘ladi.
Sezgi va idrok tasawur obrazlarining shakllanishiga olib keladi, tasawurlar esa, o‘z navbatida inson aqliy faoliya- tining yuksak bosqichi abstrakt tafakkuming hissiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, sezgi idrok va tasavvurlar har qanday bilishning negizi, bilishga asos bo‘lgan manba bo‘lsa ham, u murakkab bilish jarayonining faqat birinchi bosqichi bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida avval hissiy bazani yaratish ta’limning tobora murakkablashib, chuqur- lashib bomvchi bosqichlarida unga tayanib ish ko‘rish, hissiy bilish bilan to‘g‘ri (ratsional) bilish faoliyatlarining to‘g‘ri nisbatda bo‘lishiga rioya qilish zarur bo‘ladi. Bu o‘quvchilarda bilimlarning shakllanishi uchun ham zaruriy shartdir.
Ruhiy faoliyatning ayrim turlarining shakllanishi va rivoj- lanishida optimal vaqt oralig'i mavjud deb taxmin qiiinib, bu vaqtni L.S. Vigotskiy va A.N. Leontyev sintizitiv davr deb yuritdilar. Masalan, nutqni rivojlantirish uchun sinti- zitiv davri 1 yoshdan 5 yoshgacha, model fikrlashning shak- llanishi uchun 11 — 13 yosh, matematik fikrlash 15 dan 20 yoshgacha talab etiladi. Odam ruhiyati rivojlangan sari yax- litlik, birlik, barqarorlik ortib boradi, uning birlashishi sodii bo‘ladi. Bu hol shaxsning u yoki bu hislatlarining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ta'lim jarayonida ba’zan shunday hol yuz beradiki, o‘quvchilarning ongi aqliy faoliyatning yuksak shakli bo'lgan abstrakt tafakkuriga, tushunchalarga tayanib fikr yuritishga tayyor bo‘lmay, ilmiy tushunchalarning mag‘zini chaqish va fikr yuritishda tushunchalar bilan ish ko‘ra olish faoliya- tiga hissiy obrazlar zaxirasi, sezgi, idrok va tasavvurlar za- xirasi yetishmay qoladi. Ta'limdagi juda ko‘p nuqsonlar shu tufayli yuz bersa kerak, ulgurmovchilikka, bilimdagi kam- chiliklarning sodir bo‘lishiga ham shu sabab bo‘ladi.
Sezgi va idrok narsa va hodisalaming sezgi organlariga be- vosita ta'sir qilib turishi natijasida sodir bo‘lsa, tasawur obrazlari so‘z ta'siri bilan tiklanadi. Shu sababli ma’lum dara- jada umumiylashgan bo‘ladi. So‘z ta'siri bilan tiklangan tasav- vur mazmun jihatidan olganda sezgi va idrokdan chuqur- roq, shu bilan birga u umumiylashgandir.
So‘z bilan tiklangan tasawur obrazlaridan voqelik bi- linadi. Ta'lim jarayonida buni hisobga olmaslik mumkin emas. Zotan, maktab ta'limi oldida ilmiy bilimlar bilan tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlari bilan, voqelikning asl mohi- yatini aks ettiradigan tushunchalar sistemasi bilan qurol- lantirish orqali o‘quvchilar aqliy faoliyatini rivojlantirish vazifasi turadi.
Shunday qilib, fanning o'ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bu haqdagi bilimlarni egallash jarayoniga ta'sir o‘tkazuvchi omillarni atroflicha tadqiq qilish, o‘quvchilarning aqliy faoli- yatlarini faollashtiruvchi samarali uslublarni ishlab chiqish maktabda o‘qitish sifatini ko‘tarishda muhim amaliy ahami- yatga ega. .
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘qitish jarayonining ruhiy xususiyatlarini fizika o‘qitishda qanday amalga oshirish mum- kinligi haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Har qanday predmetni, shu jumladan fizika o‘qitishni shunday olib borish kerakki, bunda u o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga maksimal yordam bersin.
Fizika o‘qitish jarayonini tashkil etish bilan birga fizika o‘qitishning o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Ular hammadan avval predmetning mazmuni
bilan belgilanadi. O‘rganilayotgan obyektlarning mohiyatiga kirib borish o‘quvchilardan abstraktlash, ideai modellarni qurish, bir ko‘rinishdagi abstraksiyalashdan boshqasiga o'tish va boshqa shu singari hayoliy amallarni (operatsiyalarni) ba- jarishni talab etadi. Bularning hammasi fizik ilmiy fikrlashni ifodalaydi, hamma hayoliy operatsiyalar o‘qish jarayonida shakllanadi va yoshning ortishi bilan rivojlanib boradi.
Fizika o‘qitish jarayonining ikkinchi o‘ziga xos ruhiy xu- susiyati quyidagilardan iborat: fizika o‘qitishda ko‘proq mo- dellardan va turli ko‘rinishdagi belgilardan (formula, elektr zanjiri elementlarining belgilari, ...) foydalaniladi va o‘quvchilardan belgili tasvirlardan real obyektlarga va aksin- cha, teskari-real obyektlarni idrok qilishdan ideal tuzishga va ularning belgili tasvirlariga o‘tishni amalga oshirish talab eti- ladi.
Fizika o‘qitish jarayonining o‘ziga xos uchinchi xususiya- ti tajribalar ko‘rsatishdan foydalanish, o‘quvchilarning ku- zatishlarini tashkil qilish, ularning amaliy ishlarni mustaqil bajarish bilan bog‘liq yuqori hissiyotliligidir.
Yoshiga qarab ruhiy xususiyatlarga mos ravishda sinflar bo‘yicha o‘qitish quyidagicha ko‘rib chiqiladi.
6—7-sinflarda bolalarning abstrakt fikrlash darajasi past ekanini e’tiborga olish lozim. Ularda ko‘rsatma obrazli fikr- lash ustunlikka ega, shuning uchun fizik hodisalarni tajriba va ko‘rgazmalar asosida o‘qitish maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga o‘quvchilarni hodisalarning umumiy belgi- larini ajratib olish mahoratlarini shakllantirish bo‘yicha ish olib borish kerak. Ularni asta-sekin 6-sinfdayoq deduksiya uslubi bilan xulosa chiqarishga o‘rgatish lozim.
Yuqori sinflarda, akademik litsey va kollejlarda yuqori darajada abstraktligi bilan ajralib turadigan «Moddiy nuq- ta», «tezlik», «kuch» singari kinematika, dinamika tushun chalarini o'quvchilarda shakllantirish jarayoni ancha oson bo‘ladi.
Nazariy fikrlashni rivojlashtirishga deduksiya uslubi bilan xulosa chiqarishga bo‘lgan diqqat kuchaytiriladi. Bu yerda modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi, clektron iiaziiri- ya elementlari o'rganiladi, ular asosida turli agregat holat- lardagi moddalarning fizik xossalari tushuntiraladi va turli muhitlarda sodir bo‘ladigan elektron hodisalar o'rganiladi. Yaxshi nazariya faqat hodisalarni tushunish vositasi bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga ularni keyinchalik xotirada qayta tiklash vositasi hamdir.
Hosil bo‘lgan ko‘nikmalar yetarlicha yuqori bosqichgacha rivojlantiriladi, natijada o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘sadi. Shu tufayli borgan sari hajmi ortib borayotgan ilmiy axborotni o'zlashtirishga va qayta tiklashga o‘quvchilar tayy- orlangan bo'ladi. Ular fizikada olgan bilimlarini boshqa pred- metga ko‘chira oladigan bo‘ladilar.
O‘QUVCHILARNING FIZIKANI BILISHGA
BO‘LGAN QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISH
Qiziqish — o‘qish, yangilikni bilish uchun eng muhim omillardan biridir. Uning ta'sirida faollik ortadi, xotira ta- komillashadi, tasavvur va qabul etish kuchayadi, diqqat, fikrni to‘plash o'sadi.
Fizikani o‘rganishga o'qituvchi qiziqishni tarbiyalash va rivojlantirishga imkon beradigan sharoitlarni bilishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchilar o'rganishga qiziqishni rivo- jlantirish maqsadida turli uslublarni qo‘llaydilar. Yaxshi tayy- orlangan namoyish tajribalaridan foydalanish va mustaqil eksperiment o'tkazish, uy tajribalari va kuzatishlarni tashkil etish, darsda olingan nazariy bilimlarning amalda qo‘l- lanilishini ko‘rsatadigan masalalar yechish o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Masalan, o‘quvchilarni quyidagicha masalalar qiziqtira- di:
Faqat suvli menzurka yordamida yog‘och sharchaning massasini qanday aniqlash mumkin?
Faqat toshlari bilan tarozi va suvli idish bilan jism hajmini qanday aniqlash mumkin?
O‘quvchilarga quyidagicha loyihalash elementlari bo‘lgan masalalarni taklif etish mumkin.
1-rasmda idishdagi suv sathi ruxsat etilgan maksi- mal balandlikka erishganda elektr dvigatelni avtoma- tik uzadigan suv nasosli qurilmaning suzuvchi rele sxemasi ko‘rsatilgan. Idish- dagi suvning sathi minimal pastga tushganda rele dvi- gatelni avtomatik ulashi uchun, uning sxemasiga qanday o‘zgarishlar kiritish kerak bo‘ladi?
O‘quvchilarning ilmiy bilimlami bilishga qiziqishlarini va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy omil- lari sifatida quyidagilami ko‘rsatish mumkin:
o‘quv materialini ilmiy va qat'iy sistemada bayon qi- lish;
darsda muammoli vaziyat hosil qilish va qo‘yilgan muammoni hal etishga o'quvchilarni jalb qilish;
darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilib borish;
o‘quvchilar tomonidan ijodiy harakterdagi top- shiriqlarning bajarib borilishi;
o'quvchilar o‘zlari qiziqqan masalalarni ilmiy-om- mabop adabiyotlardan o‘rganganlarini sinfdoshlariga aytib berishlari uchun sharoit yaratish;
o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyot- larni o‘qish, kino va telefilmlarni ko'rish va mustaqil ravish- da tabiat va texnika hodisalarini kuzatish orqali javob topish- lari.
Fanga chuqur va mustahkam qiziqish uyg'otish uchun o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini va diqqatni faollash- tiruvchi, ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida bilimning ahamiyatini tushunishga yordam beruvchi usullarni qo'llash lozim.
O‘quvchilarning fanga qiziqishlarini tarbiyalash ko'pgina texnik masalalarni hal qilishlariga yordam beradi.
O‘quvchilarni fizikaga qiziqishlarini uyg‘otishdagi asosiy manba — o‘qituvchining darsdagi faoliyati, uning shaxsiy sifati va o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil qila oli- shidir.
O‘QUV ISHLARIDAGI MAHORAT VA
KO‘NIKMANI SHAKLLANTIRISH
O‘quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ularni amaliy xarakterdagi mahorat va malaka bilan ham qurollantirib borish lozim. U yoki bu amalni bajarish mahoratini shakl- lantirish uchun avval o‘qituvchining o‘zi o'sha amalni tahlil qilishi va u qanday elementlardan tashkil topishini aniq tasav- vur qilmog‘i lozim. Amalni bajarish elementlarini aniqla- gandan keyin uni bajarish ketma-ketligini tuzib, keyin sodda amallarni bajarish malakasini hosil qilishga oid mashqlar bajariladi. Bu qilinadigan ishlarda asosan maxsus tanlangan murakkab topshiriqlar (amallar) bajariladi.
Ilmiy bilimlarning tuzilma elementlarini aniqlab, ulardan har birining o‘zlashtirilishiga bo‘lgan umumiy talablar o'rganilib, ular reja asosida plakat yoki kartochkaga ydzib qo‘yiladi. O‘quvchilar ana shu rejaga ko‘ra amallami bajarib boradilar. M.: hodisani o‘rganish rejasi taxminan quyidagicha:
Hodisani boshqa shunga o‘xshash hodisalardan ajra- tish mumkin bo‘lgan tashqi belgilarni aniqlash.
Hodisaning sodir bo‘lish sharoitini aniqlash.
Laboratoriya sharoitida hodisani kuzatish (agar uni baja- rish mumkin bo‘lsa).
Hodisani boshqa hodisalar bilan bog'lanishini o'rganish.
Hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida hodisaning tabiatini va uning sodirbo‘lish mexanizmini tushuntirish.
Hodisaning miqdoriy tavsifini, uni ifodalovchi fizik kattaliklarni, hamda ular orasidagi bog'lanishlarni aniq- lash.
Hodisaning amaliyotda qo‘llanishlari bilan tanishish.
Hodisani uy sharoitida va tabiatda kuzatish (agar bunga imkon bo‘lsa) va kuzatish olib borilgan sharoitini tasvirlash.
Hodisaning zararli tomonlari va uning oldini olish yo‘llari bilan tanishish.
Bu reja hamma hodisalarni o'rganish uchun umumiydir.
Fizik tajribalami bajarishda umumlashgan faoliyat quyida- gicha:
Tajribaning maqsadini aniqlash.
Tajriba asosida yechilishi mumkin bo‘lgan muammoni ta'riflash.
Tajribani bajarish uchun zarur bo'lgan sharoitni aniq- lash.
Bu sharoitni qanday vositalar yordamida vujudga kel- tirish mumkinligini va unga qanday asboblar, materiallar zarurligini o‘ylab topish.
Ish stolida tajribani o‘tkazish uchun zarur bo'lgan hamma asboblar borligini tekshirish. Uy sharoitida tajriba o'tkazish uchun zarur bo‘lgan asboblarni mustaqil ravishda topish.
Tajriba qurilmasini yig'ish.
Tajribani bajarish tartibini o'ylab topish, qanday o'lchashlarni bajarish kerakligi va uning ketma-ketligini aniqlash.
Kuzatilgan hodisaning va o‘lchashlar natijasini yozi- shning eng ratsional usulini aniqlash.
O‘lchashlar olib borish va olingan natijalarni tanlan- gan usulda yozib borish.
O'lchash natijalarini matematik hisoblash va xulosani ta’riflash.
Mahoratning umumiy mezonlari quyidagilardir:
Amallarni bajarish ketma-ketligining ratsionalligi.
Bajariladigan amallarning to‘Iiqligi.
Amalni to‘la tushunib yetish.
Mahoratning umumlashganligi.
O‘quv predmetlari sikli uchun umumiy bo‘lgan bilish va amaliy mahoratni shakllantirishda predmetlararo bog'lanish muhim rol o'ynaydi.
ILMIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH
Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ham nazariy, ham amaliy fikrlashlarini tarbiyalab va rivojlantirib borish zarur.
Ilmiy fikr yuritishda quyidagilar harakterlidir:
Tadqiqot ishining maqsadini aniq ta'riflash.
O‘zida yangi g‘oyalarga ega bo‘lgan awal bajarilgan nazariy va eksperimental tadqiqot ishiga suyangan holda gipotezaishlab chiqish.
Tadqiqot uslubini ishlab chiqish.
Asosiy tadqiqot bosqichlarini aniqlash.
Ishlab chiqilgan uslub va rejaga asosan shaxsiy kuza- tish.
Olingan natijalarning tahlili.
Xulosani ta’riflash.
0‘quvchilarning ilmiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlanti- rishni bir necha yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin.
O‘quv jarayonida o‘quvchilardan tadqiqot ishining hamma bosqichlarini mustaqil bajarishni talab qilib bo‘lmaydi. Lekin fan tarixida tadqiqot ishlari qanday amalga oshirilgani bilan o‘quvchilarni tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir. M.: yorug'likning tabiatiga bo‘lgan qarashlar orasidagi qa- rama-qarshiliklar, to‘lqin va korpuskulyarxossalamingbirligiga qanday yetib kelinganini o‘quvchilarga tushunarli qilib hikoya qilish lozim. Bu ilmiy fikrlashni rivojlantirishning birinchi yo‘lidir.
Ilmiy fikrlashni rivojlantirishning ikkinchi yo‘Ii o‘quv- chilarni o‘quv muammolarini hal qilishgajalb etishdir: gipote- zani ta’riflash, muammoni hal qilish yo‘llarini qidirish, uni hal qilish rejasini tuzish va tadqiqotni hal qilish uslubini ishlab chiqish.
Uchinchi yo‘l — kuzatilgan hodisalarni va jismlarning xossalarini tushuntirishga ideal modellar bilan ishlashga, hodisalar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlashga o‘quvchilarni jalb qilishdan iborat.
To‘rtinchi yo‘l — o‘quvchilarda induksiya va deduksiya asosida yakuniy xulosa chiqarish mahoratini orttirib borish.
FIZIK TUSHUNCHALARNI
SHAKLLANTIRISH
Fizikbilimlar — tushunchalar, qonunlar, gipotezalar va nazariyalar sistemasidan iborat. Qonunlar, nazariyalar tu- shunchalar orasidagi bog‘lanishlarni ifodalaydi. Tushuncha- lar atrof borliqni o‘rganish vositasi sifatida xizmat qiladi. O‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyatidan biri — o'quvchilarda fizik tushunchalarni shakllantirish katta o'rin egallaydi. Bu eng murakkab ishlardan biri bo‘lib, u falsafa, mantiq, psi- xologiya va pedagogikadan chuqurbilimga ega bo‘lishni talab qiladi.
Tushuncha — fikrlashninig asosiy shaklidir. Har qanday fikr tushunchalarda ifodalanadi. Fikrlashning boshqa barcha shakllari — hukm va xulosalar tushunchalardan tarkib topa- di. Tushuncha bir vaqtning o‘zida fikrning ham poydevori, ham cho‘qqisidir, hukm va xulosaning boshlang‘ich materi- ali va oxirgi natijasidir.
\Tushuncha so‘z bilan chambarchas bog‘langan: u so‘z bilan ifodalanadi va unda mustahkamlanadi. So‘z tushuncha- ning moddiy tashuvchisidir.
Tushuncha fikrlashning asosiy va oliy shakli bo‘lib, u moddiy dunyoning hodisa va narsalarini umumlashtirish va abstraksiyalash orqali ajratilgan asosiy belgilarini, ularning xossalari va munosabatlarini ongda aks etishini ta'minlaydi.
Tushuncha odamning ongida qanday shakllanadi? Fikr- lovchi qanday qilib tushunchaga ega bo‘ladi? Bu jarayon- ning mexanizmi, uning yo‘nalishlari va asosiy bosqichlari qanday? Bular o‘qituvchi uchun birinchi darajali savollar hisoblanadi.
Tushuncha kishi ongida birdaniga hosil bo‘lmaydi; indivi- dual ongda tushunchaning vujudga kelishi, rivojlanishi uzoq, cheksiz jarayondir; dunyoni bilishning chegarasi bo‘lmagani kabi, uning ham chegarasi yo‘q.
Tushunchalarni shakllantirishda asosiy manba — moddiy dunyodir. Aniq bir jism haqidagi tasavvur ko‘pgina belgilar- ni o‘z ichiga oladi. Uni boshqa jism tasavvuri bilan solishtir- ganda ba’zi bir belgilar ikkinchi jism tasawurida ham takror- lanadi. Ana shu hamma jismlar uchun umumiy bo‘lgan belgi- lar asosiy belgilar bo‘lib, ular tushunchalarda mustahkam- lanadi. Solishtirish, o‘xshashliklarini va farqini qidirib topish, xususiylarni tashlab yuborish va umumiylarni ajratish, umum- lashtirish va abstraktlash tushunchalarni shakllantirish jara- yonining eng sodda va shu bilan birga asosiy fikrlash operatsi- yalarini (amallarini) tashkil qiladi. Tasavvurlardan tushun- chaga o‘tish jarayoni sifat jihatidan ajoyib sakrash bo‘lib, u fikrning tug‘ilishidir.
Jismlar haqidagi tasawurlarni solishtirish va taqqoslash orqali jismlarning ajratib olingan eng umumiy xarakterli belgi- lari so‘z orqali mustahkamlanadi. Natijada tushunchalar hosil bo‘ladi.
Tushunchani kiritishning uchta asosiy yo‘li bo‘lishi mum- kin.
Hali bola ongida aniq shakllanmagan, lekin uning juda ko‘p shaxsiy tasawurlariga suyangan holda yangi tushuncha- lar kiritiladi. Masalan, 6-sinfda “Mexanik harakat” tushun- chasi kiritiladi. Har bir bolaning ongida ko'plab harakatlar haqidagi tasavvurlar mujassamlashgan (poyezd, samolyot, mashina, qushlar,... harakati). O‘qituvchining vazifasi bu tasav- vurlarni o‘quvchi ongida yangilashdan iborat. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: awal o‘quvchilardan har xil jismlarning harakatiga misollar keltirishni so‘raymiz. Ular ko‘plab misol- lar keltiradilar. Keyin bu harakatlarni tahlil qilishga o‘tamiz. O‘quvchilarday bu harakatlar bir biridan nimasi bilan farq qilishini, qanday umumiylik va o‘xshashlik borligini so'raymiz. Qo‘shimcha savollar yordamidajismlarning harakatidagi farq- lar aniqlanadi: tezliklarning turlicha ekani, yo‘l uzunliklari, harakat vaqti, yo‘nalishi kabilarning har xilligi aniqlanadi. Faqat bitta umumiy omil (belgi) qoladi: ko‘chishi, o‘rnining o‘zgarishi, jismning fazodagi holati. Shu yo‘l bilan o‘quvchilar mexanik harakat mazmunini tushunib oladilar. Bu tushuncha- ni egallashning boshlang‘ich pog‘onasidir.
O‘quvchi tasavvurga ega bo‘lmagan yangi tushuncha- ni kiritishda o‘qituvchi tajribalarni ko'rsatishdan boshlay- di va unga asoslangan holda tushunchani shakllantirishga kirishadi.
O‘quvchilar ba'zi bir hodisa yoki tushuncha haqida noto‘g‘ri tasawurlarga ega bo‘lishlari mumkin (juda kam uchraydi). Bunday tushunchalarni to‘g‘ri shakllantirish o‘qituvchi uchun anchagina murakkab ishdir. Uni tajriba va ko‘plab kuzatishlarning natijalaridan dalillar keltirib amalga oshiriladi (masalan, chaqmoq, momaqaldiroq haqidagi o‘quvchilarning tasawurlari).
Ko‘rib o‘tilgan uchta yo‘l tushunchani shakllantirishning birinchi bosqichi hisoblanib, u o‘quvchilarning tasawurla- riga asoslangan holda kiritiladi. Shu bilan tushunchani shakl- lantirish tugamaydi, uning ikkinchi bosqichiga o‘tiladi, ya’ni bunday tushuncha chuqurlashtiriladi va rivojlantiriladi, ta’riflanadi, boshqa tushunchalar bilan bog'lanishlari ko‘rib o‘tiladi.
Endi tushunchani hosil qilish va rivojlantirishda muhoka- ma qilish yo‘li qanday bo‘lishini ko‘rib chiqaylik.
Mexanik harakatni o‘rganayotganda o‘quvchilar turli mi- sollarni aytish bilan birga biri (masalan, samolyot) ikkin- chisidan (qushdan) tezroq uchishini, yo‘nalishlari turlicha bo‘lishi mumkinligini va bosib o‘tgan yo‘llari ham har xil bo'lishi haqida fikrlar beradilar. Bu muhokama orqali ha- rakat fizik hodisa ekani va uning asosiy belgilari bo‘lmish tezlik, yo‘nalishi, bosib o‘tilgan yo‘l haqida ma'lumotlar ' olinadi.
Biror hodisa yoki jism haqida mulohaza yuritish (muhokama qilish) bu haqdagi tushunchaning tug‘ilishidir, ya’ni muhoka- mani tushuncha hosil bo‘layotgan jarayon deb qarashimiz mumkin. Bir necha tushunchalardan yana muhokama qilish orqali yangi tushunchalar kelib chiqadi.
Xulosa bu muhokamalar sistemasidan iborat bo‘lib, muhokamalar xulosa chiqarish orqali tushunchaga aylanadi. Demak, muhokama tushuncha rasmidagi bir yangi chiziq bo‘lsa, xulosa keraksiz chiziqlarni chiqarib tashlab, kerakli- larini kuchaytiruvchi o‘ziga xos biro‘chirg‘ich rolini o‘ynaydi. Shunday o‘xshatish qilish mumkin: muhokama — amal ba- jarish, xulosa qilish — mahorat, tushuncha — fikrlash mala- kasi.
Insonning amaliy faoliyati (uning asosiy qismi malaka) ham, fikrlash faoliyati (uning asosiy qismi tushuncha) ham eng awai miyaning ishidir, aniqrog‘i, oliy nerv faoliyatidir. Demak, muhokama — xulosa, tushuncha — fikrlash hola- ti, uning harakat paytidir. Ular fikrlash shakllarini tashkil qiladi, mazmunning rivojlanib borishi bilan biri ikkinchisini almashtirib boradi. Hodisani muhokama qilish orqali xulosa chiqariladi, xulosa esa tushunchada mujassamlashadi.
Tushunchani shakllantirishda o‘quvchilarning bu haqda- gi tasavvurlaridan keng foydalanishning ahamiyati kattadir. Ularning o‘rganilayotgan predmet, hodisa haqidagi tasav- vurlarini yoki ularda aniq tasavvur hosil qilib, uni muhoka- ma qilishlarini, savollar qo‘yish orqali kuchaytirib, tezlash- tirib boramiz, to‘g‘ri xulosa qilishlariga yordam beramiz. O‘quvchilarning bu mustaqil muhokama va xulosa qilishlari tushunchalami shakllantirishdagi muhim bosqichdir. Bu bos- qichni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.
0‘quvchi tushuncha haqida shaxsiy fikr yuritib, qancha ko‘p muhokama qilsa, uning ongida tushunchaning maz- muni shuncha boy va to‘la bo'ladi.
0‘quvchi ongida tushunchani shakllantirishda o‘qituvchi uchun eng murakkab narsa bu tushunchani ta'riflashga o‘tishdagi muhokama va xulosa chiqarish yo‘nalishi va yo‘lini oldindan ko‘rish va uni rejalashtirishdir. Bu tushunchani shakl- lantirishning navbatdagi bosqichidir.
Moddiy dunyoning turli-tuman predmet va hodisalarini o‘rganish jarayonida inson ularning mohiyatiga kira borib, tushunchalar hosil qilib, ishni uni ta'riflashdan boshlamay- di. U ko‘plab kuzatishlarni, umumlashtirishni, qo'shish va tasavvurlarni abstraksiyalash orqali, muhokama va xulosalar- ning uzun qatori orqali tushunchaning ta'rifiga keladi.
O‘qitish jarayonida ham o'quvchilarni asosiy tushuncha- larga shunday olib kelish kerakki, ta'rifning tuzilishi, bir tomondan ko‘rilgan fikrlash amallari (hodisa va predmet ha- qidagi tasavvurlarni umumlashtirish, muhokama va xulosa- lar) bilan tayyorlangan bo‘lishi, boshqa tomondan esa ho- disa va predmetni to‘laroq va har tomonlama o‘rganishga, u haqdagi tushunchani boyitishga yo‘l ochib berishi lozim.
Shuni ham aytish kerakki, tushunchaning turli tomon- larini ifodalovchi bir necha ta’rifini ham berish mumkin. Masalan, kuchni tezlanish beruvchi sabab sifatida va defor- matsiyalovchi sabab sifatida ta’riflash mumkin. Har ikkala ta’rif ham to‘g‘ridir, chunki ikkalasi ham kuchning xususi- yatlarini ifodalaydi (dinamik va statik ro‘yobga chiqishini).
Ba’zi bir tushunchalarning to‘g‘ri va noto‘g‘ri ta'riflari bo‘lib, ularni o‘qituvchi qo‘rqmasdan aytishi va bunday qa- rashlar orasida tortishuvlar bo‘lgani, shu asosda fanning rivoj- lanish tarixi ko‘rsatib boriladi.
Fanlaming rivojlanish tarixini o'rganish o‘quvchilarga biz- ning bilimimiz nisbiyligi va ularning hodisa va predmetlarning mohiyatini (tabiatini) to‘laroq va aniq ochib borishdagi ha- rakatining absolyutligini tushinishlariga imkon beradi. Masa- lan, o‘qituvchi atomni ”bo‘linmas“ ligidan boshlab yadro modeliga va undan kvant mexanikasi qonuniyatlariga olib kelish orqali bir tomondan “atom” tushunchasini shakllantirsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilar oldida inson fikrining qudrati- ni va uning ilgarilanma harakat qonunlarini namoyon qiladi.
Fanning rivojlanish tarixi bilan tanishib borishning yana bir ahamiyati shundaki, o‘quvchilar inson amaliyoti bi- limning haqiqiy mezoni ekanini tushunib yetadilar. Ular dunyoni o‘tganadilar va u haqdagi bilimlarini shaxsiy amal- larida sinab ko‘radilar. Nazariyachilar atom modelini o‘zlarining qiziqishlarini qondirish uchun emas, balki ish- lab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotni, ya’ni inson- larning ko‘plab amaliy faoliyatlari tomonidan qo‘yilgan masalalarni hal qilish uchun o‘rganadilar. Uning (g'oyaning) to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini yana shu amaliy faoliyatlar tas- diqlab beradi.
Bulardan ko‘ramizki, o‘quvchilar fanlarning rivojlanish tarixini o‘rganish orqali to‘g‘ri va noto‘g‘ri fikrlarning tug‘ilishi va ular orasidagi tortishuvlar bilan tanishadilar. Buni esa tushunchalarini shakllantirishda, noto‘g‘ri fikrlarga tan- qidiy ko‘z bilan qarashga o‘rgatishda, fikrlash qonunlarini va inson amaliyotining bilimlaming haqiqiylik mezoni ekani- ni o‘zlashtirishda ahamiyati kattadir. O‘quvchilar bu (fan tarixi) orqali inson amaliyotining juda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rib boradilar va har bir tu-shuncha, g‘oya amal- da tasdiqlangandan keyingina to‘g‘ri ta'riflanishi mumkinli- giga ishonch hosil qiladilar.
Tekshirilgan sodda ta’riflar tushunchaning keyingi shakllanish jarayonida umumlashgan keng ta’rifga ayla- nadi. Unda sodda ta’rifda berilgan bitta asosiy belgi emas, balki hodisaning bir necha asosiy belgilari o‘z aksini top- gan bo‘ladi.
Biz yuqorida kuchning tezlanish yoki deformatsiya orqali tariflanishini aytgan edik. Umumiy ta'rifni ham tezlanish, ham deformatsiyalovchi sabab sifatida beramiz.
Umumiy ta’rif tushunchaning asosiy belgilarini xarak- terlabgina qolmay, uni tushunchalar sistemasiga kiritish ma- salasini ham hal qiladi va tushunchalar orasidagi bog‘la- nishlarni o'rnatadi. Bu tushunchalar orasidagi umumiy bog'lanishlar moddiy dunyo hodisalari va predmetlari orasi- dagi umumiy bog'lanishlarni aks ettiradi.
Tushunchaning boshqa tushunchalar bilan asosiy bog'- lanishlarini o‘rnatishda tushunchani mantiqiy umumlashti- rish muhim rol o'ynaydi.
Tushunchalarni shakllantirishda fikr yuqoriga va pastga, yana pastdan yuqoriga harakat qiladi (xususiydan umumiyga yana umumiydan xususiyga).
Umumlashtirish, ya'ni berilgan bir tushunchadan umu- miyroq tushunchaga o‘tish bir ko‘rinishda sodda amalga o‘xshaydi. Gap shundaki, tushunchani umumlashtirish turli yo‘nalishlarda borishi mumkin. Tanlangan yo'nalishdan adash- masdan borish lozim.
Umumlashtirish jarayonini pog‘onalarga (bosqichlarga) o‘xshatish mumkin. Ularning soni quyidan ham, yuqoridan ham chegaralangandir. Quyi chegarasida berilgan predmet, hodisa ha-qida ayrim tushunchalarturadi. Yuqori chegarada “predmet”, “obyekt”, ”hodisa” kabi, ya'ni eng umumiy bog‘lanish va aloqalarni ochib beruvchi umumiy tushun- chalarga — kategoriyalarga kelamiz.
Umumlashtirishda har bir yangi, umumiyroq tushuncha bir necha sodda tushunchalami o‘z ichiga oladi. M. “Mebel” tushunchasi “stul”, “shkaf”, “krovat” kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Bundan ko‘ramizki, bir umumiy tushuncha bir necha sodda tushunchalarga bo‘linib ketadi. Bunday bo‘linishlar bilan o‘quvchilar maktabda tanishib boradilar. Masa- lan, hamma burchaklar o'tmas, o‘tkir va to‘g‘ri burchak- larga bo‘linishini, harakat to‘g‘ri chiziqli va egri chiziq- lilarga bo‘linishini biladilar. 0‘quvchilar eng soddadan murakkabgacha bo‘lgan tasnif bilan tanishadilar. Buning asosida tushunchalarning umumlashtirilishi va bo‘linishi yotadi.
O‘quvchilarga qo'yiladigan savollar shunday bo‘lishi ke- rakki, ular tavsiflanadigan hodisa va tushunchalSrning belgi- larini aniqlash, tavsiflashda tushunchalarni umumlashtirish va bo'linishining asosida yotuvchi belgilarni aniqlash fikrini uyg‘otsin.
Masalan, ”qaysi elementlar metallarga kiradi?” degan savol o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish va kengaytirishga yordam bermaydi. Savollarni quyidagi mazmunda berish maqsadga muvofiqdir: “Hodisalarni bir guruhga to‘plash imkonini beruvchi umumiy belgilarini aytib bering”, “Bir guruhni tashkil qilgan predmetlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?”...
Har qanday ilmiy tavsiflash tushunchalarning maxsus bir sistemasini tashkil qiladi. Bu sistemada tushunchaning o‘rnini aniqlash uni shakillantirishning va shu sistemadagi boshqa tushunchalar bilan birga mustahkam o‘zlashtirishning asosiy shartidir.
O‘quvchilar tushunchaning ta’rifmi yaxshi o‘zlashtirishlari uchun bu tushuncha tarkibiga kiruvchi va ta’riflanuvchi tu- shunchaning mazmunini ochib beruvchi sodda tushuncha- larni, ya'ni tushunchalar sistemasidagi tayanch tushuncha- larni oldindan yaxshi o‘zlashtirgan bo'lishlari lozim.
Umumiy tushunchani hamisha sodda va xususiy tushun- chalar orqali to‘la ochib berish amalda mumkin emas, lekin unga yaqinlashib borilaveradi.
Shunday qilib, fan asoslarini o‘zlashtirishda avval sodda tayanch tushunchalar o‘rganilib, keyin ularni o‘z ichiga ola- digan, ya’ni tayanch tushunchalar asosida ta’riflanadigan kengroq tushunchalarga o‘tib boriladi. Yuqori va quyi daraja- li tushunchalarning biridan ikkinchisiga o‘tish kengaytirilgan ta’riflarni tuzish orqali amalga oshiriladi.
Soddadan umumiyga o‘tib boruvchi tushunchalar siste- masining asosini tashkil qiluvchi tayanch (sodda) tushun- chalar hodisa va predmetlarni aks ettiradi. Bu hodisa va pred- metlardan o‘quvchilar amaliy faoliyatlarida keng foydalanib boradilar, natijada ularning mahoratlari va malakalari ortib boradi. O‘quvchining qat’iy faoliyati bilan tushunchaning birikishi natijasida nazariya bilan amaliyotning birligi muam- mosi yechiladi. Bu yerda fikr ishni jonlantiradi, ish esa, fikrni boyitadi. Masalan, o‘quvchi fizika kursini o‘rganish jarayonida umumiy “harakat” tushunchasini o‘rganadi. Ma- sala yechish, laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida mexanik harakatning qat'iy faktlari (tushunchalari), ya'ni “hara- kat”ning sodda tushunchalari bilan ish ko‘rib boradi. Bu sodda tushunchalar o‘quvchi faoliyatida amaliy ishlar (tezlik, trayektoriyani hisoblash, tajriba qo'yish, ...) bilan birikadi. Shu bilan birga real qat’iy tasavvurlar singib boradi va o‘quvchi o‘z amaliyotida harakat qonunlarining asosiy g‘oyalarini tekshirib boradi. Bu yerda o‘qitishning eng muhim masalasi, ya’ni o‘qitishdagi nazariya bilan amaliyotning or- ganik birligi yechiladi. Fikr, muhokama, xulosa va tushun- cha, amaliyot, mahorat va malaka ish bilan uzviy birikib ketadi.
Aytilganlardan ko'ramizki, tushunchalarni shakllantirish- dagi o‘qituvchi ishini ko‘p hollarda quyidagicha bosqich- larda olib borish maqsadga muvofiqdir:
a) Kuzatishlarni to ‘plash va yangi tushuncha kiritishga asos yaratish. Yangi tushunchani o‘rganishda zarur bo‘lgan tushunchalarni avval shakllantirish lozim. Masalan, 6- sinfda
massa tushunchasini kiritish uchun avval mexanik harakat, tezlik, jismlarning o‘zaro ta’siri haqidagi tushunchalarni ki- ritish lozim.
b) O ‘quvchilar ongida yangi tushunchani ta 'minlovchi qat'iy sharoitni tanlash va uning ilmiy tahlili. Tasawur tushunchaga aylanishi uchun o‘quvchi to‘plagan dalillar va kuzatishlarni mantiqan solishtirib, undan xulosalar chiqara olsinlar.
d) O‘rganilayotgan hodisaning tahlili va uning boshqa ho- disalar bilan bog‘lanishi. Bu bosqichda avval o‘quvchilar to- monidan hodisani so‘z bilan aniq tasvirlab berishlariga erish- moq lozim. Keyin hodisani tasvirlovchi kattaliklar kiritilib, ularni o‘lchash usullari ko‘rib o‘tiladi. Kiritilgan kattalik matematik amallar bajarish orqali o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan kattaliklar bilan ifodalanadi. Uni o‘lchash usuli va o‘lchov asboblari bilan o'quvchilar tanishtiriladi.
g) Hodisani ta'riflash. 0‘rganilayotgan hodisaning xos- salarini xarakterlovchi sifat va miqdoriy tomonlari o‘rga- nilgandan keyin u haqdagi tushuncha so‘z bilan ta'riflanadi. Bunda sodda ta’riflardan (tushunchalardan) kengroq ta'riflanadigan tushunchalarga o‘tib boriladi.
f) Tushunchani rivojlantirish va aniqlashtirish. Tushun- chani aniqlashtirish umumlashtirishni yuqori darajada ta’minlaydi, ya’ni tushunchani boshqa tushunchalar bilan bog‘lanishini va uning qo‘llanish chegarasini,... aniqlab be- radi. Bu vaqtda aniq fikr predmet haqidagi chuqur va maz- munli bilimga aylanadi; u abstrakt bilimdan ustun bo‘ladi, chunki u hodisaning turli asosiy tomonlarini va ularning bog‘lanishini aks ettiradi, predmetni ko‘p tomondan o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Fizik tushunchalarni shakllantirishda o‘quvchilarlarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtirish katta ahamiyatga ega. Buni amalga oshirishda mashqlar va laboratoriya ishlarini bajarish ham muhim ahamiyatga ega.
Fizik tushunchalarni shakllantirishning yuqorida aytib o‘tilgan bosqichlari hamma vaqt ham o‘sha tartibda va ham- masi to‘la bajarilavermaydi. Ba'zi tushunchalarni o‘rganishda bosqichlar tartibi o'zgarishi ham mumkin.
Endi tushunchalarni shakllantirishni umumiy holda yu- qoridagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirishga misollar ko‘rib chiqaylik.
1. 7-sinfda elektr toki haqidagi tushunchani shakllantirish. Elektr tokini bevosita kuzatib bo‘lmaydi, faqat uning ta’sirlarini ko‘rish mumkin. Shuning uchun uni o'xshatish (suv, neft, gazlar trubada oqishiga) va tajriba (kondensa- tordagi elektr maydonida zaryadlangan sharchaning haraka- ti) orqali zaryadlangan zarralarning yo'nalishli (tartibli) harakatidan iborat ekanini tushuntiramiz. O‘quvchilarni ol- din elektr maydon haqidagi tushunchalariga asoslangan hol- da o‘tkazgichda elektr toki hosil qilish uchun unda elektr maydon hosil qilish zarurligi aytib o‘tiladi.
7-sinf o'quvchilari hali potensiallar ayirmasi, elektron gazining zichligi haqidagi tushunchalar bilan tanish bo'lmaganlari uchun elektr maydon tokni hosil qilishda tok manbalarining roliga to'xtalamiz. Tok manbalari turli xil boTishi, ularning hammasida musbat va manfiy zaryadli zarralarni ajratib yuborish uchun ish bajarilishi natijasida qutblar orasida elektr maydon hosil bo‘lishi ko‘rsatib o'tiladi. Shu bilan chetki kuchlar haqidagi tushunchani shakllanti- rishga asos yaratiladi, chetki kuchlar Kulon kuchiga nisba- tan chetki boTib, ular zaryadli zarralarning ajralib keti- shida manba bajaradigan ishini ta'minlaydi.
O‘qituvchi zaryadli zarralarning ajralib ketish jarayonida mexanik, kimyoviy, ichki yoki biror boshqa tur energiya- ning elektr energiyasiga aylanishini tajribada ko‘rsatib o'tadi (m: termopara uchlarini galvanometrga ulab, bitta kavshar- langan uchini qizdirsak galvanometr strelkasi buriladi. Fo- toelementni galvanometrga ulab, yorug‘lik bilan ta’sir qil- ganimizda ham galvanometr strelkasi buriladi).
Keyin elektr tokining vujudga kelishi issiqlik, kimyoviy va mexanik ta'sir ekani aytib o'tiladi. Galvanometrning ish- lash prinsipiga qisqacha to'xtalib, uning yordamida tokning yo'nalishi tushuntiriladi.
Yuqoridagi kabi boshlang'ich ishlarni olib borgandan keyin o‘qituvchi elektr tokining miqdoriy xarakteristikasini berishga o‘tadi(/ = va uning birligini beradi. Tok kuchining birligi parallel toklaming o‘zaro ta’siriga asosan berilib, keyin zaryad miqdorining birligi beriladi (1 kl = 1 A- 1 s).
Shundan keyin o‘qituvchi elektr tokining miqdoriy xarakteristikasi haqidagi o‘quvchilarning bilimlarini chuqur- lashtiradi. Buning uchun masalalar yechiladi, ampermetr- ning ishlash prinsipi va undatok kuchini o'lchash o'rganila- di. Oxirida elektr zanjirini yig‘ishga va uning turli qismlarida- gi tok kuchini o'lchashga oid laboratoriya ishi bajariladi.
Tok haqidagi tushunchani shakllantirishga 4—5 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, u o‘quvchilarning turli mustaqil ishlarini o‘z ichiga oladi: darslik va asboblar bilan ishlash, masala yechish va boshqa ishlar.
2. Fotoeffekt tushunchasini shakllantirish. Rux plastinka- sini elektrometrga o‘rnatib, uni simobli lampa bilan yoritsak elektrometr strelkasi buriladi. Bu tajribaga binoan yorug‘lik ta'sirida moddadan (rux plastinkasidan) elektronlar uzilib chiqadi (tashqi fotoeffekt) degan xulosani chiqaramiz. Keyin rux plastinkasiga ko‘zga ko‘rinuvchi nurlarni katta oqimda yu- borsak ham undan elektronlar chiqmasligini oq nur yubo- rish orqali ko‘rsatamiz. Bu tajribani tushuntirish yorug'likning to‘lqin xossasi uchun bir qiyinchilik tug'dirganini aytib o‘tamiz.
Shundan keyin tashqi fotoeffekt modda jinsiga bog'liqligini tushuntiramiz. Buni esa mis, qalay, metall emas plastinka- lari yordamida yuqoridagidek tajriba qilib ko‘rsatamiz (metall emas plastinkani metall plastinka sirtiga tutun yordamida qurum qoplash orqali hosil qilish mumkin). Har bir plas- tinkaning razryadlanish vaqtini sekundomer yordamida o‘lchab boramiz. Plastinkalarning o‘lchamlari, ularga tusha- yotgan yorug‘lik oqimi bir xil va ularda hosil bo‘ladigan boshlang‘ich zaryad miqdori o‘zgarmaydi, lekin razryad- lanish vaqtlari har xil bo'ladi. Bundan quyidagicha xulosa chiqariladi: turli moddalardan elektronlarning chiqish ish- lari turlicha bo‘ladi; chiqish ishi qancha kichik bo‘lsa, birlik vaqtda birlik yuzadan chiquvchi elektronlarsoni shuncha ko‘p bo‘lib, razryadlanishi ham tez bo‘ladi.
Tushunchani shakllantirishning keyingi bosqichida foto- effektning boshqa tushunchalar bilan bog‘lanishini (fototok- ning hosil bo‘lishi, ”qizil chegara”,...) tushuntiramiz. Buni esa savollar qo‘yish orqali muammoli vaziyatlar hosil qilib amalga oshiramiz: metall sirtidan uzilib chiqadigan elektronlar soni nimaga bog‘liq? ^otoelektronlarning tezligi nima bilan aniqlanadi?
Awal tashqi fotoeffektning intensivligi yorug‘lik oqimiga bog‘liqligini ko‘rsatamiz. Buning uchun yorug‘lik manbai bi- lan plastinka orasidagi masofani o‘zgartirib (masofa ortsa plas- tinkaga tushayotgan yorug‘lik oqimi kamayadi), shunga mos holda uzilib chiqayotgan elektronlar soni ham o‘zga- rayotganini elektrometr ko‘rsatishidan aniqlab boramiz va undan quyidagicha xulosa qilamiz: birlik vaqtda moddaning birlik yuzasidan chiquvchi elektronlar soni, ya’ni fotoeffekt intensivligi tushayotgan yorug‘lik oqimiga to‘g‘ri propor- sionaldir (Stoletov qonuni).
Bu tajriba faqat sifat tomondan ko'rsatib beriladi. Miq- doriy tomondan ko‘rsatish uchun metall plastinka o‘rniga fotoelement olamiz va unga to‘g‘rilagich orqali anod kuch- lanishi beramiz. Fotoelementdagi kuchlanish va tok kuchini o‘lchash uchun unga voltmetr va ampermetr ulaymiz. Yorug‘lik manbaidan fotoelementga yorug‘lik tushiramiz va anod kuchlanishni orttirib borib to‘yinish toki hosil bo‘lganini ko‘rsatamiz. Keyin yorug‘lik manbaini fotoele- mentga yaqinlashtirib, unga tushayotgan yorug‘lik oqimini orttiramiz va shunga mos ravishda to‘yinish tokining ham kattalashganini ko‘rsatamiz. Tajribadan tok kuchi (birlik vaqt- da uzilib chiqayotgan elektronlar soni) tushayotgan yorug‘lik oqimiga to‘g‘ri proporsional bo‘Iadi, degan xu- losani chiqaramiz.
Bu tajribalarni tahlil qilib quyidagi xulosalarga kelamiz: 1) yorug‘lik ta'sirida metall sirtidan birlik vaqtda ajralib chi- qadigan elektronlar soni yorug‘lik oqimiga to‘g‘ri propor- sionaldir; 2) fotoelektronlarning tezligi yorug'lik oqimiga bog‘Iiq bo‘lmasdan yorug‘likning to‘lqin uzunligi orqali aniqlanadi.
O‘qituvchi chiqarilgan xulosaning ikkinchisini yorug‘- likning elektromagnit nazariyasi asosida tushuntirib bo‘lmasligini aytib, keyin 1905-yilda Eynshteyn tomoni- dan berilgan fotoeffekt nazariyasining asosiy mazmunini bayon qiladi. Elektronning metalldan chiqish ishini, foton energiyasini va fotoeffekt tenglamasini tushuntirib, bu teng- lama nurlanishning modda bilan o‘zaro ta’sirida energiya- ning saqlanish va aylanish qonunini ifodalashi qayd qilib o‘tiladi.
Fotoeffektning qizil chegarasini tahlil qilish bilan birga o'qituvchi fotonning energiyasi va massasi haqida tushuncha berib, u tinchlikdagi massaga ega emasligini va tinch holatda bo‘la olmasligini, hosil bo‘lishi bilan yorug‘lik tezligida ha- rakatlanishini tushuntirib o‘tadi. Fotoeffekt haqidagi tu- shunchani miqdoriy va sifat masalalami yechish, fotoele- mentlarni fan va texnikada qo‘llanishlari bilan tanishtirish orqali aniqlashtiriladi. Bu esa tajribalar (fotoelementlar bi- lan) va o‘quv filmlari yordamida amalga oshiriladi.
Fizika tushunchalarning shakllanganlik darajasini, kam- chiliklarini, uni bartaraf qilish yo‘llarini har bir fizika o‘qituvchisi yaxshi bilmog‘i lozim. Shularni qisqacha ko‘rib chiqaylik.
O‘quvchilar ongida fizik tushunchalarning qanday dara- jada shakllanganligini aniqlashning asosiy mezonlari quyi- dagilardir:
tushunchalarning asosiy belgilarini bilish, ularning ta'riflarini erkin shakllantirish;
tushunchaning boshqa tushunchalar bilan bog‘lanishini va aloqasini bilish;
tushunchaning muhim belgilarini ikkinchi darajali belgi- laridan ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘lish;
tushunchani unga biror belgisi bilan o‘xshash bo‘lgan tushunchalardan ajrata olish mahoratiga ega bo‘lish;
tushunchani turli xil fikrlashga va amaliyotda qo'llashga oid masalalar yechishga qo‘llay olish mahoratiga ega bo'lish (bu o‘quvchi ongida tushunchani umumlashtirishni va o‘zlashtirishni ma'lum darajada ifodalaydi).
Tushunchalarni va ular bilan turli amallar bajarish ma- horatini o‘zlashtirishni to‘rt darajaga ajratish mumkin.
Birinchi darajali o‘zlashtirishda o‘quvchi tushunchalarni bir-biridan ajratadiyu, lekin ularning asosiy belgilarini ko‘rsatib bera olmaydi va tushunchani masala yechishga qo‘llay olmaydi.
Ikkinchi darajali o‘zlashtirishda o'quvchi tushunchaning belgilarini ko‘rsata oladi, eng sodda masalalarni yechadi, lekin asosiy va ikkinchi darajali belgilarini bir-biridan ajrata olmaydi.
Uchinchi darajali o‘zlashtirishda o‘quvchi tushunchaning asosiy belgilarini biladi, ular bilan turli amallarni bajara oladi (masalalar yechadi), lekin unda bilim umumlashma- gan, bilim va uning qo‘llanishlarini yangi vaziyatlarda ko‘ra olmaydi (tatbiq eta olmaydi).
To‘rtinchi darajali o‘zlashtirishda o‘quvchi tushuncha- ning asosiy belgilarini biladi, bu haqdagi bilimi umumlash- gan bo‘ladi, uni yangi vaziyatlarga tatbiq qila oladi.
Tushunchalarni shakllantirishda o‘quvchilarning bu haq- da avvaldan bo‘lgan hayotiy tasavvurlarini to‘g‘rilab borish katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar atrof borliq haqida turli tushunchalarga ega bo‘ladilar. Ularning bir qismi ilmiy tu- shuncha bilan mos tushsa, bir qismi butunlay teskari bo‘lishi mumkin. Oxirgi holda o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlarini qayta ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Ilmiy va hayotiy tushunchalarning farqlanishi ko'pincha hayotda qo‘llaniladigan so‘zlaming tushuncha mazmuniga mos tushmasligidan kelib chiqadi. Masalan, ishni fiziologik tu- shuncha kabi qarab, uni odamning charchashi bilan bog‘laydi. Haroratni ham fiziologik tushuncha kabi qarab, bir yerda tur- gan temirni sovuq, yog'ochni issiq deb ko‘rsatadi, vaholonki ularning har ikkisining ham harorati bir xil.
Hayotiy tasavvurlar juda ko‘p takrorlanib, o‘quvchilar ongiga singib ketgan. Shuning uchun uni to‘g‘rilash muhim uslubiy masaladir.
O‘quvchilarning noto‘g‘ri tasavvurlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh noto‘g‘ri tasavvurlar shun- dayki, unda o'quvchi faktlarni kuzatish orqali noto‘g‘ri umumlashtirishlar qiladi. Masalan, suv doim 100°C da qay- naydi degan xulosaga keladi. Ikkinchi guruh noto‘g‘ri tasav- vurlar shundayki, unda o‘quvchilar ba’zi faktlarni mustaqil ravishda tushunib yetmaydilar. Masalan, ular o'zgarmas kuch ta'sirida jism tekis harakat qiladi deb ishqalanish kuchini e'tibordan chetda qoldiradilar. Noto‘g‘ri tasavvurlarni tu- shuntirish uchun ularni ilmiy tasavvurlar bilan solishtirib muammoli vaziyat hosil qilish va ilmiy tasavvurlarning to‘g‘ri ekanini ko‘rsatish eng yaxshi samarali uslubdir. Masalan, tashqi bosimni pasaytirsak, suyuqlikning qaynash harora- tining pasayishini tajribada osongina ko‘rsata olamiz.
Tushunchalar harakatchandir. Fanning rivojlanishi va bilimlarning chuqurlashishi natijasida ba’zi tushunchalar aniqlashadi, yuqoriroq abstrakt darajaga ko‘tariladi (ma- salan, massa, yadro strukturasi,...), ba'zi tushunchalar esa yo‘qoladi (teplorod, magnit massasi,...), lekin uiarga bog‘liq bo‘lgan atamalar qoladi (issiqlik sig‘imi, magnit qutblari,...). Bu o‘qituvchidan atamalarni va fizik kattalik- larning birliklari nomini tushuntirishda maxsus e'tiborni talab qiladi.
Tushunchani shakllantirishning muhim bosqichi ularni ta’riflashdir. Tushunchaning ta'rifi fanda borliqni bilishning natijasidir.
Ta'rifning maqsadi tushunchaga taalluqli bo‘lgan asosiy va umumiylarni yagona ta'rifga birlashtirishdir.
Mantiqda ta’rif tushunchaning eng yaqin belgisi bilan ko‘rinib turgan belgilari orasidagi bog‘lanishni o‘rnatishdan iborat deb tushuniladi. Masalan, “ko'chishni shu ko‘chish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o‘lchanadigan va harakat holatini ifodalovchi vektor kattalik tezlik deyiladi”. Bu yerda fizik kattalik (atama) — tezlik, eng yaqin belgisi Qism) — vektor kattalik, ko‘rinib turgan belgisi, o'lchash usuli — harakat holatini ifodalashi va ko‘chishning shu ko'chish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o‘lchanishi.
IJODIY QOBILIYATLARNI
RIVOJLANTIRISH
O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ma- salasi ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning tarkibiy qismidir. Fizika o‘quv predmeti sifatida o‘quv- chilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda keng imkoni- yatlarga egadir. V.G. Razumovskiy fizikada ilmiy ijodning fizik elementlarini sikl ko'rinishida tasavvur qilish mumkinligini ko‘rsatadi. Sikl asosan quyidagichadir: faktlarni umumlash- tirish — abstrakt model qurish (gipotezani ta’riflash)— nazariy xulosalar chiqarish — xulosalarni tajribada sinab ko'rish.
Yangi materialni o‘rganishda siklning turli bo‘g‘inlaridan foydalanishda turlicha uslublar qo‘llanilishi mumkin.
Siklik prinsipning qo‘llanilishini gazlarning xossalarini o‘rganish misolida ko‘rib chiqaylik.
Boshlang‘ich tushunchalar: gaz o‘zi turgan idishni to‘la egallaydi, u siqiladi, kengayadi va diffuziyalanadi (diffuzi- yani tajribada ko‘rsatamiz).
Model gipoteza: eksperimental faktlargaasosan gaz doim tartibsiz harakatda bo'lgan mayda elastiksharchalardan, mole- kulalardan tashkil topgan, deb tasavvur qilishimiz mumkin. Gazning bu modeli gaz bosimining mavjudligini tushunti- rish va uni gaz parametrlari orqali hisoblashga imkon beradi. Agar gaz V hajmli idishda bo‘lsa, undagi molekulalar soni — Afni, bitta molekulaning massasi m ni va uning o‘rtacha tezligi 5 ni bilgan holda gazning idish devorlariga beradigan bosimini hisoblash mumkin:
FIZIKA O‘QITISH 2
USLUBI ASOSLARI 2
SO‘ZBOSHI 4
1.KIRISH 5
2.FIZIKA O‘QITISH USLUBINING PREDMETI, VAZIFASIVA O‘RGANISH USLUBLARI 7
3.FIZIKA O‘QITISH USLUBINING RIVOJLANISHI VA HOZIRGI MUAMMOLAR 8
I VA II BOSQICHLARDA FIZIKA KURSINING VAZIFALARI 18
NAMANGAN DAVUA UNIVERStTETI 18
1.FIZIKA O‘QITISHNING VAZIFALARI 20
2.O‘QUVCHILARNING DUNYOQARASHLARINI SHAKLLANTIRISH 20
3.G‘OYAVIY-SIYOSIY TARBIYA 21
4.VATANPARVARLIK VA BAYNALMILAL TARBIYA 22
5.MEHNAT TARBIYASI 22
6.ESTETIK TARBIYA 22
7.POLITEXNIK TA’LIM 23
1.FIZIKA O‘QITISH JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 32
2.O‘QUVCHILARNING FIZIKANI BILISHGA BO‘LGAN QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISH 34
3.O‘QUV ISHLARIDAGI MAHORAT VA KO‘NIKMANI SHAKLLANTIRISH 35
4.ILMIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH 36
5.FIZIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH 36
6.IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH 43
FIZIKA KURSINING BOSHQA O‘QUV PREDMETLARI BILAN BOG‘LANISHI 46
1.FIZIKA KURSINING MATEMATIKA BILAN BOG‘LANISHI 46
2.FIZIKA KURSINING KIMYO BILAN BOG‘LANISHI 46
3.FIZIKA KURSINING BIOLOGIYA BILAN BOG‘LANISHI 46
4.FIZIKA KURSINING JAMIYATSHUNOSLIK BILAN BOG‘LANISHI 47
5.FIZIKA KURSINING MEHNAT TA’LIMI BILAN BOG‘LANISHI 47
6.PREDMETLARARO BOG‘LANISHNI AMALGA OSHIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI 47
O‘QITISH USLUBLARINING GURUHLARGA AJRATILISHI 66
2.OG‘ZAKI BAYON USLUBLARI 67
3.MUAMMOLI O‘QITISH 68
4.O‘QUV MATERIALINI MUAMMOLI BAYON QILISH 72
5.YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA (yo‘nalishlari, muammolari, yechimlari) 75
1.O‘QUV TAJRIBASINING AHAMIYATIVA UNGA USLUBIY TALABLAR 90
2.FIZIKA DARSLARIDA RASM, CHIZMA VA SXEMALAR 91
3.GRAFIK KO‘RGAZMALI QUROLLAR 91
4.AUDIOVIZUAL O‘QITISH VA TARBIYA VOSITALARI (AVO‘TV) 92
VIIbob 94
FIZIKADAN MASALALAR YECHISH 94
1.FIZIKA MASALALARI TA’LIM-TARBIYA VOSITASI SIFATIDA VA UNING O‘QUV JARAYONIDAGI O‘RNI 94
2.MASALALARNING TURLARIVA ULARNI YECHISH USULLARI 95
„ _ Vk+ -«*-*>.,* ,,/T 96
3.MASALA YECHISH USLUBI (ALGORITMI) 97
1.FRONTAL LABORATORIYA ISHLARI VATAJRIBALAR 99
2.FIZIK AMALIYOT 103
3.SINFDAN TASHQARI KUZATISH VATAJRIBALAR 103
O QUVCHILARNING FAOLIYATLARI 114
2.KONFERENSIYA VA SEMINAR DARSLARI 123
To‘rtinchi ma’ruza bo‘yicha: 125
S a v o 11 a r: 126
O‘QITUVCHINING DARSGA TAYYORLANISHI 133
4.O‘QUV EKSKURSIYALARI 133
1.OG‘ZAKI VA YOZMA TEKSHIRISH 139
2.SINOV O‘TKAZISH (BILIMNI SINASH) 140
3.BILIMNI O‘YINLAR ORQALI TEKSHIRISH 142
4.O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASH ME’YORI 143
XI606 144
O'QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL QILISH 144
1.MUSTAQIL ISHLARNING TURLARI 144
2.DARSLIK (KITOB) BILAN MUSTAQIL ISHLASH 144
3.O‘QUVCHILARNING FIZIKADAN UY MUSTAQILISHLARI 147
XII606 147
FIZIKADAN SINFDAN TASHQARI VA FAKULTATIV MASHG'ULOTLAR 147
1.FIZIKADAN SINFDAN TASHQARIISHLAR 147
ADABIYOTLAR 148
2.FIZIKADAN FAKULTATIV MASHG‘ULOTLAR 151
1.MA’RUZA - MATERIALNI BAYON QILISHNING ASOSIY SHAKLI 152
2.MA’RUZA KURSLARI BO‘YICHA SEMINARLAR 154
3.MASALA YECHISH BO‘YICHA AMALIY MASHG‘ULOTLAR 155
4.LABORATORIYA PRAKTIKUMINITASHKIL ’ QILISH VA O‘TKAZISH 159
ADABIYOTLAR 184
FIZIKA O‘QITISH USLUBI ASOSLARI 191
Mantiqiy xulosa: (2) formuladan koTamizki, agar gaz molekulalarining oTtacha kinetik energiyasi o‘zgarmasa, be- riJgan massali gaz bosimining hajmiga ko‘paytmasi o‘zgarmaydi, ya’ni PV = const
Tajribada tekshirish: olingan natija Boyl-Mariott qonuni boTib, tajribalar asosida keltirib chiqarilgan. Darsda gazning temperaturasi va massasi o‘zgarmas bo'lganda bosimi bilan hajmi orasidagi bog‘lanishni aniqlovchi tajribani qidiruv rejasi asosida qo‘yish mumkin.
Quyidagicha masalalami ham berish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot ko‘rinishidagi masalalar:
Gorizontal joylashgan diskning chekkasida shayba tinch holatda turibdi. Disk burchak tezligi asta-sekin ortib boradi- gan qilib aylanma harakatga keltiriladi. Shunday payt keladiki, shayba diskdan sirpanib chiqib ketadi. Nima uchun shayba sirpanib chiqib ketishi tushuntirilsin.
Avtomobilni tortmasdan, faqat ballonlarini tekshirish bilan uning og‘irligini qanday qilib aniqlash mumkin?
Konstruktorlik ko‘rinishidagi masalalar:
Voltmetrni qanday qilib ommetrga o'zgartirish mum- kin? Sxemasi chizilsin. Hisob ishlari bajarilsin va asbob yig‘ilsin. Ommetrning boTimi qiymati topilsin.
Erkin tushayotgan jismning yo‘l grafigini avtomatik yo- zish uchun asbob loyihalansin.
Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda:
O‘qituvchi bilan o‘quvchilar o'rtasidagi muomala katta rol o'ynaydi, ko‘proq suhbat uslubida ish olib borish yax- shidir, tortishuvlar boTadi ...
O‘qituvchi bir guruh o‘quvchilar bilan hamkorlikda ish olib borishi ham yaxshi natija beradi.
d) Ijodiy xarakterdagi laboratoriya ishlarini oTkazish ham maqsadga muvofiqdir.
Olquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga oid mashqlar, masalalar, uy vazifalari va kuzatishlari, referat mavzulari tayyorlab ularni bajarishga tavsiya qilib borish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda sinf- dan tashqari mashg‘ulotlar, ayniqsa, to'garak ishlari ka((a imkoniyatlarga egadir.
bob
FIZIKA KURSINING BOSHQA O‘QUV
PREDMETLARI BILAN BOG‘LANISHI
Fizika kursining boshqa o‘quv predmetlari bilan bog‘- lanishini amalga oshirishdan asosiy maqsad:
bilimning sistemaliligini ta’minlash;
tabiat hodisalari va ularning bir-biri bilan bog‘langanligi haqidagi tasawurlarni o‘quvchilar ongida shakllantirish;
o‘quvchilarda hodisalar, tushunchalar va nazariyalar orasidagi bog'lanishlarni o‘rnata olish mahoratini shakllan- tirish;
o‘qitishning politexnik yo'nalishini kuchaytirish;
o'quvchilarda asosiy tabiat qonunlarining umumiyligi va tabiiy bilimlarning turli sohalardagi ahamiyati haqidagi tasawurlarni hosil qilish.
FIZIKA KURSINING MATEMATIKA
BILAN BOG‘LANISHI
6—8- sinflarda X'10" ko‘rinishidagi yozuvlardan foydalana (n > 0) boshlanadi. (Molekulalar. konsentratsiyasi, issiqlik sig'imi va h.k.).
Taqribiy hisoblashlar 7- sinfdayoq qo‘llaniladi. 8-sinf la- boratoriya mashg‘ulotlarida o‘lchash xatoliklarini aniqlash tavsiya etiladi. Mexanikani o‘rganishda trigonometrik funksi- ya, kvadrat tenglama va boshqa matematik apparatlardan keng foydalaniladi.
Fizika kursida gaz qonunlarini o‘rganish jarayonida gaz- ning holatini va uning o‘zgarishini tahlil qilishda grafiklardan keng foydalaniladi. Grafik uslubning analitik uslubdan bir qancha afzalliklari bor: grafika fizik jarayonning borishini ko‘rsatadi, hodisaning dinamikasini ko‘rgazmali ravishda ochib beradi. Grafik uslub turli muhitlarning elektr o‘tkazuvchanligi, deformatsiya va boshqalar asosida yotadi.
Matematik tushunchalarni o‘z o'rnida va to‘g‘ri ishlatib borish lozim. Masalan, p = ~ formulada bo‘lish amali ish- latiladi. P = ~ formulada esa proporsionallik tushunchasi ish- laydi.
Fizika kursini o‘rganish davomida o‘quvchilar matematik formulalar real bog‘lanishlarni aks ettirishini va ular bu bog‘lanishlardan kelib chiqishini ko‘rib borishlari lozim.
Predmetlararo bog'lanish predmetlar haqidagi bilimlar- ni mustahkamlaydi, unga qiziqishni orttiradi.
FIZIKA KURSINING KIMYO BILAN
BOG‘LANISHI
Fizika va kimyo kurslari uchun umumiy bo‘lgan ko‘pgina tushuncha va kattaliklar mavjud. Atom tuzilishi haqidagi o‘quv materiali quyidagicha taqsimlangan: elektron qobiqning xos- salari va tuzilishiga oid hodisalar kimyo kursida o‘rganilib (nurlanishdan tashqari), elektron qobiqning to‘lib borishi, atom yadrosining tuzilishi va xossalari fizika kursida o‘rganiladi.
Fizika kursida tokning kimyoviy manbalari o‘rgani- layotganda kimyo kursida ruh va boshqa materiallarning kislo- talar bilan o‘zaro ta'sirlari ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun tok manbalaridagi elektrolitlar haqida gapirganda ularning kimyoviy formulalarini ham yozib ko‘rsatish mumkin.
Elektrolitik dissotsiatsiya va elektroliz hodisalarini o‘r- ganishda o‘quvchilarning kimyodan olgan bilimlarini qo‘llash va uni tushuntirish qat’iy moslashishni talab etadi. Bu yerda fizika kursi uchun uchta masala muhimdir; kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanish jarayoni, elektrolit- larning elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmi va elektroliz vaqtida sodir bo‘ladigan jarayonlar.
Fizika bilan kimyoning bog‘lanishini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham amalga oshirib boriladi. Masalan, mod- dalarning fizik va kimyoviy xossalarini o‘rganishga oid fizika- kimyo to'garagi tashkil qilish mumkin.
FIZIKA KURSINING BIOLOGIYA
BILAN BOG‘LANISHI
Fizika va biologiya kurslari orasida o‘zaro bog‘lanishni o‘rnatish yo‘Ilari taxminan quyidagichadir:
o‘simlik, hayvon va inson hayotiga ta'sir qiladigan hodisa va qonuniyatlarni o‘rganib, bu ta'sirlarni tushuntirib borish;
atmosferaning pastki qatlamlaridagi turli ko‘rinishga ega bo‘lgan elektromagnit nurlanishlarni o‘rganish va ular- ning organik dunyoga ta'sirini tushuntirish;
biologiya darslarida o‘quvchilarni o‘simlik, hayvon va insonning o‘sishi va rivojlanishiga ta'sir qiluvchi fizik hodisa va qonuniyatlar bilan tanishtirish (bug'lanish, issiqlik al- mashuvi, fotosintez va h.k.);
biologiyada qo‘llaniladigan tadqiqotlarning fizik uslub- larini va fizik asboblarni o‘rganish.
Fizika va biologiyadan kompleks tajriba va laboratoriya ish- larini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Turii qishloq xo‘jalik mahsulotlarining (sabzavot, don...) zichligini va hajmiy massasini aniqlashga, har xil tuproqlarning issiqlik o‘tka- zuvchanliklarini solishtirishga mo‘ljallangan laboratoriya ish- larini bajarish foydalidir.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda fizika bilan biologiyaning bog‘lanishini ko'rsatish imkoniyatlari katta. Masalan, biofizika to‘garagini tashkil qilib, unda quyidagicha masalalarni ko‘rib chiqish mumkin: «Tuproqning issiqlik xossalarini o‘simliklaming o‘sishiga ta’siri», «Urug‘ga elektr maydon ta'sir ettirib ekil- ganda hosildorlikka ta’siri». Fizika kechalari uyushtirib unda jonli tabiatdagi fizikani o'rganish, tabiatga ekskursiya, ona yurt bo‘ylab sayohatlar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
FIZIKA KURSINING JAMIYATSHUNOSLIK
BILAN BOG‘LANISHI
Falsafaning asosiy qonunlarini asoslashda fizika kursida ko‘plab materiallar mavjuddir. Fizika kursida o‘quvchilar modda va maydon doim harakatda ekani hamda harakat tur- lari (mexanik, elektromagnit) bilan tanishadilar. Fizika qonun- lari va nazariyalarining qo‘llanish chegaralari haqidagi tasav- vurlari shakllanib boradi. Fizik qonunlarning obyektivligi ul- aming texnikada va ishlab chiqarishda keng qo‘llanishi orqali tasdiqlanadi. Fizika kursida hozirgi zamon ishlab chiqarishn- ing fizik asoslari, mamlakatni elektrlashtirish, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash, ishlab chiqarishni avtomat- lashtirish va energetika haqidagi bilimlar beriladi. Jamiyats- hunoslikda bu bilimlardan mamlakatimizning moddiy texni- ka ba'zasini o‘rganishda keng foydalaniladi.
FIZIKA KURSINING MEHNAT TA’LIMI
BILAN BOG‘LANISHI
O‘quvchilami mehnat darslarida olgan bilimlaridan fizikani o‘rganishda foydalanish yo‘llari quyidagicha;
o‘quvchilarni o‘quv ustaxonalaridagi ish tajribalaridan fizik hodisalami, qonunlarni va ularni texnikada qo‘llanish- larini tushuntirishda, muammoli vaziyatlar hosil qilishda, fizik bilimlarning qo‘llanishini namoyish qilishda foydala- nish;
mehnat darslarida olingan natijalarga asoslangan masa- lalar yechish;
fizika tajribalarida texnika obyektlaridan foydalanish;
maktab ustaxonalarida kuzatishlar tashkil qilish (uy vazifasi sifatida).
Fizika o‘qituvchisi o‘quv yili boshida maktab ustaxonasi va uning jihozlanishi, olib boriladigan ishlar bilan tanishib chiqishi va unga asosan bog‘lanishni amalga oshirish rejasini tuzib olishi lozim.
Mehnat ta'limi o‘qituvchisi ham darslarda fizik hodisa va qonunlardan keng foydalanib borish imkoniyatiga ega. Unda ko‘riladigan va qilinadigan ishlarning ko‘p qismi fizik qonu- niyatlarga asoslanadi (ishqalanish, qattiq jismlarning xossa- lari va h.k.).
PREDMETLARARO BOG‘LANISHNI AMALGA
OSHIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
Predmetlararo bog‘lanishni amalga oshirish pedagogika fani oldidaturgan muhim muammolardan biridir. Yirik ilmiy tadqiqotlar va murakkab texnika masalalarini hal qilish bir necha fanlarning birgalikda kompleks qidirish ishlari natija- sida amalga oshiriladi. Amaliyot ehtiyojlari natijasida fanlar- ning integratsiyasi va differensiatsiyasi vujudga keldi. Bu esa yosh avlodni o‘qitish mazmunida o‘z aksini topishi lozim- ligini ko‘rsatadi. Buni predmetlararo bog‘lanish orqali amalga oshiriladi.
Predmetlararo bog‘lanishni amalga oshirish orqali o‘quvchilarning bilim darajasining ortishiga, ilmiy dunyo- qarashining to‘g‘ri shakllanishiga, fikrlash qobiliyatlarining, ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishiga, butun o‘quv jarayo- nini takomillashtirishga sharoit yaratiladi.
Predmetlararo bog'lanish politexnik ta'limni amalga oshirishda ham katta rol o'ynaydi. Chunki juda ko‘p texnologik jarayonlarni bir necha fanlardan olingan bilimlar asosida tushinish mumkin. Demak, o‘quvchilar ishlab chiqarish tamoyillarini tushunadigan bo‘lishlariga predmetlararo bog‘lanishni amalga oshirish orqali erishiiadi. Masalan, elek- troliz orqali elektrolitik sirlash ishlarini faqat fizika va kimyo- dan olgan bilimlarni kompleks qo'llash orqali tushunish va tushuntirish mumkin.
Go‘sht va sut mahsulotlarini ko‘proq olish hayvonlar fiziologiyasi va fizik omillar (harakat, namlik, yoritilganlik, elektr va magnit maydon, elektromagnit nurlanish,...) ha- qidagi bilimlarni kompleks qo‘llanishni talab etadi.
Pedogog olimlarning va maktab o‘qituvchilarining olib borgan ishlariga asosan predmetlararo bog‘lanishlarni quyi- dagi yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
O‘quv predmetlarining shunday ketma-ketligini tan- lash lozimki, birpredmetni o‘rganish ikkinchisini o‘rganishga asos yaratsin.
Tushuncha va mahoratni amalga oshirishda izchillikni ta'minlash.
Umumiy tushunchalar, qonunlar, nazariyalarni tu- shuntirishda birlikni ta'minlash.
Umumiy tushuncha va malakalami shakllantirishda umu- miy yondoshishni amalga oshirish. Masalan, ko‘pgina o‘quv predmetlariga umumiy bo‘lgan kitob bilan ishlash malakasi, o'lchash, hisoblash, grafik va boshqa malakalami o‘quvchilarda shakllantirishga umumiy yondoshishni amalga oshirish.
0‘quvchilarning ilmiy dunyoqrashlarini shakllantirish.
Turli fanlarda qo‘llanadigan tadqiqot uslublarining umu- miyligini ko‘rsatish (masalan, fizika, ximiya va biologiyada- gi tadqiqotda kuzatish va tajribalar).
Turli predmetlarda bir tushunchaning takrorlanishini yo‘qotish (bu o‘quvchilarning o‘qishga bo‘Igan munosabat- lariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi).
Predmetlararo bog‘lanishni amalga oshirish usullari asosan quyidagilardan iborat:
bir predmetda o‘rganilgan hodisani boshqa predmetda avvalroq o‘rganilgan hodisa bilan bog‘Ianishini ko‘rsatish;
bir predmetda o‘rganilgan bilimga boshqa predmetdan bilim olishda suyanish;
predmetlararo bog‘lanishga xos masalalar yechish;
predmetlararo bog‘lanishga xos laboratoriya ishlarini bajarish.
Predmetlararo bog‘lanishni amalga oshirish imkonini tug‘diruvchi o‘quv mashg‘ulotlarining shakllari quyidagi- lardan iborat:
predmetlararo bog‘lanish elementiga ega bo‘lgan dars;
predmetlararo bog'lanishga xos seminar va anjuman- lar;
kompleks ekskursiyalar. Masalan, fizika va biologiya-
dan tabiatga ekskursiya; I
predmetlararo bog'lanishga xos laboratoriya praktiku- mi;
tadqiqot elementiga ega bo‘lgan maktab uchastkasida tajriba va kuzatish ishlari.
Ko‘pgina tushunchalar bir necha o‘quv predmetlari uchun umumiy hisoblanadi. Masalan, “modda” va “may- don” tushunchalari tabiiy ilmiy fanlar uchun umumiydir. Modda fizika, kimyo va biologiyaning o‘rganish obyektidir. Maydon materiyaning bir ko‘rinishi sifatida fizikada o‘rganilib, kimyo va biologiyada undan foydalaniladi.
Turli fanlar bu tushunchalarning turli jihatlarini o‘rganadi. Fizika modda va maydonning tuzilishini, ularning fizik xos- salarini, ularda sodir boTadigan jarayon va hodisalarni o'rganadi; kimyo moddani kimyoviy bogTanish sifatida ko‘rib chiqadi, kimyoviy elementlarning xossalarini, kimyoviy reak- siyalarning qonunlarini o'rganadi; biologiya atom va mole- kulalarning tirik hujayra darajasidagi murakkab birikmalarini, oqsil birikmalarini, ya’ni tirik hujayralar hosil qiluvchi birik- malarni va ularning xususiyatlarini o‘rganadi. Shunga mos ra- vishda “modda” tushunchasi maktab fizika, kimyo va bio- logiya kurslarida ham o‘z aksini topgan. Agar fizika, kimyo va biologiya kurslarini o'rganish jarayonida “modda” va “may- don” tushunchalarini shakllantirish ketma-ketligi to‘g‘ri tan- lansa, turli predmetlarda ularni tushuntirishning bir xilligi ta'minlansa, bu tushunchalar o‘quvchilar ongida to‘g‘ri shakllanib boradi.
Bitiruvchi sinflarda bitirish imtihonlaridan oldin “modda va maydon — materiyaning ikki ko‘rinishidir” mavzusida umumlashtiruvchi ma'ruza yoki umumlashtiruvchi seminar o'tkazish maqsadga muvofiq. Bunda o‘quvchilarning modda va maydon haqidagi turli sinflarda turli predmetlarni o‘rganish jarayonida olgan bilimlari umumlashtiriladi va tartibga kel- tiriladi.
Predmetlararo bogTanishni amalga oshirishga asoslangan seminarni o‘tkazish rejasini shu masala kiritilgan predmetlar o‘qituvchilari birgalikda tuzadilar, oTkazish vaqtini aniqlay- dilar. O‘qituvchilar o‘z darslarida o'quvchilarni seminarga tayyorlab boradilar, konsultatsiyalar beradilar. O‘quvchilar ma'ruza va referatlar tayyoriaydi. Agar seminarga ikkita pred- met bo'yicha bilimni umumlashtirish masalasi kiritilgan boTsa, har bir predmetga bir soatdan vaqt ajratiladi. Dars
jadvalida seminarni o'tkazishga ikki soat vaqt ajratiladi. Se- minar rejasi ikki hafta avval e’lon qilinadi. Seminar rejasi va tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rinadigan yerga ilib qo‘yiladi. Konsultatsiya jadvali tuzib qo‘yiladi.
Seminarni o‘qituvchilardan biri olib boradi. Har bir o‘qituvchi o‘z predmetiga yaqin ma'ruza va chiqishlarga baho qo'yib boradi.
Bu seminarda har birpredmetda darsda o‘tilganlar umum- lashtiriladi va tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |