A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə23/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

1-bo’lim: «Arxivlarni hujjatlar bilan butlash, ularni qimmatdorligini ekspertiza qilish. Idoraziy arxivlar va tashkilotlar ish yuritishidagi hujjatlarni tashkil etish ahvolini nazorat qilish».
2-bo’lim: «Hujjatlar saqlovini ta’minlash».
3-bo’lim: «Mehnatni tashkil qilish va kadrlar bilan ishlash».
4-bo’lim: Arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya va boshqa shularga yaqin fanlar sohasida ilmiy-tadqiqot va metodik ishlar. Ular quyidagi bo’linmalardan iborat:
a) ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini amaliy ishlarda qo’llash;
b) metodik ishlar;
v) ilmiy-tashkiliy ishlar;
g) arxiv ishi va hujjatshunoslik sohasida ilmiy-texnik axborotni tashkil qilish;
5-bo’lim: «Ilmiy-axborot faoliyati» quyidagi bo’linmalarni o’z ichiga oladi:
a) Ilmiy-axborot vositalarini tayyorlash va takomillashtirish. Bunda ilmiy-ma’lumot apparatini tayyorlash rejalashtiriladi.
b) Ilmiy-axborot shakllari. Bunda hujjatlardan foydalanish bo’yicha tadbirlar yoritiladi.
Bo’limdagi bo’linmalarda qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur va aniq tadbirlar rejalashtiriladi. Masalan:
6-bo’lim; b) ilmiy-axborot shakllari.
1) «O’zbekistonda istiqlolchilik harakati» nomli hujjatlar to’plamiga arxiv hujjatlari yig’ish. Ijrochi: katta ilmiy xodim N.Abdullaev, Ijro etish muddati: II-chorak.
2) Gazetalarda 5 maqola chop etish. Ijrochilar: N.Abdullaev, E.Ergashev, R.Ortiqov. Ijro etish muddati: yil davomida.
3) 4 ta radioeshittirish tashkil qilish. Ijrochilar: N.Abdullaev, E.Ergashev, R.Ortiqov. Ijro etish muddati: yil davomida.
Markaziy davlat arxivlari rejalarini arxivlar direktorlari, Hududiy arxiv ishi boshqarmalari va viloyat davlat arxivlari rejalarini boshqarma boshliqlari, filiallar rejalarini ham viloyat arxiv ishi boshqarmalari tasdiqlaydi. Rejaning bir nusxasi nazorat qilish uchun arxiv ishini yuqori boshqarish idorasiga yuboriladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishlari boshqarmalari, davlat arxivlari, ularning filiallari ishni rejalashtirishda «O’zarxiv» agentligining arxiv ishini rejalashtirish haqidagi ko’rsatmasiga amal qiladilar. Unda rejaning ayrim bo’limlari bo’yicha asosiy tadbirlar belgilanadi.
Masalan, 1994-yilda arxiv muassasalari ishini rejalashtirish va 1993-yil hisoboti haqidagi sobiq «O’zbosharxiv»ning ko’rsatmasida rejalashtirish bo’yicha quyidagilar ko’rsatilgan:

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin