A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Taqrizchilar: t.f.d., prof A.X.Doniyorov
t.f.n., dots O.R.Nazarov


© Universitet
KIRISH

Arxivshunoslik fani tarix bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan fan hisoblanadi. Uni o’qitishdan maqsad, talabalarga arxivlarning jamiyat taraqqiyotidagi tutgan o’rni, arxivshunoslik taraqqiyoti tarixi haqida chuqur nazariy bilimlar berish, ularda atroflicha amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. Buning uchun sohaning bo’lg’usi talabalari arxivshunoslik fanining maqsad va vazifalari, bugungi kungacha yaratilgan va yaratilayotgan arxivshunoslikka doir asarlar (asosan hujjatlar va ular bilan ishlash metodikasi, qisman arxeografiya) bilan tanishish, ularning ilmiy, badiiy tomonlarini tushunish masalalari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lmoqlari zarur тalabalar insoniyat tarixining turli bosqichlarida arxivlarning o’rni va roli, uning o’ziga xos xususiyatlari, xususan O’zbekiston diyorida vujudga kelgan dastlabki arxivlar, ularning rivojlanish tarixi haqida tasavvurga ega bo’lishlari, arxivlar rivojlanishining asosiy bosqichlarini, insoniyat tarixida arxivlarning roli va o’rnini, shuningdek daliliy xulosalarni umumlashtirish uchun aniq tarixiy ma’lumotlarni bilishlari va ulardan foydalana olishlari lozim. Bugungi kunda arxivlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo’yicha hujjatlarni qidirib topish va o’rganishning ahamiyati nechog’li katta ekanligi ayon. Chunki, xalqimizning boy ma’naviyati, uning an’ana va qadriyatlarini o’zida mujassam etgan va mamlakatimizning o’tmish tarixidan guvohlik beruvchi hujjatlarni o’rganish va tegishli xulosa chiqarish muhim masalalardan biri hisoblanadi.


Bir vaqtning o’zida, “Arxivshunoslik” fanidan olingan nazariy bilimlar asosida talabalar, dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlaridagi arxivlar, ularda saqlanayotgan hujjatlarning tarixini o’rganish, O’zbekiston arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning mamlakatimiz tarixini o’rganishdagi ahamiyati va boshqa ma’naviy yodgorliklarni tahlil qilishda ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Ma’lumki, O’zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalarga qaratilgan e’tibordan, arxiv va arxiv tashkilotlari ham chetda qolgani yo’q. Arxivlarda hujjatlarni qidirib topish, ulardan samarali foydalanish va saqlash borasida hamda ularni ishini takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Xuddi shu hujjatlar bilan kelajakda talaba yoshlarimizni ishlash usul va uslublariga o’rgatish maqsadida “Arxivshunoslik” fani kurs sifatida tarixchi talabalarimizga o’rgatib kelinmoqda. Ushbu fanni o’zlashtirar ekan, talabalar jahon tarixining turli bosqichlariga oid arxiv materiallari va boshqa tarixiy manbalar bilan ishlash, davlat arxivlarining tuzilishi, arxiv tarmoqlari haqida tasavvurga ega bo’ladilar, arxiv jamg’armalari, ro’yxatlari, yagona nusxalarini saqlanishi haqida kutubxona va arxivlardagi ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlardan foydalanishni o’rganib, ulardan foydalana oladilar. Shuningdek, arxiv ilmiy-ma’lumotnoma apparati tizimi haqida, audiovizual arxiv manbalari haqida, O’zbekiston va chet davlatlarda arxiv ishlari tarixi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib, arxiv ishlarining asosiy tamoyillarini, hujjatlarni qayd etish, saqlash va ulardan foydalanish usullarini, tarixiy fanlarni o’rganish tarixini, tarixiy adabiyotlarni taxlil qilish usullari va ko’nikmalarini egallaydilar.
E’tiboringizga havola qilinayotgan qo’llanma “Arxivshunoslik” fani bo’yicha yaratilgan ilk o’quv uslubiy qo’llanma bo’lib, tarkibiy jihatdan kirish qismi, to’rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat. O’quv qo’llanmaning har bir bobida talabaning bilimlarini takrorlash, mustahkamlash va mustaqil ishlashi uchun nazorat savollari keltirilgan.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma bo’yicha fikr-mulohazalariningizni Guliston davlat universiteti “Tarix” kafedrasiga yuborishingizni so’raymiz. Sizning fikr va mulohazalaringiz muallif uchun ahamiyatlidir.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin