1-BOB. O’ZBEKISTON ARXIVLARINING SOVET DAVRIDAGI FAOLIYATI TARIXI 1-MAVZU: ARXIVSHUNOSLIK KURSINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Asosiy savollar: Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxivshunoslik fanining o’rni.
Arxivshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
1.1. Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxivshunoslik fanining o’rni. Mustaqil O’zbekistonning milliy davlat sifatida rivojlanishi va bozor iqtisodiyoti yo’liga o’tishi arxiv ishidagi islohotlarni belgilab berdi. Arxiv tashkilotlaridagi islohotlar 1999 yil 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Arxivlar to’g’risida»gi qonun va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi «Arxiv ishi bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida» va 2004 yil 3 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi qarorlari asosida amalga oshirilmoqda.
«Arxivlar to’g’risida»gi qonunda yoritilgan asosiy yangiliklardan biri O’zbekiston Davlat arxiv fondi o’rniga O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O’zR MAF) ni tashkil qilinishi bo’ldi. O’zR MAF davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi, deyiladi qonunda. Nodavlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida to’plangan arxiv hujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy arxivlari, nodavlat arxiv fondini tashkil etadi. MAF tarkibidan ko’rinib turibdiki, unda davlat va nodavlat tashkilotlar, korxonalar, muassasalar arxiv fondlari saqlanadi.
Sovet davrida xususiy tashkilotlar, korxonalar bo’lmas edi, shuning uchun nodavlat arxiv fondlari ham yo’q edi. Shu sababli ilgarigi O’zbekiston Davlat arxiv fondida faqat davlat muassasalari, tashkilotlari, korxonalari va fuqarolarning arxiv fondlari saqlanardi.
Nodavlat tashkilotlar, korxonalar bilan arxiv muassasalari o’rtasidagi munosabatlar qonun hujjatlarida qanday belgilanganligi muhim masaladir. Nodavlat yuridik va jismoniy fondlarini, ularni egalarining talablariga binoan O’zR MAF tarkibiga o’tkazishi mumkin. Bu ish arxiv tashkilotlari tomonidan ularning hujjatlarining qimmatini ekspertiza qilgandan so’ng amalga oshiriladi. O’zR MAF hujjatlari, jumladan, qabul qilinishi mumkin bo’lgan nodavlat tashkilotlar arxiv fondlari ham davlat ro’yxatidan o’tkaziladi va bu tashkilotlarga guvohnoma beriladi. Xususiy tashkilotlar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlanishini ta’minlaydi. Arxiv tashkilotlari roziligini olmasdan, nodavlat tashkilotlar o’z hujjatlarini (doimiy saqlanadigan va ishchi-xizmatchilarni mehnat staji, ish haqi to’g’risidagi hujjatlarini) yo’q qilishi mumkin emas. Shu sababdan arxiv tashkilotlari davlat hisobiga olingan nodavlat tashkilotlar arxiv fondlarini nazorat qilib boradi va arxiv ishini to’g’ri yo’lga qo’yishga yordam beradi.
O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritganligi buyuk tarixiy voqea bo’ldi. Xalqimiz mustaqillik tufayli o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga ega bo’ldi. Istiqlol yillarida jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan, tarix fanlari sohasida ham tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Shu davrda, kommunistik mafkura ta’sirida buzib ko’rsatilgan, ba’zi sahifalari umuman yoritilmagan ona tariximiz mustaqillik sharofati bilan xolisona o’rganilmoqda, haqqoniy tarixi bayon etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida tarixchilar oldida turgan vazifalar haqida gapirib shunday degan: «...biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirishimiz zarur». O’zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklashda arxiv hujjatlarining ahamiyati kattadir. Ilgari o’rganilmagan, istibdod mafkurasiga mos tushmaganligi uchun chetlab o’tilgan arxiv hujjatlarini ilmiy muomalaga kiritish, chorizm va sovet mustamlakachilarining zanjirband siyosatining asl mohiyatini ochib beradi va xalqimizni haqiqiy tarixini yoritishga yordam beradi. Tarixiy tadqiqot uchun zarur bo’lgan barcha arxiv hujjatlarini qidirib topish, ulardan keng foydalanish uchun tarixchi talabalar «Arxivshunoslik» fanini o’rganishi, chuqur egallashi zarur.
Arxiv tashkilotlari, davlat arxivlari mustaqillik sharoitida bozor munosabatlariga moslashmoqda. Davlat arxiv xizmatini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ishchi-xizmatchilarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari shartnoma asosida tashkilotlarga va aholiga pullik xizmatni kengaytirmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pullik xizmat asosan davlat va xususiy tashkilotlarga arxiv hujjatlarini tartibga solishda, ish yuritishni takomillashtirish ishlarida, ijodiy tashkilotlarni ilmiy buyurtmalarini bajarishda qo’llanmoqda. Ijodiy, ilmiy xodimlarni arxiv hujjatlaridan foydalanish, jumladan, oliy o’quv yurtlari talabalarining hujjatlardan foydalanishi, fuqarolarga nafaqasini rasmiylashtirishga, mehnat staji, ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnomalar berish bepul amalga oshiriladi. Bu esa, arxiv hujjatlarini ilmiy maqsadda foydalanishga keng yo’l ochib beradi.
Bizning o’lkamizda arxivlar juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Arxiv so’zi atamasiga kelsak, bu lotincha «arxivium» - hukumat binosi so’zidan olingan. Lekin «Arxiv» atamasining hozirgi qo’llanish ma’nosi birmuncha kengroq. «Arxivlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida «arxiv» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan; «Arxiv arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxiv hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy bo’linmasi».
O’zbekistonning milliy davlat sifatida rivojlanishi va bozor iqtisodiyoti yo’liga o’tishi, arxiv ishidagi islohotlarni belgilab berdi. Arxiv tashkilotlaridagi islohotlar 1999 yil 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qabul qilgan “Arxivlar to’g’risida”gi qonun va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi “Arxiv ishi bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida” va 2004 yil 3 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida arxiv ishining boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlari asosida amalga oshirilmoqda. “Arxivlar to’g’risida”gi qonunda yoritilgan asosiy yangiliklardan biri O’zbekiston Davlat arxiv fondi o’rniga O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O’zR MAF) ni tashkil qilinishi bo’ldi. O’zR MAF davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi, deyilgan qonunda. Nodavlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida to’plangan arxiv hujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy arxivlari nodavlat arxiv fondini tashkil etadi. MAF tarkibidan ko’rinib turibdiki, unda davlat va nodavlat tashkilotlar, korxonalar, muassasalar arxiv fondlari saqlanadi. Sho’rolar davrida xususiy tashkilotlar, korxonalar bo’lmas edi, shuning uchun nodavlat arxiv fondlari ham yo’q edi. Shu sababli ilgarigi O’zbekiston Davlat arxivi fondida faqat davlat muassasalari, tashkilotlari, korxonalari va fuqarolarning arxiv fondlari saqlanardi. Bu nodavlat tashkilotlar, korxonalar bilan arxiv organlari, muassasalari o’rtasida arxiv ishi bo’yicha munosabatlar arxivlar to’g’risidagi qonun hujjatlarida qanday belgilanganligi muhim masala hisoblanadi.
Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv arxiv fondalarini ularning egalarining talablariga binoan O’zR MAF tarkibiga o’tkazishi mumkin. Bu ish arxiv tashkilotlari tomonidan ularning qimmatini ekspertiza qilgandan so’ng amalga oshiradi. O’zR MAF hujjatlari, jumladan, qabul qilinishi mumkin bo’lgan davlat tashkilotlari arxiv fondlari ham davlat ro’yhatidan o’tadi va bu tashkilotlarga guvohnoma beriladi. Xususiy tashkilotlar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlanishini ta’minlaydilar. Arxiv tashkilotlari roziligini olmasdan nodavlat tashkilotlar o’zining hujjatlarini (doimiy saqlanadigan va ishchi xizmatchilarni mehnat staji, ish haqqi to’g’risidagi hujjatlarini) yo’q qilishi mumkin emas. Shu sababdan arxiv tashkilotlari davlat hisobiga olingan davlat tashkilotlari arxiv fondlarini nazorat qilib boradi va bu ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yishga yordam beradi.
O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritganligi buyuk tarixiy voqea bo’ldi. Xalqimiz mustaqillik tufayli o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga ega bo’ldi. Mustaqillik yillarida jamiyat hayotining barcha bo’g’inlarida, jumladan tarix fanlari sohasida ham tub o’zgarishlar yuz berdi. Shu davrda, kommunistik mafkura ta’sirida buzib ko’rsatilgan, ba’zi sahifalari bo’lsa umuman ko’rsatilmagan, yoritilmagan ona tariximiz mustaqillik sharofati bilan xolisona o’rganilmoqda, haqqoniy tariximiz bayon qilinmoqda.
Bugungi kunda tarix fanlarining taraqqiyotini belgilovchi fanlar o’rtasida arxivshunoslik fanining o’rni kattadir. Chunki arxivlar faoliyatini o’rganish orqali biz, o’z tariximizni ko’ramiz, unga xolis baho beramiz.