A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə9/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Nazorat savollari:
1.Viloyat arxiv jamg’armalari to’g’risidagi qarorning ahamiyatini so’zlab bering?
2.Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi nimalardan iborat edi?
3.Nima maqsadda va qachon hujjatlarni yo’q qilish man etiladi?
4.Qanday hujjatlarni davlat arxivida doimiy saqlash belgilab qo’yildi?
Adabiyotlar:
1. Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
2.Центральный Государственный архив Узбекистана. Каталог. -Т, 1975.
3.Козлитин И. П. Государственные архивы республик Средней Азии. -М., 1961.
4.Телеукулов. Г. С. Роль архивов Узбекистана в научно- исследовательской и культурной жизни республики (1918-80гг). – Т., 1995.
5. O’ljaeva Sh. Arxivshunoslik.O’quv qo’llanma.T.,2001.
2-BOB. O’ZBEKISTONDA IKKINCHI JAHON URUSHI ARAFASIDA VA URUSH DAVRIDA ARXIV ISHI TARIXI.
1.MAZU: 1925-1939 YILLARDA ARXIV ISHI TARIXI


Asosiy savollar:

  1. 1925-1930 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi.

  2. 1930-1939 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi.

1.1. 1925-1930 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi

Ma’lumki, 1924 yili O’rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari)da milliy-hududiy chegaralanish o’tkazildi. Natijada SSSR tarkibida O’zbekiston SSR va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O’zSSR tarkibida) hamda RSFSR tarkibida Qozog’iston ASSR va Qirg’iziston avtonom viloyati tashkil qilindi. Buning natijasida O’zbekiston SSRning o’z arxiv tashkilotlari vujudga keldi.


Arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o’rtasida quyidagi tartibda bo’lindi. O’rta Osiyo va ittifoq, ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv fondlari O’rta Osiyo Markaziy davlat arxivida - Toshkentda saqlanadigan bo’ldi. Har bir respublikaga oid arxiv fondlari shu respublikaga beriladigan bo’ldi. Turkiston Respublikasining Yagona davlat arxivi fondi shu tarzda bo’linib ketdi.
1924 yil 28 dekabrdagi maxsus qaror bilan O’zSSR MIQ huzurida O’zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O’zbekiston hududida tashkil bo’lgan barcha arxivlar, masalan, Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarda vujudga kelgan arxiv fondlari O’zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga topshirildi. Shuningdek, O’rta Osiyo ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv fondlari ham O’rta Osiyo markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun O’zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi, chunki ushbu O’rta Osiyo arxiv fondlari Toshkentda vujudga kelgan edi. Shunday qilib, O’zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun O’rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi.
O’zSSR MIQ va XKSning 1925 yil 22 iyul qarori bilan «O’zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi to’g’risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko’ra respublikada Yagona davlat arxiv fondi (YaDAF) tashkil qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko’rsatildi.
Viloyatlarda viloyat arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg’ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon viloyatlari arxiv byurolari, 1926 yilda esa, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi.
1925-1930 yillarda arxivlarda ishlaydigan xodimlar soni qisqartirildi. Chunki bu yillarda SSSRda, shuningdek O’zSSRda ham industriyalashtirish siyosati o’tkazilib, butun mablag’ qat’iy tejalgan holda industriyalashtirishga sarflangan edi. Shu sababli Arxiv boshqarmasida 1924 yildagi 46 xodim o’rniga 1925-1930 yillari bor-yo’g’i 17 kishi ishladi. Bu hol arxiv tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish ishlari, ulardan foydalanishni tashkil etish sur’ati ancha pasaydi. Qiyinchiliklarga qaramay, arxiv tashkilotlari xodimlari hujjatlarni saqlab qolishni o’zlarining muhim vazifalari deb bildilar. Arxivlar, O’rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanishning o’tkazilishi, Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga tashib borish ishlarini amalga oshirdilar. Faqat 1925 yil yanvar oyining o’zida Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga 50 mingga yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari topshirildi.
Davlat arxivlarini arxiv materiallari bilan butlash ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925-1929-yillarda 134 ta arxiv fondi qabul qilindi. 1929 yili Arxiv ishi markaziy boshqarmasi 863 arxiv fondi va 764 ming yig’majild qabul qilgan. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv fondi va 994 ming yig’ma jild saqlanardi.
Shuni ta’kidlash lozimki, arxiv xodimlari kam bo’lganligi sababli davlat arxivlaridagi hujjatlarning yarmidan ko’pi tartibga solinmagan, bayon qilinmagan edi. Tabiiyki, bunday holda ulardan foydalanishning ham imkoni bo’lmagan. Shuning uchun davlat tashkilotlarining o’z arxivlarini tartibga solib, ro’yxat tuzib, ularni davlat arxivlariga (markaziy va viloyat davlat arxivlariga) topshirish talabi qo’yildi.
1923 yil dekabrida Turkiston hukumati barcha idora va tashkilotlarga o’z hujjatli materiallarini tartibga solib, ro’yxat tuzib, davlat arxiviga topshirishni yuklagan edi.
1929 yil may oyida O’zSSR MIQ Prezidiumi O’zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi ma’ruzasini eshitdi. Qabul qilingan qarorda shu narsa uqtirildiki, Markaziy boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uning oldiga ilmiy tashkilot sifatida qo’yilgan talablarga javob bermaydi. Qarorda Markaziy boshqarma o’z faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlariga, hujjatlarni e’lon qilishga, hujjatlar to’plamlari tayyorlashga alohida e’tibor berishi kerakligi ko’rsatib o’tildi.
Inspektorlik tekshiruvini ikki xili mavjud - kompleks tekshirish va mavzuli, maqsadli tekshirish. Kompleks tekshirish natijasida davlat arxivi yoki arxiv ishini boshqaruv organi faoliyati haqida yaxlit tushuncha beradi. Mavzu bo’yicha tekshirish arxiv tashkilotining u yoki bu ishining (butlash, hisob, hujjatlar saqlanuvini ta’minlash, foydalanish) ahvolini aniqlash zaruriyati tug’ilganda amalga oshiriladi. Tekshirish natijasi bo’yicha ma’lumotnoma tuziladi. Tekshirilgan arxiv tashkilotining rahbar organi (Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimiyati)ga tekshirish natijalari haqida axborot beradi va bu organlar tekshirish natijasi bo’yicha arxiv tashkiloti ishini yaxshilash to’g’risida qaror qabul qiladi va arxiv ishini yaxshilash bo’yicha tadbirlar belgilaydi.
Davlat arxivining muhim vazifasi - idoraviy arxivlarni va tashkilotlarda ish yuritishdagi hujjatlarning tashkil etilishini nazorat qilish, ularga tashkiliy metodik yordam ko’rsatish hisoblanadi. Hokimiyat organlari idoraviy arxivlar va ish yuritish ahvolini tekshirishda arxiv ishini boshqaruv organlari ham ishtirok etadi yoki o’zi mustaqil tekshiradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin