A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


Arxiv ma’lumotnomalarini nashrga tayyorlash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə17/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Arxiv ma’lumotnomalarini nashrga tayyorlash. Arxiv ma’lumotnomalarini e’lon (nashr) qilishdan asosiy maqsad O’zR MAF hujjatlari to’g’risida keng ilmiy axborotni tashkil qilishdir. Bu vazifani amalga oshirish uchun arxivlar ko’rsatgichlar, ro’yxatlar, sharhlar, kataloglar, va boshqa ma’lumotnomalarni nashr etadi. Ma’lumotnomalarni e’lon qilish tashkilotlar, ilmiy jamoatchilik diqqatini O’zR MAF hujjatlariga jalb qiladi va ulardan foydalanishning kengayishiga yordamlashadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, arxivda ma’lumotnomalar ko’p va xilma xildir. Ularning hammasini nashr qilish imkoni yo’q. Shuning uchun ularning eng muhimlari chop etiladi. Birinchi navbatda arxiv hujjatlari haqida umumiy ma’lumotnomalar, ko’rsatgich va arxiv fondlari bo’yicha qisqacha ma’lumotnomalar e’lon qilinadi. Keyin imkoniyat bo’lsa, muhim va keng foydalaniladigan fondlar ro’yxatlari nashr qilinishi, sharhlar, kataloglar chiqarilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
E’lon qilinadigan arxiv ma’lumotnomasining tuzilishi, tarxi ilmiy asoslangan, bayon qilish usullarining bir xil bo’lishi talab etiladi.
Nashr etilayotgan ma’lumotlarga qo’shimcha talablar qo’yiladi. Ular suratlar bilan bezatilgan, ilovalar bilan ta’minlangan va tahrir qilingan bo’lishi kerak.
Nazorat uchun savollar:
1.1950-60 yillarda arxiv ishini qayta qurish borasidagi ishlarga baho bering?
2.Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda qanday ishlar qilinganligini gapirib bering.
3.Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida qanday vazifa turgan edi?
4.Fotohujjatlar uchun qanday kataloglar tashkil qilindi?


Adabiyotlar:
1. Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
2.Центральный Государственный архив Узбекистана. Каталог. -Т, 1975.
3.Козлитин И. П. Государственные архивы республик Средней Азии. -М., 1961.
4.Телеукулов. Г. С. Роль архивов Узбекистана в научно-исследовательской и культурной жизни республики (1918-80гг). – Т., 1995.
5. O’ljaeva Sh. Arxivshunoslik. O’quv qo’llanma.T.,2001.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin