A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə13/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Mavzu bo’yicha kataloglar. Davlat arxivlarida tizimli kataloglar 60-yillardan keng tarqala boshlagan. Unga qadar arxivlarda asosan mavzu bo’yicha kataloglar tuzilgan. Hozir ham mahalliy davlat arxivlari shahar, tuman, viloyat arxivlarida, ularning filiallarida tizimli kataloglar tuzish imkoni bo’lmaganligi sababli, mavzu bo’yicha kataloglar asosiy ma’lumotnomalardan biri hisoblanadi. Bunday kataloglarda mavzu yana kichik mavzuchalarga bo’linadi. Ular o’z navbatida yana mayda bo’laklarga bo’linadi. Masalan, Turkiston general-gubernatorligida milliy ozodlik harakati mavzusi bo’yicha katalogda quyidagi mavzu bor: 1876 yildagi Po’latxon qo’zg’oloni, 1898 yilgi Andijon qo’zg’oloni, 1916 yildagi xalq qo’zg’oloni va hokazo. Bularning har biri yana mayda bo’laklarga bo’linadi.
Shunday qilib, respublika arxivchilari urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv hujjatlarini qabul qilish, tartibga solish, ehtiyot qilib saqlash, ulardan foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ishlar olib borildi. Arxiv tashkilotlari moddiy jihatdan ham ancha mustahkamlandi. O’zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi, bir qancha viloyat davlat arxivlari va joylarda shahar, tuman davlat arxivlari tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlari malakali kadrlar bilan mustahkamlandi.


2.2 Urushdan keyingi davrda O’zbekistonda arxiv ishi.

Urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv materiallariga ilmiy-ma’lumotnoma apparati, ma’lumotnomalar tuzish ishi edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun ko’rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy ro’yxatlar, kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv fondlarini tartibga soldilar. 1946-1951 yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yig’majildlar yo’q qilishga ajratildi. Shunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga solindi. Bu esa, arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirishishga imkon berdi.


Urushdan keyingi yillarda O’zSSR Markaziy davlat tarix arxivining ko’rsatgichi tayyorlandi va O’zSSR oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi ko’rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining sharhi - axborotnomasi tuzildi, ularga tematik sharhlar yozildi. Ayrim muhim arxiv fondlarining ro’yxatlari nashr qilish uchun tayyorlandi, lekin e’lon qilinmay qoldi.
Fotohujjatlar uchun ham tematik va ismli kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to’laroq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi.
Arxiv tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga solish va hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O’zSSR Ministrlar Sovetining 1949 yil 13 yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini yaxshilash to’g’risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon qilingandan keyin ko’plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlarini tartibga soldilar. 1951-1954 yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari tartibga solindi.
Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo’llanma tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o’tkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko’rsatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo’yicha ko’rsatmalar» shular jumlasidandir.
1963 yil 14 oktyabrda O’zSSR Ministrlar Soveti «O’zSSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to’g’risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o’ynadi. Unga ko’ra idora arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o’zini esa, hujjatlarini beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash keng yo’lga qo’yildi.
Davlat arxivlari tashkilot arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. Shu bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida respublikada 1964 yili 1809 tashkilotda, 1965 yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi.
Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959 yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo’llanmalar, ko’rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo’llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish yuritishini yaxshilashga katta hissa qo’shdi.
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964 yili MDAga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970 yili O’zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin viloyatlarda ko’p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi.
Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ishlar qildi. 1946-1955 yillarda 600 mingdan ko’proq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar o’tkazildi. 1947 yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov birligida yig’majildlar saqlangan bo’lsa, 1955 yili 8 shahar va 138 tuman davlat arxivlarida 642 ming saqlov birligida hujjatlar saqlangan.
1946-1955 yillarda 5 ta hujjatlar to’plami nashr qilindi. «Frontdan xatlar» (1949-yil), «Afg’onistonda Angliya agressiyasi» (1889-1917 yillar) ana shunday hujjatlar to’plamidir.
Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda O’zSSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 31 martdagi «O’zSSR Ministrliklari va idoralar arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash tadbirlari to’g’risida»gi qarori muhim rol o’ynaydi. Respublika hukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli to’plamlar, ma’lumotnomalar, arxiv fondlari axborotnomalarini tayyorlashni va «O’zdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi.
Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e’lon qilish borasidagi ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar to’plamlari nashr qilindi. Shu jumladan oktyabr to’ntarishiga oid 2 ta, "bosmachilar" harakatiga doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «O’rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari» nomli seriyada 4 ta to’plam tayyorlanib nashr qilindi.
60-yillardan boshlab mavzular bo’yicha arxiv hujjatlarining kataloglari tayyorlana boshlandi. 1963-1967 yillarda 50 mingdan ortiq kartochka yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida ilmiy ma’lumotnoma apparati bo’limi tashkil qilinib, bu bo’lim xodimlari MDAning tizimli (sistematik) katalogini tayyorlashga kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga qo’shildi. Shuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar hozirgi kunga qadar to’ldirib borilmoqda va tadqiqotchilarga hujjatlar qidirish ishlarini engillashtirmoqda.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin