A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə14/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Nazorat uchun savollar:
1.Urush yillarida respublikada arxiv ishini yaxshilash borasida qanday ishlar amalga oshirildi?
2. Arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish maqsadida qanday ishlarga e’tibor berildi?
3.Urush yillarida arxiv tashkilotlari xodimlarining g’alabaga qo’shgan hissalari nimalardan iborat bo’ldi?
4. O’zbekistonda arxiv xodimlari qanday ishlar olib borishdi?


Adabiyotlar:
1.Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
2.Центральный Государственный архив Узбекистана. Каталог. -Т, 1975.
3.Козлитин И. П. Государственные архивы республик Средней Азии. -М., 1961.
4.Телеукулов. Г. С. Роль архивов Узбекистана в научно-исследовательской и культурной жизни республики (1918-80гг). – Т., 1995.
5. O’ljaeva Sh. Arxivshunoslik.O’quv qo’llanma.T.,2001.
3-MAVZU. URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O’ZBEKISTONDA ARXIV ISHI

Asosiy savollar:


  1. Urushdan keyingi yillarda arxivchilarning muhim vazifalari.

  2. Davlat arxivlarining qayta tuzilishi, hujjatlarni qabul qilish va ulardan foydalanish sohasida amalga oshirilgan ishlar.



3.1. Urushdan keyingi yillarda arxivchilarning muhim vazifalari.

Urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv materiallariga ilmiy qo’llanmalar, ma’lumotnomalar tuzish ishi edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun ko’rsatkichlar, ilmiy ro’yxatlar, katologlar va boshqa axbarotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv jamg’armalarini tartibga soldilar. Keraksiz yig’ma jildlar yo’q qilishga ajratildi.


Urushdan keyingi yillarda O’zSSR Markaziy davlat tarix arxivining ko’rsatkichi tayyorlandi va O’zSSR oktyabr inqilobi MDA ko’rsatkichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari arxiv jamg’armalarining axbarotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. Fotohujjatlar uchun katologlar tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to’laroq axbarot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi.
1960 yili O’zSSR MDA sovet fondlari ko’rsatgichi (putevoditel) nashr qilindi. 1964 yili O’zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA ko’rsatgichi e’lon qilindi. Bu ko’rsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridan foydalanishida juda katta qulayliklar yaratdi.
1950-yillarning oxiri va 60-yillar davomida arxiv ishini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari va arxiv idoralarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari amalga oshirildi. 1958 yili O’zSSR oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O’zSSR Markaziy davlat tarix arxivi bilan birlashtirilib, yagona O’zSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O’zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi ham qo’shildi.
Shunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi vujudga keldi. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan barcha hujjatlarni ehtiyot qilib saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo’ldi
Arxiv tashkilotlarining faqat 38%i oliy ma’lumotli xizmatchilar bilan ta’minlanganligini va tarixchi-arxivchi mutaxassislarni o’ta kamligini (3,6%) hisobga olib, bu sohani oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan qondirish uchun shoshilinch tadbirlar ko’rish zarur edi. Hozirgi davr talablaridan kelib chiqib, arxiv tashkilotlarida kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish bilan bog’liq qator muammolar hal qilinmoqda. Arxiv tashkilotlari kadrlarni ilmiy asosda tanlash va ulardan foydalanish; barcha turdagi xizmatchilar malakasini, jumladan, g’oyaviy-nazariy, madaniy saviyasini oshirish; ongli mehnat intizomini tarbiyalash; jamoada yaxshi ruhiy holatni vujudga keltirish kabi masalalar bo’yicha tadbirlar o’tkazmoqda.
Kadrlardan to’g’ri foydalanishda har bir xodimni vazifalarini belgilab beradigan lavozim yo’riqnomasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo’riqnomalar arxiv tashkiloti bo’limlari (bo’lim, guruh, laboratoriya) to’g’risidagi nizomlar asosida tuziladi. Viloyat davlat arxivi direktori lavozim yo’riqnomasini viloyat boshqarmasi boshlig’i, viloyat davlat arxivi xodimlarining lavozim yo’riqnomalarini viloyat davlat arxivi direktori tasdiqlaydi.
Ishchi-xizmatchilarning malakasini oshirish kadrlar bilan ishlashning ajralmas va muhim qismi hisoblanadi. Bu arxiv sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirishni, ulardan unumli foydalanishning zarur sharti hisoblanadi. Arxiv tashkilotlarida xodimlar malaka-sini oshirishning jamoa va yakka tartibdagi shakllari keng qo’llaniladi. Malaka oshirishning keng tarqalgan va samarali shakllariga quyidagilar kiradi:

  • universitet, institutlarda aspiranturada o’qish va nomzodlik dissertatsiyasi ustida mustaqil ishlash;

  • rahbar va ilmiy xodimlarning doimiy ishlovchi ilmiy seminari;

  • maqolalar, taqrizlar, ilmiy axborotlar yozish;

  • arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya, tarix fanlari dolzarb muammolari bo’yicha ma’ruzalar, seminarlar, konferentsiyalar tashkil qilish;

  • Tex minimum bo’yicha mashg’ulotlar, arxiv texnik xodimlar uchun seminarlar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida arxivchi kasbining ijtimoiy statusini oshirish, uni ijtimoiy himoyasini yaxshilash, shuningdek ish haqini oshirish, qo’shimcha haq to’lashni kengaytirish, bolali ayollarga qulay bo’lgan ish grafigini o’rnatish muhimdir.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin