A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


Arxiv tashkilotlarinnng rejasi va hisoboti. Kadrlar bilan ishlash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə22/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

2.2. Arxiv tashkilotlarinnng rejasi va hisoboti. Kadrlar bilan ishlash.

Arxiv tashkilotlarining ishi reja asosida amalga oshiriladi. Rejada ayrim arxiv tashkiloti oldida turgan bir yillik, shuningdek bir yilning qismidagi (oy, chorak, yarim yil, 9 oy) vazifa rejalashtirilib, unda aniq ijro etish muddati va mas’ul ijrochi ko’rsatiladi.


Sho’rolar davrida arxiv tashkilotlarida besh yillik va undan uzoq davrga mo’ljallangan hamda bir yilgacha muddatga mo’ljallangan rejalar tuzilgan. Arxiv tashkilotlari mustaqillik, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir yillik, uning asosida yarim yillik, chorak va oylik rejalar tuzmoqda. Shuningdek, besh yilga hisoblangan O’zbekistonda arxiv ishi rivojining kontseptsiyasi tuzilgan. Bu hujjat respublika arxiv tashkilotlari faoliyatining metodologik harakat dasturi hisoblanib, hujjatlarning rolini orttirishga va jamiyat faoliyatining axborot bilan ta’minlanish imkoniyatini kengaytirishga, jamiyatning hujjatli yodgorliklarini yaxshi saqlashga qaratilgan.
«O’zarxiv» agentligi har yili hukumatning asosiy qarorlariga amal qilib, arxiv tashkilotlari ishini kelgusi yilga rejalashtirish va joriy yilning hisoboti bo’yicha ko’rsatma ishlab chiqadi. Unda respublika bo’yicha, shuningdek, har bir arxiv tashkilotining arxiv ishini rivojlantirish bo’yicha rejalashtirilgan yildagi vazifalari ko’rsatiladi.
Arxiv ishi boshqaruv idoralari ishining rejalashtirilishini ko’rib chiqamiz. "O’zarxiv" agentligi, arxiv ishi hududiy boshqarmalarining asosiy tadbirlari rejasi hisobot davrida uning oldida turgan vazifalarini bayon qilishdan boshlanadi. Keyin rejaning bo’limlari bo’yicha bu vazifalarni bajarish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar ko’rsatiladi. Har bir tadbirdan keyin uning aniq ijrochisi va ijro qilish muddati belgilab qo’yiladi.
Arxiv tashkilotlari rejasining shakllangan taxminiy chizmasi arxiv ishini boshqaruv idoralari faoliyati yo’nalishlariga mos bo’lgan bo’limlarni nazarda tutadi. Masalan:
1. Tashkshliy tadbirlar - arxiv ishi bo’yicha konferentsiyalar, kengashlar o’tkazishni; qaramog’idagi tashkilotlar ish rejasini ko’rib chiqish va tasdiqlashni, ular faoliyatini tekshirish o’tkazishni o’z ichiga oladi.
2. Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-axborot ishlarini boshqarish -"O’zarxiv" agentligi, arxiv ishi hududiy boshqarmalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini, hujjatlar to’plamlari, arxiv ishi asosiy ko’rsatgichlari va boshqa ma’lumotnomalarni nashrga tayyorlashni muvofiqlashtirish, shuningdek, bevosita ishtirok etish tadbirlarini ko’zda tutadi.
3. Arxivlarni butlash va hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilish ishlariga rahbarlik, tashkilotlar idoraviy arxivlari va ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil etish ahvolini nazorat qilish, tashkilotlar ro’yxati-davlat arxivlarini butlash manbalarini tasdiqlash, ETK ishi, hujjatlarni o’z vaqtida tartibga solishni, tashkilotlarda ish yuritishni to’g’ri tashkil etishni ta’minlovchi tadbirlar rejalashtiriladi.
4. Hujjatlar saqlanshiini ta’minlash bo’yicha tashkiliy ishlar -arxiv binolarini loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va hujjatlarini qayta tiklash laboratoriyalarini bunyod etishni ko’zda tutadi.
5. Mehnatni tashkil etish va kadrlar bilan ishlash bo’limida mehnat sharoitini yaxshilash, xizmatchilar malakasini oshirish, tajriba almashish bo’yicha seminarlar o’tkazish tadbirlari rejalashtiriladi.. «O’zarxiv» agentligi asosiy tadbirlar rejasini uning Bosh direktori va arxiv ishi hududiy boshqarma rejasini boshqarma boshlig’i tasdiqlaydi.
Davlat arxivlari yillik reja tuzadi va u choraklarga bo’linadi. Davlat arxivlarida xodimlarning shaxsiy ish rejasi va bo’linmalarning ish rejasi tuziladi. Bo’linmalarning ish rejasi asosida davlat arxivining umumiy rejasi tayyorlanadi. Rejaning bo’limlari davlat arxivi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini aks ettiradi. Davlat arxivi rejaning chizmasi arxiv boshqarmasi rejasiga o’xshash.
Davlat arxivi ishi rejasi sxemasi :

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin