A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


Davlat arxivlari bo’yicha ko’rsatgichlar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə16/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Davlat arxivlari bo’yicha ko’rsatgichlar. Davlat arxivlarining ilmiy-axborot faoliyatida ko’rsatgich (putevoditel) lar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’rsatgichlar arxiv fondlari to’g’risida muntazam tartibda axborot beruvchi arxiv ma’lumotnomasidir. Tadqiqotchilar ko’rsatgichga arxivda u yoki bu fondning bor-yo’qligini aniqlash uchun murojaat qilishadi.
Ko’rsatgichlar asosan ikki xil bo’ladi. Birinchisida arxivdagi muhim fondlarning barchasi ma’lum tartibda joylashtirilib, har biriga ta’rif beriladi. Ikkinchisi, davlat arxivi fondlari bo’yicha qisqa ma’lumotnoma deb ataladi va bunda ham fondlar ma’lum tartibda joylashtirilib, muhim fondlarga qisqa ma’lumot yoziladi. Boshqa fondlarga qisqa ma’lumot ham yozilmay, ularning faqat ro’yxati beriladi. Birinchi tur ko’rsatgichlar respublikamiz markaziy davlat arxivlarida, ikkinchi turi - viloyat arxivlarida tuziladi.
Ko’rsatgichlar odatda ishlab chiqarish tarmoq tarxi bo’yicha tuziladi. Bu fondlar ta’riflari davlat faoliyati, xalq xo’jaligi, fan, madaniyat tarmoqlari bo’yicha guruhlashtiriladi. Masalan, O’zSSR MDAning sovet davri bo’limi fondlari bo’yicha ko’rsatgich tarxi quyidagi bo’limlardan iborat:
1.Turkiston o’lkasida Muvaqqat hukumat tashkilotlari fondlari;
2.Oliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralari fondlari;
3.Adliya va sud idoralari fondlari;
4.Xalq xo’jaligi tashkilotlari, korxonalar fondlari;
5.Madaniyat va turmush sohasidagi tashkilotlar fondlari va hokazo.
Shuningdek, O’zSSR Markaziy davlat tarix arxivi ko’rsatgichi va viloyat davlat arxivlari bo’yicha qisqacha ma’lumotnomalar ham tarmoqlar tarxi asosida tuzilgan.


3.2. Davlat arxivlarining qayta tuzilishi, hujjatlarni qabul qilish va ulardan foydalanish sohasida amalga oshirilgan ishlar.

Arxiv tashkilotlarining yana bir muhim ishi idoralar arxivlarini tartibga solish va ehtiyot qilib saqlashni tashkil qilish edi. Bu ishda O’zSSR Ministrlar Sovetining 1949 yil 13 yanvardagi davlat va joriy arxivlar ishini yaxshilash to’g’risidagi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Arxivlar uchun maxsus binolar ajratildi. 1951-54 yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari tartibga solindi.


1963 yilda 14 oktyabrda O’zSSR Ministrlar Soveti «O’zSSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to’g’risida» qaror qabul qildi. Bu qaror joriy arxivlar ishini yaxshilashda muhim rol o’ynadi. Joriy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlari uchun maxsus binolar qurildi.Urushdan keyingi yillarda 5 ta hujjatlar to’plami nashr qilindi.
1970-80 yillarda arxiv hujjatlari ro’yxatlarini takomillashtirish va kataloglashtirish respublika davlat arxivlarining muhim vazifalaridan biri bo’lgan. Ro’yxatlarni ma’lumot berish darajasini ko’tarish maqsadida davlat arxivlari 1975 yildan boshlab ro’yxatlarni takomillashtirish va qayta ishlashni faol olib bordilar. 1976-1990 yillarda 1,7 million yig’majilddan iborat I va II kategoriyali fondlar ro’yxatlari respublika davlat arxivlari tomonidan takomillashtirildi va qayta ishlandi. Ro’yxatlarni tuzatish, yaxshilash, yig’majild sarlavhalarini qayta tuzish, xatolarini tuzatish, boshqa fondlarga tegishli hujjatlarni ajratish, hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilib, qiymati yo’q hujjatlarni makulaturaga ajratish, yig’majildlarni tartibga solish, yig’majildlar shifrini qayta tuzish va zarur ilmiy-ma’lumot apparati (so’zboshi, mundarija, yig’majildlarning yangi arxiv shifri jadvali, ko’rsatgichlar)ni tuzish yo’li bilan amalga oshirilgan.
Hujjat darajasida axborot olish maqsadida respublika markaziy va mahalliy arxivlarida tizimli, mavzuli, ismli kataloglar yaratilgan. 1991 yil 1 yanvarga qadar 761 fonddan 489,5 ming yig’majild o’rganilib, ma’lumotlar kataloglarga kiritilgan. Kataloglarga olingan hujjatlar asosan I va II kategoriyali fondlar, hokimiyat va davlat boshqaruv organlariga tegishli edi. Natijada boshqarma hujjatlariga va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarga 970 ming mavzular bo’yicha kartochka va 49 mingdan ortiq ism kartochkalari tuzilgan. Bu kartochkalar tizimli, mavzuli va ism kataloglariga kiritilgan.
Fondlarga ta’rif berish, hujjatlarni bayon qilish usuli fondlar materiallari tarkibi va mazmuniga, ularning ahamiyatiga bog’liqdir. Muhim fondlarning har biriga alohida ta’rif beriladi. Turdosh fondlarning har bir guruhiga bitta ta’rif yoziladi.
Arxiv fondining ta’rifi quyidagi qismlardan iborat:
1) arxiv fondining nomi;
2) fond haqida ma’lumotlar;
3) fond va fondni tashkil qilgan idora to’g’risida qisqacha tarixiy ma’lumot;
4) arxiv fondi hujjatlarining annotatsiyasi;
5) bibliografik ma’lumot.
Ko’rsatgichda fondning to’la va qisqa nomi beriladi. Masalan, O’zSSR Xalq Komissarlari Soveti (O’zSSR XKS). Fond haqida ma’lumotlar qismida fond tartib raqami, uning hajmi, hujjatlarning boshlangan va tugagan sanasi, fondga oid ma’lumotnomalar haqida axborot, ro’yxatlar (opis, sharh, kataloglar va boshqalar) ko’rsatiladi.
Fondni tashkil qilgan tashkilot va fond, fond haqida qisqa tarixiy ma’lumotda o’sha tashkilot tarixi, asosiy faoliyati va fondning tarixi bayon etiladi.
Fond tarixining muhim qismi fond hujjatlarining muxtasar bayonidir. Bunda fond hujjatlari juda qisqa shaklda, shu bilan birga fond mazmunining etarli darajada to’la aks etirilishi talab qilinadi.
Fond ta’rifining so’nggi elementi bibliografik ma’lumot hisoblanadi. Bunda fond va fondni tashkil qilgan tashkilot to’g’risidagi adabiyotlar, fond hujjatlari e’lon qilingan to’plamlar ko’rsatiladi.
Ko’rsatgichda arxivda saqlanayotgan barcha fondlar haqida ma’lumot berilishi kerak. Lekin hamma fondlarga ta’rif yozilishi shart emas. Ko’rsatgich oxirida ta’rifi tuzilmagan fondlar ro’yxati beriladi. Bu ro’yxatda fondning nomi bilan birga tartib raqami, yig’majildlar soni, fond hujjatlari boshlangan va tugagan yillar ko’rsatiladi.
Arxiv fondlari bo’yicha qisqacha ma’lumotnoma ham ko’rsatgich tuzish qoidalari asosida tayyorlanadi. Faqat bu ma’lumotnomada fondlar haqidagi ma’lumotlar to’la bo’lmaydi. Masalan, fond hujjatlarining mazmuni ochib berilmaydi. Ayrim muhim fondlargagina to’la ta’rif beriladi. Qisqa ma’lumotnomaning maqsadi asosan arxiv fondlari tarkibini ko’rsatishdir.
Ko’rsatgich va sharhlarda ham boshqa ma’lumotnomalardagidek IMA bo’ladi. Ular asosan kirish, qisqartirilgan so’zlar ro’yxati, ismlar, geografik, predmet va boshqa ko’rsatgichlar, izohlar, atamalar lug’ati, bibliografik ma’lumotdan iboratdir.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin