A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


Oktyabr to’ntarishidan keyin Turkiston YaDAJ ning tashkil



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə6/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

2.2. Oktyabr to’ntarishidan keyin Turkiston YaDAJ ning tashkil
topishi

Oktyabr to’ntarishidan so’ng Turkiston o’lkasi Rossiya tarkibiga respublika sifatida majburan qo’shib olindi. Shundan so’ng Turkiston Rossiya tarkibida avtonom respublika sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. Rossiya hukumati chiqargan barcha qonunlar Turkiston uchun ham tegishli bo’lib qoldi.


Rossiya hukumati 1918 yili 1 iyunda «Arxiv ishlarini qayta qurish va markazlashtirish to’g’risida» qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917 yilga qadar barcha davlat arxivlari tugatildi, arxiv hujjatlari Turkiston Respublikasining yagona davlat arxiv jamg’armasini tashkil qiladi deb e’lon qilindi. YaDAJni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishlari Bosh boshqarmasi tashkil qilindi. YaDAJga 1917 yil 25 oktyabrgacha bo’lgan barcha arxivlar topshirilishi kerak edi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, qarorga binoan arxiv hujjatlarini yo’q qilish tartibi o’rnatildi. Davlat idoralari Arxiv ishlari Bosh Boshqarmasi ruxsatisiz o’z hujjatlarini yo’q qilish huquqiga ega emas deb ko’rsatildi.
Shuni aytib o’tish lozimki, sovetlar davrida hujjatlar bilan ishlash, ularni yaratish bilan bog’liq xatoliklar juda ham ko’plab uchraydi. Kommunistik mafkura darg’alari milliy ozodlik harakatini qoralashga harakat qilib keldi. Ular islom dinini ashaddiy dushman kuch o’rnida ko’rib, jamiyatdagi mavqeiga zarba berish uchun hech narsadan tap tortmadilar. Hatto ruhoniylarning o’tmish zamonlardagi faoliyatini ijobiy baholash ta’qiqlandi. Bu borada ish shu darajaga borgan vaqt bo’ldiki, masalan, 1952 yili O’zbekiston kommunistik partiyasi Markaziy komitetining X plenumida Andijonda ko’tarilgan 1898 yilgi “Dukchi eshon qo’zg’oloni” muhokama etilib, maxsus qaror qabul qilindi. Avvalambor, bunday ilmiy masalaning hukumatning eng oliy doirasida ko’rilishi kulgili hol edi. O’sha qarorda, milliy ozodlik kurashi din peshvosi Dukchi eshon rahbarlik qilgani uchun jamiyatga ziyon va talofat keltirgan, salbiy harakat deyildi, ozodlik fidoyilari yuziga keyin ham qora bo’yoq surkaldi. Xalq qo’zg’olonini xuddi shu nuqtai-nazardan ta’riflash haqida ko’rsatma berildi. XX asrning 60 yillari oxirijda bu xato muayyan darajada tuzatilib, qo’zg’olon boshqacha baholangan bo’lsada, lekin unda qatnashgan ruhoniy va yuqori tabaqali vakillarning faoliyati qoralandi. Xuddi o’sha voqealarni shohidi bo’lgan va xozirgacha arxivlarda saqlanib qolgan hujjatlar asosida, mustaqillik sharofati ila bu hodisalarga tarixiy jihatdan to’g’ri baho berila boshlandi.
Yuqoridagiga o’xshash voqealarni buzib ko’rsatish, hujjatlarga ahamiyat bermaslik xollari, 1916 yilgi xalq qo’zg’olonlariga qo’shilgan ruhoniylar va yuqori tabaqa namoyandalari faoliyatiga ham salbiy baho berildi. Vaholanki, ular umummilliy manfaatlar uchun jonlarini tikkan odamlar edilar. Bundan tashqari sovet davrida milliy ozodlik harakatlari chor hukumatining zulmiga qaratilgan kurash va rus inqilobiy harakatlarining tarkibiy qismi sifatida baholandi. Bu bilan ularning asl mohiyati va yo’nalishini niqoblashga harakat qilindi. Aslida esa, 1892, 1898 va 1916 yilgi qo’zg’olonlar Turkiston mustaqilligini va ozodligini tiklashni asosiy vazifa qilib qo’ygan edilar. Qo’zg’olonlarda qatnashgan mazlum xalq va mahalliy yuqori tabaqalarning ilg’or vakillari bir yoqqadan bosh chiqarib milliy davlatni tiklash uchun kurashgan edilar. Bu ma’lumotlar haqida xabar beruvchi tarixiy hujjatlarning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, u yaqin yillargacha biz tayanib kelgan qalbaki kommunistik g’oyalarni va xatolarni uloqtirib tashlagan holda yozilgan. Bu manbalarda, tarixiy hujjatlarni, voqealarni umumiy va ortiqcha sharhlovchi quruq so’zlar bilan ko’mib yubormaslikka intilgan. Boshqacha aytganda, o’sha davr mualliflari manbaning asl ma’lumotlaridan uzoqlashmaslik, imkoni boricha, haqiqiy axvolni yoritishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar. Bu tarixiy manbalarni, hujjatlarni oshkor etish, ularni tarixiy haqqoniylik nuqtai-azaridan o’rganishga uzoq yillar davomida qarshilik va to’siqlar qo’yib kelindi. Chor Rossiyasi davrida xalqning o’z tarixini bilishlariga qarshi olib borilgan mafkuraviy qarshiliklar, sovet davridga kelib ham to’xtamadi. Aksincha, kommunistik mafkurani o’zlariga niqob qilib olgan holda bu siyosat zo’raysa zo’raydiki, ammo hech xam kamaygani yo’q.
Faqat, xalqimiz mustaqillikni qo’lga kiritgachgina, tariximiz haqida xolis boho beruvchi bu hujjatlarga to’laqonli ravishda yo’l ochildi. Mutaxassis olimlar tomonidan Turkiston diyorida mustamlakachilarga qarshi olib borilgan kurashlari ochib berila boshlandi. Turli arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarga, ularni o’rganishga keng yo’l ochildi.
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida Qo’qon, Xeva xonliklari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi, Turkiston general gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari, shuningdek, O’zbekistonning oktyabr to’ntarishidan keyingi davri, sovet davri tashkilotlarining arxivlari hujjatlari saqlanadi. Bu arxivda bir milliondan ortiq yig’ma jildlar bor. Bu Markaziy Osiyoning eng katta va boy arxivi hisoblanadi. Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istiqbolli ravnaqi masalasi muhim o’rin tutadi. Zero, moziy saboqlari, o’tmish tajribalarini arxiv hujjatlari asosida o’rganishning nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyati bor. Arxiv materiallariga eng ko’p murojaat qiluvchilar-tarixchilar hisoblanadi. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotlarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, xolis tarixiy taraqqiyot kontseptsiyasi zaminida yaratilayotganligi tufayli bugun tariximizga qiziqish tobora ortib bormoqda.
Arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o’zi tadqiq etayotgan muammo tarixini o’rganmoqchi bo’lgan muayyan soha tadqiqotchilari-iqtisodchilar, huquqshunoslar, adabiyotshunos va san’atshunoslar, fan va texnika tarixi mutaxassislari, umuman, tabiiy fanlar sohalari vakillari ham kiradi. Bu jabha tadqiqotchilari uchun arxiv hujjatlari fan ufqlarini kengaytirish, uni yangi dalil isbotlar bilan boyitish, jamiyat hayoti, insoniyat tafakkuri taraqqiyoti jarayonining turfa xil jihatlarini mutlaqo yangicha va nisbatan to’g’ri baholash bobida ma’lumotlar manbai bo’lib xizmat qiladi.
Arxiv hujjatlari jamiyatimizning kundalik hayotida, xususan, xalq xo’jaligida muhim o’rin tutishini ta’kidlash joiz. Arxiv hujjatlarida kechmish ajdodlarimiz mehnatining samaralari o’z aksini topgan bo’lib, ularning tajribalari bugungi kunda qo’l kelishi mumkin. Deylik, XX asrning birinchi yarmida barpo etilgan turli me’moriy-muhandislik inshooatlarining qurilishi va loyihalashtirilishi bo’yicha chizma hamda yozma hujjatlar muayyan ahamiyatga ega (masalan Toshkent shahridagi temiryo’lchilar saroyi va sobiq davlat filarmoniyasi binolarini ta’mirlash ishlari chog’ida arxiv hujjatlariga murojaat qilingani ma’lum). Bunday tarixiy binolarni ta’mirlash mobaynida arxiv hujjatlaridan foydalanish ishning rivojiga ijobiy ta’sir etish barobarida, davlat mablag’ini tejash imkonini ham beradi. Ayniqsa me’moriy va san’at yodgorliklarini tiklash chog’ida arxiv hujjatlari beqiyos ahamiyat kasb etadi. Arxiv materiallaridan olis asrlar ta’siri tufayli urushlar va uquvsiz qayta ta’mirlashlar oqibatida vayron bo’lgan qadimgi obidalarning dastlabki qiyofasini tiklash, ularni ta’mirlash ishlarida unumli foydalaniladi. Bundan tashqari, iqlim, muzliklar, ob-havoning o’zgarishi, daryolar suvining ko’tarilishi va pasayishi va shu kabi boshqa holatlar, tabiat hodisalari to’g’risida to’plab borilgan ma’lumotlarga ham qiziqish katta ekani tabiiy. Bu kabi arxiv ma’lumotlari qancha uzoq davrni qamrab olsa, ularning qimmati shuncha kattadir.
Arxiv hujjatlari targ’ibot-tashviqot ishlari va o’quv-tarbiya maqsadlarida, tarixiy va badiiy film hamda boshqa sahnalarni qo’yishda, ishlashda, muzeylar ko’rgazmalarini tashkil etish uchun ham jalb etiladi. Shu bilan birga arxiv hujjatlaridan turmushning muayyan bir davriga aniqlik kiritish, fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlash zaruriyati tug’ilganda ham foydalanish mumkin.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartib-qoidasi, odatda bir qancha amallardan iborat-ki, bularning eng asosiylari sirasiga hujjatlarni qidirib topish, muallifi, sanasi va yaratilish shart-sharoitlarini aniqlash hamda ularni tarixshunoslik nuqtai nazaridan baholash, qolaversa hujjatlar bilan bevosita ishlash, ya’ni ularni tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabilar kiradi. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish tadqiqotchidan o’z sohasi bo’yicha orttirgan bilimlaridan tashqari maxsus arxivshunoslik ilmidan xabardorlikni, arxiv hujjatlari bilan ishlash metodikasini egallagan bo’lishni taqozo etadi. Bunday vazifalar majmuini o’rganish bilan arxivshunoslik kursi shug’ullanadi. Ushbu kurs davomida talabalar o’zlari egallagan nazariy qoidalarni arxiv tashkilotlarida o’taydigan ishlab chiqarish amaliyoti ko’magida mustahkamlab boradilar.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin