A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Nazorat savollari:
1.1.Arxivshunoslik fani to’g’risida nimalar bilasiz?
1.2.Arxiv hujjatlarining ahamiyatini ochib bering?
1.3.Arxivshunoslik fanini ahamiyati darajasini aniqlang.
1.4.Bugungi kun tarixchi – tadqiqotchilarning asosiy faoliyat chegarasini aniqlang.


Adabiyotlar:
1. Alimov I. A., Ergashev F., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
2. Alimov I. Arxivshunslik. O’quv qo’llanma. Andijon., 2005.
3.Центральный Государственный архив Узбекистана. Каталог. -Т, 1975.
4.Козлитин И. П. Государственные архивы республик Средней Азии. -М.,1961.
5.Телеукулов. Г. С. Роль архивов Узбекистана в научно-исследовательской и культурной жизни республики (1918-80гг). – Т., 1995.
6. O’ljaeva Sh. Arxivshunoslik.O’quv qo’llanma.T.,2001.
7. Архивы. Историческая энциклопедия. T. 1. M., 1997.
2-MAVZU. CHOR ROSSIYASI DAVRIDA ARXIV ISHI TARIXI


Asosiy savollar:

  1. Turkiston o’lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach arxivlarning talon – taroj qilinishi.

  2. Oktyabr to’ntarishidan keyin Turkiston YaDAJni tashkil etilishi.



2.1 Turkiston o’lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, arxivlarning talon-taroj qilinishi.

Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritib, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida teran yangilanishlar jarayoni kechayotgan bir davrda tarixni o’rganish, uni xolis baholash va moziydan meros jamiki qadriyatlardan ijodiy foydalanish o’ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda arxiv hujjatlarini qayta tadqiq va tahlil etish masalasi alohida e’tiborga molik ekani shubhasizdir.


O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi millatimiz, o’zbek xalqining hujjatli madaniy yodgorliklari saqlanadigan eng katta, eng boy arxiv xazinasi hisoblanadi. Bu erda saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar vaqfnomalar bo’lib, ular XIII - XX asrlarga oid hisoblanadi. Qadimgi davlatlarning, xonliklarning XIX asrgacha bo’lgan hujjatlari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. O’zaro feodal urushlari, vayronagarchiliklar natijasida arxiv hujjatlari yo’q bo’lib ketgan. Qo’qon va Xeva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi saqlangan xolos.
Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olingach, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to’la saqlanib qolgan. Qo’qon va Xeva xonliklari arxivlari tarixi o’ziga xosdir. Chor Rossiyasi bu xonliklarni bosib olgandan keyin, ushbu arxivlar hujjatlari 1876 yil Peterburgga, imperator kutubxonasiga olib ketiladi. Bu hujjatlar XX asrning 30 yillari oxirigacha e’tibordan chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay kelinadi. Keyinchalik bu arxivlar topilib, ularning Xeva, Qo’qon arxivlari ekanligi aniqlanadi. Shundan so’ng ulardan keng foydalanila boshlanadi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o’lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, xonliklarning boy moddiy va ma’naviy yodgorliklari, xalq urf – odatlari, an’analari va qadriyatlaridan guvohlik beruvchi bebaho ashyolar ko’kka sovurila boshlandi. Shu bilan birga bosqinchilar zulmi ostiga kirib qolgan Qo’qon va Xiva xonliklarida saqlanib kelgan boy ilmiy merosimiz, xalqimiz tarixi haqida guvohlik beruvchi manbalar, bu xonlik arxivlaridan tortib olina boshlandi. Chunonchi 1876 yilda Rossiya tomonidan Qo’qon va Xiva xonliklari devonxonasi, qozixonasi va arxividagi qimmatli ma’lumot va hujjatlar tortib olindi va Sankt Peterburgdagi M.E. Saltikov – Shchedrin nomli imperator kutubxonasiga yuborildi. Ushbu hujjatlardan ko’pchiligi bugungi kunda ushbu kutubxonadan joy olgan va bizning asosiy vazifalarimizdan biri xalqimizning boy tarixidan guvoh beruvchi ushbu manbalarni respublikamizga qaytarish va ularni tarixiy, ilmiy jihatdan o’rganib chiqish lozim.
Chor Rossiyasi Turkiston o’lkasini bosib olgach, Turkiston general – gubernatorligi tomonidan o’lkada Markaziy arxivni tashkil qilish uchun harakat qilib ko’rildi, ammo bu harakat samarasiz chiqdi. 1917 yilgi oktyabr to’ntarishigacha hujjatlar har bir idora va tashkilotning o’zida saqlanib qoldi. Bunday sharoitda arxivlar tarqoq holda bo’lib, ulardan foydalanish darajasi past edi, hujjatlar bir joyda yig’ilmagan, markazlashtirilmagan edi. Shu davrga kelib ayrims tarixchilar tomonidan o’lkaning o’tmishi, uning tarixiga oid hujjatli materiallar tayyorlash kuzatiladi. Mazkur murakkab masala chor Rossiyasi hukumati davridagi mualliflarning asarlari va maqolalarida muayyan darajada o’z ifodasini topgan. K.K.Abaza, M.M.Terentev, M.I.Venyukov, A. Shepelov va boshqalarning ishlari shular jumlasidandir. Bular asosan rus generallari, zobitlari va umuman rasmiy shaxslar tomonidan yozilib, asosiy maqsad “Rus soldati” va “Rus quroli”ning shon-shuhratini olamga namoyish etishdan iborat bo’ldi. Ularda qimmatli ma’lumotlar umumlashtirilgan bo’lib, foydadan xoli emas, albatta. Biroq bu material va hujjatlarda yirik kamchilik va xatoliklar mavjud edi.
Ular mustamlakachilik siyosati ruhi bilan sug’orilgan bo’lib, harbiy yurishlar go’yo tub xalqni “yovvoyilik”dan, ya’ni “o’rta asr qoloqligi”dan qutqazib, taraqqiyot sari chorlashga sharoit yaratar emish. Ular Rossiya uchun ham, o’lka uchun ham “tarixiy zaruriyat” emish. Shuningdek o’sha materiallarda Rus davlatida Turkiston mintaqasida o’zaro urushlarni tugatib, tinchlikni, karvon yo’llarini xavfsizligini, savdo aloqalarining samaradorligini ta’minlovchi kuch sifatida gavdalantirildi. Vaholanki, uning bunday qilishidan asosiy rejasi o’lkaning moddiy va ma’naviy boyliklarining egasi bo’lishga qaratilgan edi. Ushbu hujjatlar mualliflari o’zlarining ishlarida rus soldatlarining jasorati, qahramonliklari va o’z vataniga, “imperator oliylari”ga o’ta sodiqligini namoyish etishga harakat qildilar. Ammo ular o’zbeklarni va boshqa tub xalqlarning qahramonona janglarini batafsil yoritishni ongli ravishda lozim topmadilar. Sharhlanayotgan ishlarda mahalliy manbalardagi ma’lumotlar o’z ifodasini topmadi. Ayni paytda vatan himoyachilariga qarshi qo’llanilgan vahshiyona jazolar, talon-tarojlar va vayronagarchiliklar ko’rsatilmadi.
Umuman, chor Rossiyasi bosqini davrida tayyorlangan va vujudga kelgan hujjat va materiallarda Rus davlatining ulug’ millatchilik va mustamlakachilik siyosati nuqtai nazaridan yozilib, tarixiy voqealarning chinakam manzarasi yaratilmadi. Shu erda alohida udirib o’tish kerakki, hujjatlarda o’lkaning urshib olinganligi ochiqdan-ochiq tan olindi. Sovet davrining 20-30 yillarida ham Rossiya tomonidan Turkistonning urshib olinishi va uning mustamlakachilik siyosatiga bag’ishlangan qator ishlar nashr etilganligi ma’lum. Ularning aksariyatini maqolalar shaklidagi hujjatlar tashkil etadi. Alohida yirik hujjatlar, asrlar esa, yozilmadi. Ma’lumki, tarix birinchi navbatda, ozodlik uchun olib borilgan kurashlar xalqning siyosiy ongi va faoliyatini o’yg’otib, Vatanga muhabbatini alangalatishi hech kimga sir emas. Bu xususida Evropa donishmandlaridan biri Avgustin “G’aflatda yotgan xalqni uyg’otish uchun uning tarixini targ’ibot qilish kerak”, deb bejiz aytmagan.
Imperiyani boshqargan kuchlar buni yaxshi anglagan holda Turkiston xalqlarining boy o’tmish tarixini atroflicha o’rganishga, xolis tadqiq etib, targ’ibot-tashviqot qilishga yo’l qo’ymadilar. Ular ayniqsa rus bosqiniga qarshi olib borilgan kurashlar ahamiyatini kamsitishga yoki xaspo’shlashga qattiq urindilar. Bu hol ayniqsa, XX asrning 50-yillarida yaqqol ko’zga tashlandi. Turkiston o’lkasining “urshib olinishi” iborasi o’rniga “qo’shib olinishi” degan so’zlar keng ishlatila boshlandi. Ularda go’yo Rossiya tufayli Turkistonda tinchlik o’rnatilgan va o’lkada ijobiy o’zgarishlar yuz bergani, aks holda qattiq inqiroz va qoloqlik sodir bo’lishi haqida jar solindi. Shu tariqa, rus davlatining ayovsiz mustamlakachilik siyosati va milliy zulmini emas, balki “ijobiy o’zgarishlar va yutuqlar”ni targ’ib etish asosiy vazifaga aylantirildi. Bunday qarashlarni o’z ichiga olgan hujjatlar va materiallar O’zbekiston tarixiga bag’ishlangan barcha katta-kichik ishlarda ko’zga tashlandi. 1965 yili Moskvada N.A.Xalfinning “Prisoedinenie Sredney Azii k Rossii (60-80 godo’ XIX v.)” kitobi chop etildi. Mazkur kitobda o’lkani bosib olish jarayoni va nihoyasiga etkazilishi ko’rsatilishi bilan bir qatorda uning mustamlakachilik xususiyatiga egaligi bayon etilgan bo’lsada, lekin mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi janglari ko’rsatilmadi. Muallif bu hujjatlarda garchand o’lkaning bosib olinganligini inkor etmasada, lekin uning “ob’ektiv ijobiy oqibatlari”ni hisobga olgan holda ta’riflashga da’vat etadi. U XX asrning 20-30 yillaridagi tarixchilarning chor hukumatining bosqinchilik va mustamlakachilik siyosatini o’rganish bilan chegaralanib, “qo’shib olinishi”ning, ya’ni urshib olinishining ijobiy oqibatlarini yoritishga deyarli ahamiyat bermaganliklarini tanqid qiladi. Vaholanki, “ob’ektiv o’zgarishlar” mustamlakachilik siyosatining mahsuli hisoblanib, ulardan mahalliy aholi emas, balki Rus davlati va rossiyaliklar bahramand bo’lgan edilar. Mazlum xalq esa, yo’qchilik va qashshoqlikda kun kechirgan edilar.
Bu hujjatlarda keltirilgan bosqinchilik, zo’ravonlik, minglab kishilarning yostig’ini quritish, talon-taroj va vayronagarchiliklar hisobiga sodir bo’lgan “ob’ektiv o’zgarishlar” ning boridan yo’g’i ming bor afzal edi. O’lkaning urshib olinishining tom ma’nodagi oqibatlari shundan iborat bo’ldiki, mustaqillik va ozodlik barbod qilinib, mustamlakachilik tizimi va milliy zulm o’rnatildi, xolos. Shuni unutmaslik kerakki, faqat mustaqil milliy davlat doirasidagina chinakkam taraqqiyotga erishish mumkin. N.A.Xalfin materiallarida agar Turkiston Rossiyaga “qo’shib olinmaganda” ya’ni urushib olinmaganda mahalliy xalqlar “oktyabr inqilobi” va “sotsializm tizimi”dan chetda qolib “o’rta asr qoloqligi” girdobida yashardi degan fikri ham noto’g’ridir. Aksincha, tub aholi “oktyabr inqilobi”ning mevalaridan-misli ko’rilmagan dahshatli fojealarni boshdan kechirganligining guvohimiz. Shuning uchun “ob’ektiv o’zgarish”larni ro’kach qilib urushib olinishini “oqlash”ga harakat qilish tarixni soxtalashtirishdan boshqa hech narsa emas.
Ba’zi yasama hujjatlar asosida N.A.Xalfin, Turkistonni faqat qurol kuchi yordamida bosib olindi degan fikrga qarshi chiqib, “ixiyoriy” ravishda itoat etish istagini bildirgan joylarni mamnuniyat bilan tilga oladi. Aslida esa, ayrim joylarda “ixtiyoriy bo’ysinish” haqidagi so’rovlar xalqning emas, balki bir guruh vatan xoinlari tomonidan tashkil etilgan tashabbus edi xolos. Shu bois bu hujjatlarni o’rganayotganda, ularni xalqning hoxish-irodasi sifatida talqin qilish haqiqatdan uzoqdir. Xullas, N.A.Xalfinning bu hujjatlarida bergan fikr-mulohazalaridan Rus davlatining harbiy yurishlari va hukmronligi o’lka uchun go’yo “tarixiy zaruriyat” bo’lib chiqadi. Bunday uydirma gapga mutlaqo qo’shilib bo’lmasligiga shak-shubha yo’q. Xalqimizning boshidan kechirgan bunday dahshatli qiyinchiliklarini aslida qanday bo’lsa shundayligicha ochib berish tarixchilarimizning birinchi galdagi vazifasidir.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin