3.2. Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining faoliyati
Mahalliy arxiv tashkilotlari Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ning 1921 yil 25 yanvardagi «Viloyat arxiv fondlari to’g’risida»gi qaroriga asosan qonuniy jihatdan rasmiylashdi. Bu qarorga ko’ra viloyat hududidagi barcha idoralarning ish yuritish hujjatlari viloyat davlat arxivi fondining tarkibiy qismi hisoblanadi, deb ko’rsatilgan.
Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarini qidirib topish va yig’ish edi. 1920-1921 yillari 500 dan ortiq fondlar hisobga olindi. 1921 yil oxirigacha davlat arxiv fondlariga 157 ta harbiy va fuqaro tashkilotlaridan 305 mingdan ortiq yig’majildlarni topshirdilar. 1922 yili 83 ta tashkilot tomonidan 200 mingga yaqin yig’majild topshirildi.
Turkiston Respublikasi XKSning 1921 yil 25 yanvardagi qaroriga binoan arxivlarda qo’lyozma hujjatlargina emas, balki nashr qilingan materiallar va foto hujjatlar ham yig’ila boshlandi (varaqalar, xitobnomalar, tarixiy kitoblar va risolalar). Arxiv hujjatlarini saqlash choralari ko’rildi. Hukumatning 1921 yil 23 iyundagi buyrug’i bilan hujjatlarni yo’q qilish man qilindi.
Arxiv tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish bilan birga ularni tartibga keltirish ishlari hamda arxiv hujjatlaridan foydalanishni tashkil qilish, ularni bayon qilish bilan shug’ullandilar. Arxiv hujjatlari ro’yxatini tuzishdan oldin bu hujjatlar kerak va keraksizlarga ajratilib, ilmiy, amaliy ahamiyati borlarini doimiy saqlash, bunday qimmatga ega bo’lmaganlarini yo’q qilish belgilandi, ya’ni arxiv materiallarining o’ziga xos ekspertizasi o’tkazildi. Bu masala bo’yicha Turkiston Respublikasi XKSning 1923 yil 25 yanvardagi «Arxiv hujjatlarini saqlash va yo’q qilish to’g’risida»gi qarorida yo’l-yo’riqlar, ko’rsatmalar berildi.
Ushbu qarorda arxiv hujjatlarini yo’q qilishning quyidagi tartibi o’rnatilgan edi: Arxiv hujjatlari tarkibidan yo’q qilinadigan hujjatlarni ajratish uchun ajratish komissiyalari tuzilib, ularga Arxiv boshqarmasi va arxivi tekshirilayotgan idora vakillari kiritilishi belgilangan. Bu komissiya qarorini Arxiv ishi Markaziy boshqarmasi huzuridagi tekshirish komissiyasi ko’rib chiqib, o’z xulosasini boshqarma boshlig’i tasdig’iga havola qilardi. Shunday qilib, tashkilotlar hujjatlarini yo’q qilish huquqi arxiv idorasiga - Arxiv ishi Bosh boshqarmasiga topshirildi. Davlat tashkilotlari uning ruxsatisiz arxiv hujjatlarini yo’q qilish huquqiga ega emas edi. Arxiv xodimlari hujjatlarni yo’q qilishga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishardi.
YaDAF tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratilgan hujjatlar tartibga solindi va ro’yxatlashtirildi. 1920-1922 yillarda YaDAFda 150 mingga yaqin hujjatlar ro’yxatga olingan. 1924 yilga kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solingan edi.
Arxiv hujjatlarini tartibga solish ulardan ilmiy va amaliy maqsadda foydalanish imkonini berdi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy ishlarni tayyorlashdi. Masalan, A.A. Galperin «1918 yil martda Kolesovning Buxoroga yurishi» asarini yozgan edi.
Arxiv tashkilotlari arxiv hujjatlari ko’rgazmalarini tashkil qiladi, idoralarga ma’lumotnomalar beradi, hujjatlardan qiroatxonalar orqali foydalanishni tashkil qiladi.
1920-1924 yillarda metodik qo’llanmalar ham yozildi. Masalan, arxiv fondlarini bayon qilish, tashkilotlarda joriy arxivlar ishlarini olib borish tartibi, joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga olish, hujjatlarni ajratish va yo’q qilish to’g’risida yo’riqnomalar tuzildi. Turkiston Respublikasi arxivlarining bu ishlari arxiv nazariyasi va amaliyotiga muhim va salmoqli hissa bo’lib qo’shildi.
Shunday qilib, oktyabr to’ntarishidan keyingi dastlabki yillarda Turkiston arxivchilari respublikada markazlashgan arxivni tashkil qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv hujjatlarini tashish uchun transport va mablag’ bo’lmagan hollarda ularni arxivchilarning o’zlari tashidilar, saqlab qolish uchun qo’ldan kelgan barcha choralarni ko’rdilar. O’sha yillar eng og’ir yillar edi. Maoshlar yarim yillab berilmas edi, lekin arxivchilar isitilmaydigan sovuq xonalarda, och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom ettirdilar.
Turkiston Respublikasining arxiv xodimlari oktyabr to’ntarishidan oldingi tashkilotlarning, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi tashkilotlarining arxivlarini saqlab qolish uchun katta ishlarni bajardilar. Yuqorida ta’kidlanganidek, Turkiston Respublikasining yagona davlat arxiv fondi tashkil qilinib, arxiv hujjatlarini yig’ishdan tashqari ularni tartibga solish, bayon qilish, ulardan foydalanishni yo’lga qo’yish bo’yicha ham ko’pgina ishlar amalga oshirildi.
Mahalliy arxiv tashkilotlari tomonidan Turkiston Respublikasi XKSning 1921 yil 25 yanvardagi qaroridan so’ng, barcha nashr qilingan materiallar, fotohujjatlar ham yig’ila boshlandi.
Arxiv hujjatlarini saqlash choralari ko’rildi. Hukumatning 1921 yil 25 iyundagi buyrug’i bilan hujjatlarni yo’q qilish man qilindi. Arxiv tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish bilan birga ularni tartibga keltirish ishlari hamda arxiv hujjatlaridan foydalanib, ularni bayon qilish bilan shug’ullandi. Arxiv hujjatlarini ro’yxatini tuzishda bu hujjatlar kerak va keraksizga ajratilib, ilmiy, amaliy ahamiyati borlarini doimiy saqlash, bunday qimmatga ega bo’lmaganlarini yo’q qilish belgilandi. Ya’ni arxiv materiallarining o’ziga xos ekspertizasi o’tkazildi. Bu borada Turkiston Respublikasi XKSning 1923 yil 25 yanvardagi «Arxiv hujjatlarini saqlash va yo’q qilish to’g’risida» gi qarorida yo’l yo’riqlar ko’rsatmalar berildi. Qarorda arxiv hujjatlarini yo’q qilishning quyidagi tartibi o’rnatilgan edi: arxiv hujjatlari tarkibidan yo’q qilinadigan hujjatlarni ajratish uchun ajratish komissiyasi tuzilib, ularga arxiv boshqarmasi va arxivi tekshirilayotgan idora vakillari kiritiladi. Bu komissiya qarorini arxiv ishlari Markaziy Boshqarmasi huzuridagi tekshirish komissiyasi ko’rib chiqib, o’z xulosasini boshqarma boshlig’i tasdig’iga havola qiladi. Shu tartibda tashkilotlar hujjatlarini yo’q qilish huquqi arxiv idorasiga, arxiv ishlari bosh boshqarmasiga topshirildi. Davlat tashkilotlari uning ruxsatisiz arxiv hujjatlarini yo’q qilish huquqiga ega emas edilar.
Arxiv xodimlari hujjatlarni «Viloyat arxiv jamg’armalari to’g’risida» gi qarorga asosan qonuniy jihatdan rasmiylashtirdilar. Bu qarorga ko’ra viloyat hududidagi barcha idoralarning hujjatlari viloyat davlat arxivi jamg’armasining tarkibiy qismi hisoblanadi deb ko’rsatildi.
Turkiston Respublikasi XKSning 1921 yil 25 yanvardagi qaroriga binoan arxivlarda e’lon qilingan qo’lyozma hujjatlarigina emas, yo’q qilish huquqiga, yo’q qilishga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshishardi. Arxivlarda varaqalar, xitobnomalar kitoblar, risolalar va boshqa hujjatlar ham yig’ila boshlandi.
Respublika davlat arxivlarida hujjatli axborotlar bilan ta’minlash uchun O’zR Milliy arxiv fondi (MAF) tarkibi va mazmuni to’g’risida ilmiy ma’lumot apparati (IMA) barpo qilindi. Davlat arxivlarining IMA tarkibiga quyidagi ma’lumotnomalar kiradi: 1) arxiv ro’yxati (opisi); 2) arxiv bo’yicha ko’rsatgich (putevoditel); 3) viloyat arxivi bo’yicha qisqacha ma’lumotnoma: 4) fondlar katalogi; 5) tizimli, ismli, mavzuli kataloglar; 6) fondlar va mavzular bo’yicha sharhlar. Viloyat davlat arxivlari filiallarida fondlar katalogi va ro’yxatlar, viloyat davlat arxivlarida bulardan tashqari arxiv fondlari bo’yicha kisqacha ma’lumotnoma va tizimli katalog. Markaziy davlat arxivlarida IMAning barcha turlari albatta bo’lishi kerak. Ayrim arxivlar doirasidagi IMAdan tashqari respublika va viloyat doirasida ham IMA bo’ladi. «O’zarxiv» agentligida respublika fondlar katalogi, Arxiv ishi hududiy boshqarmalarida fondlar katalogi bor. Bu barcha ma’lumotnomalar tarixchilar, tadqiqotchilar uchun ochiqdir. Ular tadqiqotchilarga O’zR MAF tarkibi va mazmuni haqida zarur bo’lgan ma’lumotlar beradi.
Mustaqil O’zbekiston sharoitida arxiv tashkilotlari IMAni takomillashtirish bo’yicha kompleks dasturni amalga oshirdilar. «1989-1995 yillarda DAF hujjatlarining davlat hisobi va IMAni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi arxiv muassasalarining tashkiliy-metodik rejasi»ni bajara borib, arxiv tashkilotlari arxiv hujjatlari IMAni takomillashtirishda ma’lum darajada yutuqlarga erishdi.
1989-1995 yillarda 404368 yig’majildlardan iborat arxiv ro’yxatlari takomillashtirildi va qayta ishlandi. Ularni takomillashtirish jarayonida yig’majildlar sarlavhalari tahrir qilindi, ro’yxatlarga mundarija, kirish so’zi va ko’rsatgichlar tuzildi. 152 ming boshqaruv hujjatlari yig’majildlari, 6 ming ilmiy-texnik hujjatlar yig’majildlari, 227 kinohujjatlar saqlov birligi, 49 ming fotohujjatlar va 4,1 ming fonohujjatlar saqlov birligi kataloglashtirildi. Mavzular bo’yicha kataloglar uchun 375 ming kartochka tuzildi va kataloglarga qo’shildi. Davlat arxivlari fondlar tarkibi va mazmuni xaqida 5 ta ma’lumotnoma chop etdilar, jumladan O’zbekiston Respublikasi kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivining ko’rsatgichi, O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi ko’rsatgichi. Mustaqillik tufayli respublikamiz, xalqimiz tarixiga qiziqish keskin ortdi. Shu munosabat bilan davlat arxivlarining xalqning arxiv hujjatlariga bo’lgan talabini qondirishga qaratilgan axborot faoliyatn ahamiyati o’smoqda.
Mustaqillik sharoitida O’zR MAF hujjatlaridan g’oyaviy, ijtimoiy-madaniy, o’quv-pedagogik, tarbiyaviy maqsadlarda, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy talablarini qondirish uchun foydalanish ancha faollashdi. Respublika, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tarixiga oid, ayrim tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati, jamiyat hayotida arxivlarning ahamiyati to’g’risida fotohujjatlar bilan bezatilgan va mazmunli maqolalar, hujjatlar to’plamlari e’lon qilindi