A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


Mavzu tanlash va ilmiy ish rejasini tuzish. Mavzu tanlash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə42/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Mavzu tanlash va ilmiy ish rejasini tuzish. Mavzu tanlash. Ilmiy tadqiqotga tayyorgarlik ishi, shuningdek hujjatlar to’plami chop etishga tayyorgarlik mavzu tanlashdan boshlanadi. Mavzuni tanlash uchun eng avvalo shu tanlanayotgan mavzuga doir masalalar xususida chuqur bilimga ega bo’lish kerak. Mavzu tanlash masalasi shu mavzuning dolzarbligi va qimmatliligiga, uning ilmiy, siyosiy va amaliy ahamiyatiga qarab hal etilishi kerak. O’zbekistonning o’rta asrlar tarixi, shuningdek, O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilik davri tarixi, milliy ozodlik, jadidchilik harakatlari, sovet davri, shuningdek, Turkiston, Xorazm, Buxoro va O’zbekiston Respublikasi tarixi bilan bog’liq mavzular, yana shuningdek, istiqlolchilik harakati, kollektivlashtirish muammolari shunday mavzular sirasiga kiradi. Hujjatlar to’plami uchun mavzu tanlanayotganligini nazarda tutib, shu mavzu bo’yicha qo’lyozma hujjatlar arxivlarda qay darajada saqlanayotganligini, ya’ni bor yoki yo’qligini, ko’p-ozligini ham hisobga olish lozim. Tanlangan mavzu bo’yicha manbalar etarli bo’lsagina bu mavzu davlat arxivi tomonidan tasdiqlanadi va ish boshlanadi.
Mavzu yangiligi, shu mavzuga oid ilmiy adabiyotlarda u qanday ishlab chiqilganligi ishning ahamiyatini belgilashda muhim o’rin tutadi. Tanlangan mavzu yangi va fanda hali kam tadqiq qilingan bo’lishi zarur. Tarixiy adabiyotlarda etarlicha, to’la yoritib berilgan mavzuni qayta ishlashning foydasi yo’q. Shuning uchun hali o’rganilishi ahamiyatli bo’lgan, yangilik elementlari bor mavzularni tanlashga harakat qilish kerak. Buning uchun mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishib chiqish talab etiladi.
Mavzuni tanlashda yana shu narsa muhimki, tadqiqotchi, tarixchi, arxivchi O’zbekiston tarixi bilan shug’ullanadigan ilmiy-tadqiqot institutlarining bu sohadagi istiqbolli rejalarini hisobga olgan holda ish boshlasa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Shunday qilib, ilmiy ishning mavzui tarix fanining vazifalaridan kelib chiqqan holda tanlanishi zarur.
Mavzuni aniq ifodalash juda muhim ahamiyat kasb etadi. U aniq ifodalangan bo’lishi lozim. Shundagina olib borilgan tadqiqot muvaffaqiyatli chiqishi mumkin.
Mavzu nomida masala, muammodan tashqari hududiy va davriylik doiralar ham ko’rsatilishi zarur. Agar hududiy doiralar tor bo’lsa, u holda davriylik doiralarni kengaytirish va aksincha, agar davriylik doiralar tor bo’lsa, hududiy doiralarni kengaytirish kerak. Tadqiq qilinishi ko’zda tutilayotgan mavzuning rejasi ham chuqur o’ylanib tuzilishi lozim, toki boblar va paragraflar mavzu mazmunini to’la ochib bersin.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin