A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə51/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Geografik ko’rsatkichbiror hududni, joyning jo’g’rofiy nomini o’z ichiga olgan predmet ko’rsatkichining bir turi.
Davlat arxivi – hujjatlarni jamlash, hisobini olib borish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ( ayrim toifadagi davlat arxivlari uchun)ishlari olib boruvchi muassasa.
Davlat arxivi xizmati – arxiv ishi boshqaruvi organlari va uning qaramog’idagi davlat arxivlari hamda ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining bosqichli qurilgan va vazifasiga ko’ra cheklangan tizimi.
Davlat arxivi kataloglari tizimi – maqsadi, vazifasi va tuzilmasiga ko’ra turlicha bo’lgan arxiv kataloglarining o’zaro bog’langan va bir-birini to’ldiradigan yig’indisi.
Dezinfektsiyalash xonasi (Dezkamera) – mikroorganizmlar ( bakteriyalar, mog’or ) yoki hashorotlar tomonidan shikastlangan materiallarni zararsizlantirish uchun mo’ljallangan kamera.
Doimiy saqlanadigan hujjatlar – saqlanish muddati cheklanmagan hujjatlar.
Doimiy tarkibdagi hujjatlar saqlanadigan arxiv – o’z ixtisosligiga to’g’ri keladigan hujjatlarning doimiy saqlanishi amalga oshiradigan davlat arxivi yoki hujjatlarni doimiy saqlash huquqi berilgan idora arxivi.
Idoraviy arxiv – tegishli davlat arxiviga doimiy o’tkazilgunga qadar hujjatlar saqlab turiladigan ( hujjatlar tarkibi o’zgarib turadigan idoraviy arxiv) yoki hujjatlarni davlat yo’li bilan doimiy saqlanishini amalga oshiradigan arxiv ( hujjatlar tarkibi doimiy bo’lgan idoraviy arxiv).
Ilmiy- texnikaviy hujjatlar turkumi majmui – alohida inshootni loyihalash, birorta buyumning konstruktsiyasini ishlash, inshoot ( loyiha) ning tayyorlov yoki qurilish texnologiyasini ishlab chiqish, ilmiy-texnikaviy hujjatlar turkumi ( hisob va tasniflash birligi hisoblanadi) yig’indisi, to’plami.
Yig’majild – 1) tashkilotning bir masala yoki faoliyatning biror tomoniga oid va jamlanib, alohida jildga solingan yoki muqovalangan hujjatlar to’plami; 2) yozma hujjatlarning saqlov birligi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin