Oila tizimlari va boshqa institutlar Oilani o'rganadigan sotsiologlar boshqa institutlar va oila tizimlari bir-biriga qanday ta'sir qilishini ham ko'rishadi. Dinning oilaga ta'siri ko'pincha e'tiborga loyiqdir va oilaning dinga ta'siri bir xil darajada tushunarli bo'lishi mumkin. Hatto dinsiz va agnostik oilalarda ko'pincha ba'zi diniy marosimlar mavjud. Xuddi shunday, sotsiologlar oilaning ish, siyosat, ommaviy axborot vositalari va oilaning ularning har biriga ta'siri qanday bo'lishiga qiziqishmoqda.
Faoliyat yo'nalishlari haqida umumiy ma'lumot Quyida oila sotsiologiyasini o'rganishda mavjud bo'lgan texnik mavzular haqida qisqacha ma'lumot berilgan. Ushbu tushunchalarning har birini tushunish oila sotsiologiyasini tushunishga imkon beradi.
Demografiya Oilalarning demografik tuzilishiga va ularning vaqt yoki joylashuvga qarab o'zgarishiga e'tibor oilaning sotsiologiyasida asosiy muhokama mavzusi hisoblanadi. Masalan, 2019 yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, mingyillik kattalar boshqa avlodlarga qaraganda ota-onalari bilan kichik shaharlarda uyda yashashlari, shuningdek, ularning oilalarida irqiy xilma-xillikni ko'paytirish uchun javobgardirlar.
Ijtimoiy sinf Ijtimoiy sinf oilaga qanday ta'sir qiladi va oilaning o'zi qanday qilib individual ijtimoiy harakatchanlikka yoki jamiyat tizimlari orqali harakatlanishiga yordam berishi yoki to'sqinlik qilishi sotsiologiyaning munozarali mavzularidan biridir. Nafaqat oilada, balki kambag'al va badavlat oilalar o'rtasidagi tafovutlar juda informatsiondir.
Ijtimoiy dinamika Oila sotsiologiyasini o'rganayotganda, oilaviy ijtimoiy dinamikani o'rganish va sodir bo'ladigan turli o'zaro ta'sirlarga e'tibor berish kerak. Bunga uzoq vaqt davomida katta qismdagi oila a'zolarining nisbiy rollari va tartiblarini ko'rib chiqish kiradi.
Oila sotsiologiyasini o'rganishda boshqa mavzularga quyidagilar kiradi:
Ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar oilalarga qanday ta'sir qiladi.
Oilalar va uy xo'jaliklarining xilma-xilligi.
Oilaviy e'tiqod va printsiplar tanlov va xatti-harakatlarga qanday ta'sir qiladi.
Sotsial institut haqida ma’lumot
* Sotsial institut - (institut – lotincha Institutum - qurilma) – g’arb sosiologiyasida, ayniqsa strukturaviy funksionalizmda ko’p ishlatiladigan tushuncha. Sosial institut inson faoliyatini boshqaruvchi va sosial tizim yasovchi rollar va statuslar tizimini yaratuvchi turli rasmiy va norasimiy qoidalar, tamoyillar, me’yorlar, qurilmalarning qattiy majmuini anglatadi. Sosial institut sosial guruh sosial tashkilotlardan farq qilmaydi.
Sotsial institut turlari
OILA
MAKTAB
IQTISOD
DIN
HUQUQ
Sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari mavjud:
1. Oila - jamiyatning muhim institutlaridan biri.
2. Ijtimoiy-madaniy institutlar.
O.Kont o’z sotsiologik nazariyalarida oilani jamiyatning birlamchi asosi sifatida qarab chiqadi va uning kelib chiqishini insoniy munosabatlardagi tabiiy holat deb izohlaydi.
O. Kontning fikricha: oilada ijtimoiy munosabatlarning barcha ko’rinishlari o’z aksini topadi, ya’ni notenglik (avlodlar va jinslar o’rtasida), tobelik (oila a’zolari o’rtasidagi, oila boshlig’i, kattalar) va hokazo.
Shunga ko’ra oila bir kichik davlat bo’lib, u davlatning shakllanish asosi, uning modeli, oila sotsial funktsiyalari esa - jamiyat funktsiyalarini aks ettiradi.
Hozirgi zamon oilalarning tarbiya jabhalaridagi umumiy va xususiy tomonlarini, vazifalarini bilish nihoyatda ahamiyatlidir. Chunki bir bolalarning bog‘cha va maktabda olayetgan bilimlarini, aqliy qiziqishlarini hisobga olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi samaradorligini ta’minlashimiz mumkin. Biz tarbiyaviy vazifalarimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalar kamolotiga yakka holda yendashish, aqliy, axloqiy, mehnat tarbiya ehtiyejini shakllantirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakasi, maishiy mehnat, ietimoiy mehnatga ma’naviy-ruhiy tayyerlash kabi mezon va qoidalarni hisobga olib ish tutishimiz ijobiy maqsadga muvofiqdir. Bunisiz tarbiya jarayenini ijobiy hal qila olmaymiz.
Oiladagi tarbiyaviy jabhalarning saviyasi uning tuzilishiga, ko‘p bolalik yeki kam bolalik, ikki yeki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onaning mavjudligi yeki ulardan birortasining yo‘qligi, har ikki jinsdagi (o‘g‘il-qiz) bolalarining borligiga, ota-onalarning ma’lumot saviyasiga, oila a’zolarining ijtimoiy ahvoliga, bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘z burchlarini his etishlari, er va xotinning tarbiyaviy jabhalarga munosabati kabi ijtimoiy omillarga bog‘liq. Shuningdek, oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniңlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini aniqlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini va milliy an’analardan foydalanish darajasini hisobga olish lozim.
Bolalar tarbiyasi oilaning insonni buned etuvchi tabiiy va ijtimoiy moxiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shu ma’noda tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday bir jarayenki, u tarbiyalanuvchining biologik, ijtimoiy ehtiyej turlarini, o‘zining qadri, qiziqish va g‘oyalarini jamiyat talablariga bo‘ysundirishda namoyet bo‘ladi.
Bola oilada, maktabda, ota-onalar bilan munosabatda, jamoat joylarida, katta yeshdagilar, o‘rtoqlari bilan muloqotda tajriba orttirib boradi.
Oilalarda bolalarga tarbiya berishda ota-onaning namunasi, ularning mehnatsevarligi, oilaviy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi, o‘g‘il bolalarga nisbatan otaning, qizlarga esa onaning ustozlik, rahnamolik ishlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu fikrlar oilalarda o‘tkazilgan anketa ma’lumotlari yerdamida aniqlandi.
Anketa mazmunida quyidagi savollar bor edi.
1. Familiyangiz, ismingiz, otangizni ismi, tug‘ilgan yilingiz, ma’lumotingiz, kasbingiz va adresingiz.
2. Oilangizda necha farzandingiz bor.
3. Sizning sevgan mashg‘ulotingiz.
4. Bolangiz sevgan mashg‘ulotlarni sanab bering.
5. Oilangizda farzandlaringiz mashg‘uloti uchun qanday sharoitlar mavjud. Maxsus xona, stol, stul, kitob shkaflari, radio va boshqalar.
6. Bolangizni tarbiyalashda qiynalyapsizmi. Ha yeki yo‘q.
7. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti. (Tarbiyaga oid bilimlarning yetishmasligi, ota-onalarning bemaslahat ish olib borishi, bolalarni ish bilan band etmaslik, yeshiga, qiziqishlariga qarab muomala qilmaslik, xo‘jalik ishlarining bajarilishida ishtirok etmasligi va hokazo).
8. Siz tarbiya ishida uslublar zarur deb hisoblaysizmi. Ha yeki yo‘q. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug‘ullanasiz.
9. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko‘proq shug‘ullanadi, bobosi, buvisi, onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar.
10. Siz ko‘proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha olmaysiz.
11. Siz va bolalaringizning kelajak haqidagi qarashlarida qarama-qarshilik mavjudmi. Fikrlaringiz to‘g‘ri keladimi. Ha yeki yo‘q.
12. Bolangiz nima sababdan u yeki bu noo‘rin xatolarga yo‘l qo‘yishi hollariga e’tibor berasizmi. Ha yeki yo‘q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi. Sababini hisobga olasizmi.
13. Oilangizda o‘z-aro munosabatni qanday baholaysiz.
14. Qizingiz yeki o‘g‘lingiz haqida kimlardan ko‘proq ma’lumot olib turasiz. Kishilardan, jamoatchilikdan, o‘qituvchilardan yeki boshqalardan.
15. Tarbiyaga oid Adabiyotlarni, ro‘znoma va oynomalarni muntazam o‘qib borasizmi. Tarbiya ishlari haqidagi qanday gazeta va jurnallarga obuna bo‘lgansiz.
16. Tarbiyaga oid oynai jahon ko‘rsatuvlarini tomosha qilasizmi. Eshittirishlarni muntazam eshitasizmi.
17. Oilangizda bolalaringizga ertak, maqol, topishmoqlar aytib berasizmi.
18. Shu o‘quv yilida necha marta va nima sababdan maktabda bo‘ldingiz.
19. Necha marta va qanday maqsad bilan sinf rahbarlari uyingizda bo‘ldi. Har oyda necha marta sinf rahbari siznikiga keladi.
20. Bolalarning o‘zlashtirishi va tarbiya sifatlarini yaxshilash uchun qanday maslahat berasiz.
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, kam bolali oilalarga nisbatan ko‘p bolali oilalarda tarbiya imkoniyatlari ko‘p va rang-barangdir.
Yoshlarni oilaviy hayotga, nikohga tayyorlashda, oila mustahkamligini ta’minlashda nikohlanuvchilarning ota-onalari saviyasiga, turmush tarziga, xarakter xususiyatlariga va nihoyat, kasb faoliyatlariga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Oila xo‘jaligida mehnat taqsimoti eng qadimiy va madaniy ijtimoiy bir holdir. Hozirgi kunda esa, shahar va qishloq oilalarida er va xotin o‘zaro mas’uliyatli ishlarni bo‘lishib olishning ko‘plab turlarini vujudga keltirishdi. Aniqroq qilib aytganda, barcha oilaviy ishlarni bajarishda teng huquqlilik yo‘nalishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, bu bolalar tarbiyasi vazifasining bajarilishida ko‘proq namoyen bo‘lmoqda.
Bitta yoki kam bolali oilalarda bola tarbiyasi Tug‘ilish axloqning rivojlanishi, o‘sish ko‘rsatkichidir. Biroq keyingi o‘n yilliklar ichida ko‘p bolali oilalarning keskin kamayishi hisobiga bitta, ikkita bola bilan cheklanish, oilada tug‘ilishning pasayishiga olib keldi.
Bola tarbiyasiga ko‘p vaqt sarf qilinadi. Lekin oilada tug‘ilgan yakka farzand kattalarning jonli o‘yinchog‘i, seviklisi, kattalarning diqqat markazi, quvonchi va erkatoyi sifatida voyaga yetadi. Uning biron narsadan noroziligi va yig‘isi ota-ona dunesini qorong‘ilashtiradi. O‘zlari yemay-ichmay, yakka farzandlarini oq tarab, kiyintirib, hatto turli-tuman sovg‘alar uyushtiradilar. Bu bilan bolasining kelgusi taraqqiyetini buzayetganliklarini o‘yoashni ham yeqtirmaydilar.
Bolaning to‘g‘ri o‘sishi, odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, ularning qayg‘ulariga hamdardlik ko‘rsatish hissi tarkib topishi uchun oilada hech bo‘lmaganda o‘ziga o‘xshash yana bir kishi ( qizmi, o‘g‘ilmi) bo‘lishi zarurdir. Oilada kamida ikkita farzandning bo‘lishi faqat ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yaxshilabgina qolmasdan, balki jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyejlariga ham mos keladi.
Ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan bolasizlik yeki kam bolalik oila mustahkamligini ta’minlamaydi. Mamlakatimizdagi oilaviy ajralishlarning aksariyati yeki bolasi yo‘q, yeki kam bolali oilalarga to‘g‘ri kelmoqda. Yuqorida ta’kidlaganimizdek ota-ona yakka farzandning tarbiyasiga nihoyatda ko‘p vaqt ajratadi, lekin ko‘p hollarda salbiy natija ko‘rishadi. Oilada yakka farzand tarbiyasidagi kamchilik natijalari bola o‘smirlik yeshiga yetganida birdan yuzaga chiqadi, va, nihoyat, bu kamchilik o‘smir o‘sib, ulg‘ayib, o‘zi oila qurganda yanada yaqqolroq namoyen bo‘ladi.
Oila tarbiyasida sharoit, ya’ni ularning qishloq yeki shaharda yashashlari ham bolalar tarbiyasiga u yeki bu darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Odatda, qishloq sharoitida yashovchi oila farzandlari yeshligidan boshlab kuchi yetadigan ishlarga jalb etiladi, ya’ni ular uy yumushlarini bajarish, uy hayvonlarini parvarishlash, ularga yem, suv berish, ota-onalariga dalalardagi hosilni, poliz ekinlari, mevalarini yig‘ib-terib olishlarida yaqindan yerdam berishadi. Qizlar esa uy yumushlarini, ya’ni tozalash, ovqat pishirish, xamir qorish, nrn yepish va hokazo mashgulotlarni jon-dilidan bajaradilar. Shahar oilalaridagi sharoit ulardan tubdan farq qiladi. Ozchilik bo‘lsa-da shahar oilalarining bolalari maktabning turli jonli burchaklarida, tajriba ishlarida, daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok etishadi. Lekin bu ishlarni ota-onalarining ishtirokisiz, har zamonda bajaradilar. Natijada bekorchilik kuchayadi yeki sport maydonchalaridan beri kelishmaydi, shahar bo‘ylab sang‘ib yurishadi.
Ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi Ziyoli va xizmatchilar oilasining qishloqda yoki shaharda yashashlariga qarab bolalariga beriladigan tarbiyada ham birmuncha farqlar mavjud. Shaharlarda yashovchi ko‘p bolali ziyoli yeki xizmatchi oilalaridan farqli o‘laroq qishloqlardagi shu toifadagi oilalarda bolalar siyosiy, madaniy-oqartuv ishlaridan tashqari ota-onalari ham, bolalar ham xo‘jalik dalalarida, bog‘ va polizda mehnat qiladilar. Qo‘lidan ish keladigan barcha yeshlar ota- onalari yenida muntazam mexnat qilish bilan band bo‘ladilar, jismoniy mehnatga nisbatan tayyer bo‘lib voyaga yetadilar.
Tarbiyaning samaradorligi oiladagi bolalar mehnati, ularning uy xo‘jaligidagi faol ishtiroki, shuningdek, oilaviy turmush sharoitlari bilan belgilanadi. Qishloq oilalaridagi tarbiya o‘zining strukturasi va mazmuniga ko‘ra ishchi, xizmatchi va ziyoli oilalardan tubdan farq qiladi. Ayrim holatlarni hisobga olmaganda qishloq oilalari bolalari yilning deyarli barcha fasllarida ham mehnat faoliyatiga tortilgan bo‘ladi.
Ko‘p bolali dehqon oilalaridagi tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, bunday oila bolalar jamoasining markazi, asosiy tarbiya vositasi esa ota-onaning namunasi, ularning xulqi, odobi, bir-birlariga bo‘lgan iliq muomalalari, oiladagi, ishlab chiqarishdagi aktiv jismoniy mehnatlaridir.
Bolalar nutqi shakllanishi, rivojlanishi asosida ularni kattalarga hurmat, do‘stlik, insoniylik, halollik kabi odob qoidalariga o‘rgatib boriladi. Shu asosda oilada kundalik ish davomida bolalarda xulq-atvor mezonlarini qaror toptirib boradi. Xuddi ana shu xulqiy mezonlar asosida keyinchalik axloqning murakkab shakllari – jamoatchilik, vatanparvarlik, hayetning ijtimoiy-siyosiy tomonlariga qiziqishning dastlabki shakllanish jarayeni davom etadi. Oiladagi axloqiy tarbiya faqat xulqni tarbiyalash bilan cheklanmasdan, balki barkamol inson axloqini to‘g‘ri tasavvur qildiradi, uning tarkibi, ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Mana shu asosda oila a’zolarida inson xarakteri, hayet bosqichlari qaror topadi. Oilaviy hayetning o‘ziga xosligi ham mana shunda.
Hozirgi zamon ko‘p bolali oilalarda o‘sib kelayetgan yesh avlodni har tomonlama tarbiyalashning barcha vositalari, shakl va uslublaridan amalda unumli foydalanilmoqda.
Sotsiologik tadqiqotlar davomida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil etish tadqiqotlar jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichning maqsadi natijalarning ma’nosini tushuntirib berish, fikrlarni umumlashtirish va yagona nazariy tizimga keltirishdan iborat. Sotsiologik tadqiqotlarning natijalarini to‘g‘ri izohlab beruvchi qator ilmiy uslubiy echimlar tizimi mavjuddir, ammo har bir konkret holatda bu narsa bir butun kishilar jamoasi (sotsiologlar, respondentlar, ma’muriyat) ishtirokida amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va gipotezalarning hayotiyligi eng samarador vosita sifatida kishilarning ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.Shu sababli gipotezani sinash jarayonida tadqiqotchi ko‘proq real hodisalarga tayanishi, xilma-xil ma’lumotlarni birlashtirishi, empirik materiallardan o‘rganilayotgan ob’ektning zaruriy jihat va xossalarini ajratib berishga intilishi kerak. Sotsiologik tahlilning natijalari tizimlashgan va guruhlarga ajratilgan ko‘rinishda ilmiy hisobotda namoyon bo‘ladi. Hisobotning ilovasi sifatida jadvallar, grafiklar, so‘rovnomalar, blanklar, testlar va boshqalar keltiriladi.
Amaliy sotsiologik tadqiqotning asosiy maqsadi amaliyot tomonidan ilgari surilgan masalalarning echimidir. SHuning uchun bunday tadqiqot hisobotida gipotezalar, tadqiqot vazifalari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar tizimi, axborotlar, boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish bo‘yicha tadqiqot uslublari tarkibi tavsiflab beriladi.
Hisobotga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
- hisobotda tadqiqotning predmetiga mos mantiqan barcha o‘zaro bog‘langan muammolar guruhlari iloji boricha chuqur va to‘la aks ettirilgan bo‘lishi kerak;
- bajariladigan ishlarning turkumining mantiqiy ketma-ketligi ta’minlangan bo‘lishi kerak;
- hisobotning har bo‘limida tadrijiy bir-birini to‘ldiruvchi ikki qismining o‘zaro mutanosibligini ta’minlash zarur;
- so‘rovnomaning barcha savollari va ularga mos natijalar ilmiy mantiq talablariga binoan tahlil etilishi kerak;
- hisobot texnik jihatdan yuqori saviyada rasmiylashtirilishi va to‘g‘ri tuzilishi kerak.
Hozirgi kunda ota-onalar hal qilishlari nihoyatda zarur bir qancha tarbiyaviy muammolar mavjud. Bunday muammolar noto‘liq oilalarda nisbatan ko‘p bo‘lib, ular bolalarning ruhiy kamolotida namoyen bo‘lmoqda. Ota-onalar esa har doim ham bu holatni bilib, to‘g‘ri tushunavermaydilar. Ba’zan esa bolalar ham aqli yetadigan masalalar bo‘yicha kattalarga murojaat etmasliklari, masalani ijobiy hal etmasliklari natijasida onalari yeki katta yeshdagi kishilar hayetini, turmushini mushkul ahvolga solib qo‘yadilar.
Umuman olganda hamma oilalar tarbiyasi uchun yaroqli umumiy formula topish mumkin emas, lekin bolalar tarbiyasi bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida oilaning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, kelajakda kutilish mumkin bo‘lgan tarbiya natijalarini hisobga olib, bir necha omillar haqida maslahat berish mumkin. Masalan, bolalar tarbiyasida oilaviy muhit maxsus ta’sir kuchiga ega. Muhit deyilganda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, bolalarga ta’sir ko‘rsatish usullari, oilada mavjud bo‘lgan boshqa shakl va uslublar yig‘indisiga aytiladi. Oila muhitining mazmuni ota-onalarning, katta yeshdagi a’zolarining g‘oyaviy-siyosiy ongliliklarida namoyon bo‘ladi.