A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti sirtqi ta’lim yo’nalishi 902- guruh talabasining



Yüklə 77,1 Kb.
səhifə5/5
tarix20.06.2022
ölçüsü77,1 Kb.
#61942
1   2   3   4   5
Achilova O oila pedagogikasi mustaqil ish

Nazorat uchun savollar



  1. Tarbiyaning mohiyati tushuntirib bering.

Javob: Tarbiya – ma’naviy meroslar va jamiyat talablarini etiborga olgan holda, murabbiy(o’qituvchi) va tarbiyalanuvchi(o’quvchi)ning aniq maqsadga qaratilgan o’zaro faoliyati natijasidir.
Anik maqsadga qaratilgan tarbiya jarayoni tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi. Bunda kuyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
a) shaxsning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish nazarda tutilishi;
b) bu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish vositalari va usullari;
v) maqsadni amalga oshirish uchun nazariy va amaliy manbalarning mavjudligi.

  1. Tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi roli.

Javob: Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi.
3. Tarbiyaning usullari nimalardan iborat?
Javob: Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog’liq.
etod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab kuyidagilarga bulinadi:
1. So’z orqali ifodalash usuli.
2. Ko’rgazmalilik usuli.
3. Amaliy, namuna usuli.
4. Rag’batlantirish va jazo usuli.
Yuqoridagi metodlar (usullar) o’z navbatida quyidagi guruhchalarga bo’linadi:
Birinchi guruh - so’z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga;
Ikkinchi guruh - kinofil’mlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko’rish orqali tarbiyalash usullariga;
^ Uchinchi guruh - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish. o’rnak ko’rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko’rsatish;
To’rtinchi guruh - o’quvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o’rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish. Suratlarini hurmat taxtachasiga yopishtirish va boshqa og’zaki, ”rahmat”, ”barakalla” kabi rag’batlantirish usullarini kiritish mumkin.
Tarbiyachining rag’batlantirish usuli ikkiga bo’linadi:
1. O’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashganligini rag’batlantirish.
2. Qiziqishini va uni uddalay olganligini rag’batlantirish.


Adabiyotlar ro’yxati
1. Asqarov I.Sh., Mamtqulova R. H.D. Norqulov “Shaxs va oila tar biyasining pedagogikasi” Toshkent 2009
2.A.K.Munavvarov.Pedagogika.T-1996y.
3.A.K.Munavvarov.Oila pedagogikasi.T-1994y.
4.V.N.Drujina. Sotsialnaya psixologiya.S-Pb. 2002y.
5. O.To‘rayeva «Oylaviy hayet etikasi va psixologiyasi»T-1998y.
6.Z.B.Qodirov. Komil inson tarbiyasining pedagogik asasrlari. T-2001.
7.M.Quramov. Oila – milliy tarbiya o‘chog‘i. Xalq ta’limi .jurnal. T-1999
8.O.Xasanboyeva. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. T-1993.
9.U.Otavaliyeva. Bola tarbiyasida bog‘cha va oila xamkorligi. T-1998.
Yüklə 77,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin