Kompyuter o‘yinlaridan noto‘g‘ri taassurotlar yuzaga kelishining oldini olish masalalari Biz yashab turgan yangi dunyoda texnologiyalar misli ko'rilmagan darajada rivojlanmoqda va kompyuterlar oddiy, hatto zarur narsalarga aylandi. Internetning afzalliklari haqida hamma biladi, aksariyat odamlar undan nafaqat ma'lumot qidirish, balki virtual olamga haqiqatdan qochish uchun ham foydalanadilar. Virtual borliq - bu inson tomonidan kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan dunyo. Virtual reallikning so'ngi texnologiyalari sizga xayoliy dunyoga to'liq sho'ng'ish uchun ko'zoynak va dubulg'a yaratishga imkon beradi. Ular sizga haqiqiy hayotdan butunlay uzoqlashishga imkon beradi.
Yangi texnologiyalar haqida bilib, odamlar virtual olamga shoshilishmoqda, ammo ular virtual haqiqatning psixologik ta'siri xavfli bo'lishi mumkinligini unutishadi.
Ularning har biri shaklda so’zlarning joylashishi va bog’lanishi bilan farq qiladi.Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Mustaqil ijodiy
faoliyatning bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina kuchli o’quvchilargina emas, balki kuchsiz o’quvchilar ham faol ishtirok etadilar. Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning boshqa shakllaridan, ya'ni rebus va boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Ushbu qiziqtiruvchi metodlardan foydalanganda, o’qituvchi darsni maqsadli tashkil qilishni rejalashtiradi, ya'ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning mazmuniga mos tayyorlaydi. Darsning maqsadini aniqlaydi va kutilayotgan natijani loyihalaydi.
Rebus, krossvordlar o’yinli texnologiyalarga sirasiga kiradi. “Rebus” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “So’zlar orqali emas, balki rasmlar orqali ifodalash” ma’nosini anglatadi. Bu - biror so’z yoki atamaning rasmlar, notalar, xarflar bilan birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir.
Rebus - keng tarqalgan va eng mashxur o’yinlar sirasiga kiradi. U orqali maqollarni, she’r qismlarini, biror iborani yoki so’zni berkitish mumkin. Undan ilk bor Fransiyada XV asrda qo’llanilgan.
Eng birinchi rebuslar to’plami Etenom Taburo tomonidan Fransiyada 1582 yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Italiyaga tarqalgan. Rossiyada birinchi rebuslar “Illyustrasiya” jurnalida 1845 yili chop etilgan.
Rebus — bu atamalarni ko’ngil ko’taruvchi xarakterda shifrlashdir. Masalan: Rasmning chap qismidagi apostroflar soni rasm nomining chap tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
Rasmning o’ng yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining o’ng tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
So’z o’rtasidagi xarflarni o’chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan chiziladi;
- So’zdagi belgini almashtirish: “2=d” 2 - xarfni “d” xarfiga almashtirish, “r=p” esa xarbir “r” belgi “p” belgiga almashtirish tushiniladi;
- Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o’rni tartib raqamini o’zgartirish orqali yangi hosil qilish mumkin;
- Rasmni teskari qo’yish orqali so’z ham teskari o’kiladi.
“Informatika” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin:
Ushbu vazifalar talabalar aqliy faolligini o’stiradi, bilish jarayoniga haqiqiy qiziqish uyg’otadi. O’yin davomida talabalar ma’lum qiyinchiliklarni yengadilar, o’z kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar.
Ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini talabalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli talabalar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga talabalar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina bilimdon talabalarnigina emas, balki past o’zlashtiruvchilarni ham qamrab oladi. Boshqa o’quv fanlaridan past o’zlashtiruvchi talabalar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq talabalarga aylanadilar. Krossvordlar sodda bo’lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali
vositasi hamdir. Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan namuna keltiraman.