A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə26/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
Zoologiya majmua

Krab zuluklari - mashhur katta Kamchatka krablarida parazitlik qiluvchi 12-13 sm uzunlikdagi parazit zuluklardir. Bulardan boshqa Bering dengizi, Shimoliy Atlantika va umuman okean va dengiz hayvonlarida parazitlik qiluvchi ko’p xil zuluklar ma’lum.
Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) - ba`zi sayozroq ko`llar, kattaroq havza va botqoqliklarda ko`p uchraydi. 8-15 sm uzunlikdagi bu chuvalchangning ancha yo`g`onlashgan ko`kimtir-yashil tanasining oldingi (qorin) tomonida og`iz so`rg`ichi, dum tomonida esa bundan 2-3 marta kattaroq anal so`rg`ichi joylashgan. Bular hayvon tanasiga yopishishga va harakatlanishga yordam beradi. Bosh tomoni ingichlashgan, dum tomoni yo`g`onroq bo`lib, tanasi juda ko`p mayda “halqalar” hosil qiladi. Lekin bu soxta halqalardir. Aslida zulukning haqiqiy – ichki segmentlari 33 ta bo`lib, bu son ko`pchilik zuluklar uchun harakterlidir.
Zulukning shilimshiqli yashil tusli terisida jigarrang qoramtir chiziqlar bilan birga orqasida sarg`ish yoki qizg`ish yo`lli “guldor” shakllar ravshan ko`zga tashlanadi. Bosh tomonida har xil kattalikdagi 10 ta ko`zchalar joylashgan (bular shunday qaralganda ko`rinmaydi). Terining usti yupqa kutikula bilan qoplangan bo`lib, uning ostidagi epiteliya oralig`ida shilimshiq modda ajratuvchi bezlar ko`p. Epiteliyaning ostiga halqali va cho`ziq muskullarning tolalari to`tashgan. Zuluklarda qorin-orqa yo`nalishidagi va qiya joylashgan muskul tolalari kuchli taraqqiy etgan. Bular hammasi zulukning suvda tez va chaqqon harakatlanishini muvofiqlashtiradi.
Og’iz so’rg’ichining ostida voronkasimon botiqlikda og’iz, dum so’rg’ichining ustida esa anal teshigi joylashgan.
Hazm organlari. Og’iz so’rg’ichining ostidagi og’izoldi botiqligi devorida 3 ta bir-biriga qarama-qarshi joylashgan yassi yarimshar shaklidagi organi - jag`’larining bo’lishi xarakterlidir. Qattiq xitinlashgan va muskulli jag`’larining ustki qirrasida o’tkir – arrasimon tishchalar bor. Zuluk birorta sut emizuvchi hayvon yoki odam terisiga yopishgan vaqtda mazkur jag`lar arraga o`xshab ishlandi va terida uchta kesik hosil qilgach, u qon so`rishga o`tadi. Og`izkatta muskulli halqumga ochilgan. Halqum devoridagi bezlardan hosil bo`luvchi girudin moddasi qonni ivib qolishdan saqlab, so`rishni muvofiqlashtiradi. Oshqazon juda katta va u 12-13 ta yon o`simtalar hosil qiladi. Eng uzun oxirgi yon o`simtalar ichakning ikki yon tomonida joylashgan. Oshqazonning bu o`simtalarda zapas qon ivimagan holda o`zoq vaqt saqlanadi. Dum tomonida joylashgan kaltagina ichak bir oz yo`g`onlashgan, u orqa ichak va anal teshigi orqali tashqariga ochilgan. So`rib olingan qon ichakda hazm bo`ladi.
Qon aylanish sistemasi. Qon tomirlari yo`qolib ikkilamchi tana bo`shlig`ining qoldig`i – lakunlar qon tomirlari sifatida xizmat qiladi. Katta tomir (lakun) lar to`rtta bo`lib, orqada, qorin tarafda va ikki yon tomonda joylashgan. Selom bo`shlig`ining suyuqligi bilan aralashgan qon mazkur lakunlar va ularning bir-biriga tutashtirgan mayda tomirlarda harakat etadi. Maxsus nafas olish organlari bo`lmaganligi uchun qon teridan o`tgan kislorodni va hazm bo`lgan oziqni tarqatishga xizmat qiladi.
Ayirish organlari 17 juft metanefridiylardan tuzilgan. Tana bo`shlig`i bo`lmaganligi uchun bularning voronkasimon qismi yopiq (usti o`ralgan) – pufaksimon shaklda. Ayirish naychalarining har biri pastda kengayib, siydik pufakchalari hosil qiladi. Bularning har biri alohida tashqariga ochilgan. Zuluklar ikki jinsli 10-12 juft urug`donlari ikkita uzun urug` yo`liga tutashgan. Ikkita juft yo`lining har biri oldingi tomondagi buklangan urug` qopchiqlariga ochiladi (bularda sperma saqlanadi). Naychasimon urug` qopchiqlari o`z navbatida urug` chiqarish kanaliga, ular esa bitta – muskulli qo`shilish organiga to`tashgan. Bu organ qo`shilish vaqtida tashqariga qayrilib chiqadi. Tuxumdonlari bir juft. Kalta tuxum yo`li bitta tuxum chiqarish naychasi orqali qinga ochilgan. Qin teshigi tananing oldingi – qorin tomonida, qo`shilish organining pastrog`ida joylashgan. Bularda ham jinsiy yo`llarga yaqin, tananing oldingi qismida “kamar segmentlari” bo`lishi xarakterlidir. Bular ham “kamar” vositasida pilla yasab o`z tuxumini pillar ichiga qo`yishadi.
Nerv sistemasi “bosh miya” (halqum osti nerv tugunlari), u bilan komissuralar orqali tutashgan halqum osti nerv tugunlari va qorin nerv zanjiridan tarkib topgan. Qorin nerv zanjiri bir nechta bir-biri bilan tutashgan tugun (gangliya)lar shaklida tuzilgan bo`lib, qorin tomondagi lakun bo`shlig`ida joylashgan. Terisida juda ko`p mayda sezuv vazifalarini bajaradi. Bundan tashqari boshning ustki tomonida 4 – 5 juft mayda ko`zchalar bo`ladi.
Ko`payishi va rivojlanishi. Zuluklar, jumladan tibbiyot zulugi ham jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Ichdan otalanadi, almashinib urchiydi. Ko`payish vaqtida kattalashgan “kamar” qismidagi bezlar ajratgan suyuqlik qotib, qalin-xitin qobiqli kattagina (2 sm li) “pilla” hosil qiladi. Otalangan tuxumlarini oziqli suyuqligi bilan shu xildagi “pilla”ning ichiga qo`yadi. Zuluklar o`z pillasini suv havzalari atrofidagi zax tuproq oralig`iga, ba`zan yer ustiga (havzalardan ancha o`zoqqa) qo`yadi. Ko`pincha har bir pilladan 5 – 10 tagacha yosh zuluk yetishib, suvga tarqladi va 2 – 3 yilda voyaga yetadi. Umuman zuluklar 15 - 20 yilgacha umr ko`radi.
Halqali chuvalchanglar erkin yashovchi qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan. Dengizlarda yashovchi ko`p tukli halqalilar lichinkasi tanasida kipriklarning bo`lishi, lichinka ayirish sistemasining kiprikli yassi chuvalchanglarning ayirish sistemasiga o`xshash bo`lishi ana shundan dalolat beradi. Kam tukli halqali chuvalchanglar esa ko`p tukli halqalilardan kelib chiqqan. Tuproqda hayot kechirish ta`sirida ularning harakatlanish organlari yo`qolib ketgan, boshining tuzilishi soddalashgan.

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin