A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə34/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
Zoologiya majmua

Omarlar – ochiq dengizlar sohil (littoral) zonasining 100-200 m gacha bo‘lgan tubida yashovchi juda katta (40-60 sm) hayvonlar bo‘lib, ko‘p jihatdan daryo qisqichbaqalariga o‘xshaydi. 1 juft ko‘krak oyoqlari juda katta va kuchli qisqichoyoqlarga aylangan, uning “ombur” lari o‘tkir va qattiq “tish” lar bilan qurollangan. Omarlar mollyuskalar, dengiz tubidagi turli hayvonlar, qisman baliqlar bilan ovqatlanadi. 4000 dan 32 000 gacha tuxum qo‘yib ko‘payadi. Ayrim dengiz va okean orollari sohilida omarlar ko‘p ovlanadi.
Langustlar – tashqi tomondan omarlarga o‘xshab ketadi. Bular dengiz sohil zonasining tubida o‘rmalab yurib hayot kechiruvchi katta qisqichbaqalar bo‘lib, turli umurtqasizlar, qisman baliqlar bilan ovqatlanadi. Bular katta qisqichoyoqlari bo‘lmasligi va boshqa ba‘zi xususiyatlari bilan omarlardan farqlanadi. Langustlarning asosiy sezuv va himoya organi juda uzun II juft mo‘ylovlaridir. Bundan tashqari ular “dushman”ni cho‘chitadigan ovoz chiqarish xususiyatiga ega. Maxsus ovoz, hatto, yirtqich baliqlarni haydash va yaxshi ovqatlanishga yordam beradi. Langustlar 0,5-1,5 mln donagacha tuxum qo‘yib ko‘payadi. Go‘shti lazzatli, bir qancha dengizlarda ko‘plab ovlanadi.
Zohid qisqichbaqa”lar. Mazkur nom bilan yurgiziladigan va okeanlarning sohil (litorol) zonasida yashaydigan bu maydaroq (bir necha sm) qisqichbaqalarda bosh-ko‘krak va ayniqsa qorincha (abdomen) qismi yaxshi rivojlangan. Evolyutsiya protsessida bu hayvonlar qorin oyoqli mollyuskalarning “bo‘shab qolgan” chig‘anoqlari ichiga joylashib, yashashga muvofiqlashgan. Binobarin bularning qorincha qismidagi oyoqlari yaxshi rivojlanmagan (qorinchadagi bir necha tikansimon oyoqchalari mollyuska chig‘anog‘ining devoriga yopishish uchun xizmat qiladi).
“Zohid qisqichbaqa”larda oldingi ombursimon ko‘krak oyoqlari oziqni ushlab olishga va dushman xavfi tug‘ilgan paytlarda chig‘anoq og‘zini to‘sib, tanani himoya qilishga xizmat qiladi. U faqat xavf-xatar bo‘lmagan taqdirda oziq qidirib (o‘rmalab) harakat qiladi va xavf paydo bo‘lishi bilan chi‘ganoq ichiga darhol yashirinadi.
Qizig‘i shundaki, qisqichbaqa po‘st tashlab o‘sa boshlashi bilan dastlabki “uyi”, ya‘ni mollyuska chig‘anog‘iga sig‘may qoladi. Binobarin u o‘sgan sari, kattaroq chi`g‘anoq topib, unga joylashib, yashay boshlaydi. “Zohid qisqichbaqa”lari mollyuska chig‘anog‘idan tashqarida yashay olmaydi.
Bu hayvonlar garchi chig‘anoq vositasida himoyalangan bo‘lsada ba‘zi yirtqichlar oldida ojizdir. Binobarin ko‘p hollarda “zohid” o‘z chig‘anog‘i ustiga 1-2 ta aktiniani “mingashtirib” oladi. Bu xildagi simbioz (o‘zaro yordamlashib yashash) kamharakat aktinia uchun ham, qisqichbaqa uchun ham foydalidir. Chunki aktiniaga “transport vositasi” bo‘lib xizmat etgan qisqichqaba xavf-xatardan qutiladi va aktinia ushlagan oziqning bir qismi bilan yaxshi ovqatlana oladi.
Qisqichbaqasimonlar jabra bilan nafas oluvchi suv hayvonlaridir. Qisqichbaqasimonlar ikki juft (uzun va kalta) mo’ylovlarining bo’lishi bilan boshqa bo’g’imoyoqlilardan ajralib turadi.
Qisqichbaqasimonlar sinfi ham o’z navbatida quyidagi kichik sinflarga bo’linadi:
Jabraoyoqlilar kеnja sinfi - DRANCHIAPODA
1. Tsеfalokaridlar kеnja sinfi -
2. Jag`oyoqlilar kеnja sinfi -Maxillopoda
3. Chig`anoqli qisqichbaqasimonlar kеnja sinfi -
4. Yo`qsak qisqichbaqasimonlar kеnja sinfi - Mallacostraca
Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati - qisqichbaqasimonlarning 30 000 dan ortiq turi ma'lum. Ularning ko'pchiligi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Suvda muallaq yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar - plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqasimonlardan dafniya va siklonlar ko'p uchraydi. Ular baliqchilik xo'jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun maxsus ko'paytiriladi. O'zbekistonning chuchuk suv havzalarida hayot kechiradigan qisqichbaqasimonlarni akademik A. M. Muhammadiyev o'rganib chiqqan.
O'noyoqli qisqichbaqasimonlar, shu jumladan daryo qisqichbaqasi va ko'pchilik dengiz qisqichbaqasimonlari (krablar, krevetkalar) go'shti uchun ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar baliqlar, tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlarining asosiy ozig'i hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlarning ayrim vakillari quruqlikda yashashga moslashgan. O'zbekistonda zax, salqin va nam joylardan zaxkashlar (eshakqurtlar) keng tarqalgan. Ularni ayniqsa, bahor payti cho'l zonalarida ko'p uchratish mumkin. Zaxkashlar o'simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi tufayli tuproqni yumshatib, uni chirindi moddalarga boyitadi.
Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli, ko'l, daryo va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida yashashga juda moslashgan. Tanasining ustki tomoni suv tubining rangiga mos keladigan ko'kimtir-qo'ng'ir, ostki tomoni esa oqish rangda bo'ladi. Shuning uchun suv ostida yashirinib yotgan qisqichbaqahi payqash qiyin.
Qisqichbaqa kun bo'yi toshlarning ostida yoki qirg'oq yaqinida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq izlab faqat kechqurunlari chiqadi. U hamma narsalarni yeyaveradi. Qisqichbaqaning asosiy ozig'i suv o'tlari, kasal hayvonlar (har xil mollyuskalar, hasharotlar lichinkasi), ularning murdalari yoki kasallangan hayvonlar hisoblanadi. U oziqning hidini yaxshi sezadi. Daryo qisqichbaqasi chiriy boshlagan baliq va baqalarning hidini uzoqdan sezadi.

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin