A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə30/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Zoologiya majmua

Marvarid – kimyoviy tarkibi jihatdan sadaf CaCO3 kristallaridan farq qilmaydi. U mantiya pardasi bilan chi`ganoqning ichki (sadaf) qavati oralig`iga biror mayda zarra yoki parazit kirib qolishi va mazkur atrofida sadaf kristallarining o`ralishi natijasida hosil bo`ladi. Binobarin, ko`pincha yumaloq (mo`nchoq shakldagi) marvarid – sadaf kabi tovlanadi. Yuqorida aytilgan sadafdorlarning ba`zilarida 2-3 tada to 20-230 gacha marvarid hosil bo`lishi mumkin. Biroq ba`zilarida marvarid bo`lmasligi mumkin. Ayrim hollarda 10-15 sm kattalikda va 1-1,5 kg og`irlikdagi “marvaridlar” ham uchrab turadi. Bundan bir necha yillar muqaddam Yaponiya zoologlari maxsus ko`rfazlarda sadafdor tanasida marvarid “o`stirish” usulini ixtiro etishdi. Buning uchun dengizdan ovlangan sadafdorning mantiya va chi`ganoqaro bo`shlig`iga maxsus modda kiritilib, dengizga tashlandi. 5-6 yil davomida mazkur sadafdorlar ovlanib, ulardan yetishgan marvarid ajratib olinadi. Shu usul bilan shug`ullanuvchi yapon firmasi har yili bir necha 100 ming dona marvarid oladi.
Sadaf va marvarid ba`zi daryolarda yashovchi daryo sadafdori Margareta margaritifera va bularda ham hosil bo`ladi. Bunday sadafdorlar O`zoq Sharq, Yaponiya, Xitoy va Shimoliy Amerikaning tiniq va toza suvli daryolarida uchrab, dengizdagilarga nisbatan juda sekin o`sadi.
Dengizda yashovchi ikki pallalilar ko`pincha ayrim jinsli bo`lib, erkin yashovchi troxoforasimon lichinka hosil etib ko`payadi. Keyinchalik troxofora – veliger lichinkaga aylangach, uning ikki yon tomonida ikki pallali kichik yupqa chig`anoq hosil bo`ladi. So`ngra veliger biror narsaga yopishib, asta-sekin voyaga yetadi. Mazkur hodisa, ya`ni ayrim o`troq ikki pallali mollyuskalarda harakatchan traxofora va veliger lichinkaning bo`lishi bu hayvonlar avlodlarining turli dengiz va okeanlarga tarqalishini muvofiqlashtiriladi.
Aslida dengizlardan tarqalib, hozirgi paytda katta suv omborlarida ko`p tarqalgan dreysena nihoyatda ko`plab ko`payuvchi ikki pallalilardan bo`lib, hozirgi paytda suv inshootlariga zarar yetkazadi.
Ikki pallalilar (xususan dengizda yashovchi sadafdorlar) katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Dengizlardan ko`p miqdorda ovlanuvchi midiyalar, ustritsa, yirik taroqsimon (Pecton) va yuraksimon mollyuskalar, petrushkasimonlar chuchuk suv sadafdorlari va boshqa ko`p xil ikki pallalilar odamzodning ozig`i sifatida eng ko`p miqdorda (so`nggi yillarda 2 mln.t.dan ortiq) ovlanib, iste`mol etiladi. Ikki pallalilarning ko`pchiligi ovlanadigan baliqlarning asosiy ozig`i sifatida ham katta ahamiyatga molikdir. Ko`rsatib o`tilgan ikki pallalilardan qiymatli ziynat mahsuloti – sadaf va marvarid olinadi. Ikki pallalilar mahsuloti (go`sht va chig`anoq) dan tayyorlangan mahsulotning katta bir qismi – parrandachilik xo`jaligida ishlatiladi.
Quyida chuchuk suv havzalarida ko`p tarqalgan yirik turlaridan oddiy sadafdor yoki anadontalarning tuzilishi va rivojlanishini bayon etiladi.
2. Oddiy sadafdor (anadonta) shimoliy yarim sharning sekin oqar daryolari, ba`zi sayoz ko`llarida suv tubida, qum yoki balchiqqa yarim botib, kam harakat holda yashaydi. U O`zbekistonda Sirdaryo yoki Sirdaryoning o`rta o`zanidagi ba`zi sayoz ko`llar yoki sekin oqar chuchuk – zakan (tashlama kollekor va katta zovurlar) da uchraydi.
Sadafdor – ancha yirik ikki pallali. Uning tuxumsimon yassi cho`ziq tanasi 15-20 sm kattalikda. Chig`anog`ining bosh tomoni to`mtoqroq, dum tomoni esa suyrilashgan. Harakatdagi tirik sadafdorning oldingi bosh tomoni – chig`anoq pallalarining qorin tomonida qizg`ish ponasimon muskulli oyog`ining uchi ko`rinib turadi. U mazkur oyoq vositasida qum-balchiq yorib, juda sekin harakat qiladi. Oziq va kislorod yetarli hollarda esa uzoq vaqt harakatsiz qolishi mumkin. Chig`anoqlarning dum tomonida mantiya o`simtalaridan hosil bo`lgan ikkita naycha – sifonlar ko`zga tashlanadi. Pastki katta naycha – suv kiritish sifoni yelka tomonidagi kichik naycha esa chiqarish sifoni deb nomlangan. Kirish sifoni orqali mantiya bo`shlig`iga kislorodli suv, oziq bo`lib xizmat etuvchi chirindi, mikrob va boshqa zarralar kirib turadi. Chiqarish sifoni esa “ishlatilgan” suv bilan tezak, ayirish mahsulotini va erkagida spermatozoidlarni chiqarishga xizmat etadi.
Bir xil kattalikdagi chig`anoq pallalarining sirti qoramtir-zangori tusdagi organik modda-qonxiolin bilan qoplangan. Voyaga yetgan sadafdor chig`anog`ida yaxshi farqlanuvchi chiziqlarni ko`rish mumkin. Mazkur (katta) chiziqlar bahor va yoz faslidagi o`sish natijasida hosil bo`lib, sadafdorning yoshini aniqlashga imqon beradi. Chig`anoq asosan, ohak (CaCO3) dan tuzilgan. Lekin ohak kristallari chig`anoq qalinligida tik prizmalar shaklida joylashgan (forfor qavati) bo`lib, chig`anoqning ichki – mantiyaga yopishgan qismida juda yupqa plastinkachalar shaklida-yotiq (gorizontal) joylashgan. Shuning uchun ham mazkur yupqa plastinkachalar quyosh nurini parchalab (“sindirom”) turlicha tovlanib turadi. Ba`zi sadafdorlarda (ayniqsa, dengiz sadafdorlarida) sadaf qavati ancha qalin bo`lganligidan ulardan turli ziynat buyumlari ishlatishga imqon beradi.
Chig`anoqning ostiga bevosita mantiya pardasi yopishgan. Chig`anoq pallalari mantiya pardasining “uchidagi” hujayra (to`qima) lardan hosil bo`ladi.
Chig`anoq pallalari yelka tomonidan hosil bo`lgan maxsus naysimon – qayishqoq organik modda megamentlar orqali bir-biri bilan mahkam tutashgan. Pallalarning oldingi (“bosh”) va orqa qismida ichki tomonidan joylashgan kuchli yopqich muskullar – ularning yopilishiga xizmat qiladi. Mazkur muskullar bo`shashgan (cho`zilgan) vaqtdagina chig`anoqlar ochilishi va oyoq harakatlanishi mumkin. Chig`anoq pallalari uning ichki qismiga tutashgan katta-oldingi va orqa yopqich muskullar orqali yopiladi. Qorin tomonida katta muskulli ponasimon oyoq, mantiya pardasi bilan tanasining oralig`ida (har ikki tomonda ikkitadan) jabralar joylashgan. Mantiya bo’shlig’ining oldingi (ust) tomonida og’iz teshigi, uning yon tomonlarida esa 2 juft og’iz oldi o’simtalar (“paypaslagichlar”) joylashgan. Kirish sifonidan o’tgan suv bilan kirgan oziq zarralarini mazkur paypaslagichlar ushlab qolib og’izga o’tkazadi.
Og’izdan boshlangan kalta qizilo’ngach- muskulli oshqozon bilan tutashgan. Oshqozon atrofida “jigar” joylashgan. Ichagi uzun (uning bir qismi, hatto, oyoqning ichki qismida joylashgan).

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin