A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


-MA’RUZA Mavzu: Ikki pallali mollyuskalar (Bilvalva) va boshoyoqli mollyuskalar (Cephalapoda) sinfi



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə29/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
Zoologiya majmua

16-MA’RUZA
Mavzu: Ikki pallali mollyuskalar (Bilvalva) va boshoyoqli mollyuskalar (Cephalapoda) sinfi.
Reja:

  1. Ikki pallali mollyuskalar sinfi. Ularning xilma-xilligi.

  2. Baqachanoq (anadonta) to’g’risida batafsil ma’lumot.

  3. Kurakoyoqlilar sinfi. Vakillari.

  4. Mollyuskalarning kelib chiqishi.

Mavzuga oid аsosiy tushuncha va atamalar: Ikki pallali mollyuskalar, kirish-chiqish sifonlari, kema qurti, toshteshar, dengiz tarog`i, mayda pallali, yong`oqsimonlar, ledidlar, akra, do`mboq akra, pennalar, margareta margaritifera, dreysena, oddiy sadafdor, yopqich muskullar, kalmar, pellagial zona, karakatitsa.
Hamma ikki pallali mollyuskalar yon tomonidan yapaloqlashgan, tanasi tarozining ikki pallasiga o`xshash, ko`pincha bir xilda tuzilgan ikkita chig`anoq bilan qoplangan, tana ma`lum darajada soddalashgan: bosh yo`qolgan, yaxshi taraqqiy etgan mantiya bo`shlig`ida ikki juft varaqchasimon jabralar bor va mazkur bo`shliq sifonlar deb nomlanuvchi ikkita nayza orqali tashqari bilan tutashgan.
Mazkur o`zgarishlar – ikki pallalilarning hamma avlodlarini suv tubida yoki suvdagi biror narsaga yopishib yoki qum (balchiq) yorib kam harakat holda hayot kechirishi tufayli sodir bo`lgan.
Paleozoy erasi (450 mln. yillar ilgari) da paydo bo`lgan ikki pallali mollyuskalarning 80 % dan ortiq turlari okean va dengizlarda (katta ko`pchiligi 100-120 m.li sohil zonasida), qolganlari turli chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Quruqda yashovchi avlodlari yo`q. Bular okean, dengizlar yoki chuchuk suv havzalarining xilma-xil (51 mingdan ortiqroq) tur va formalar hosil etgan. Dengizda yashovchi turlari o`rtasida 1,5 m.li (200 kg og`irlikdagi) katta formalar bilan bir qatorda bir necha sm.li mayda turlari uchraydi. Chuchuk suvda yashovchilarning ko`pchiligi mayda, ba`zilar 10-15 sm. uzunlikda bo`ladi. Dengiz va okeanlarda yashovchi 2 pallalilarning hamma avlodlari deyarli, asosan sohil doirasida, shag’al, qiya toshlar, dengiz inshootlari hatto kemalarning korpusiga yopishib hayot kechiradi. (O`zaro bir-biriga yoki biror narsaga yopishishda mustahkam bissus ipi yordam beradi.) Dengiz sohilidagi inshootlarning yog`ochlarini kovlab yashovchi Kema qurtining tanasi chuvalchangsimon o`zgargan bo`lib, uning bosh tomonidagi chig`anoq qoldig`i yog`ochni kavlovchi parma vazifasini bajaradi. Bu mollyuska dengiz inshootlariga va yog`och barjalariga katta zarar yetkazadi. Sohildagi yumshoqroq – ohaktosh jinslarini kovlab kirib hayot kechiruvchi toshteshar – ohaktoshni erituvchi modda ishlab chiqaradi; uning qattiq chig’anoqlari esa tosh parma vazifasini bajaradi.
Oziq sifatida ko`plab ishlatuvchi ustritsa (so`nggi yillarda bularni maxsus ajratilgan sayoz ko`rfazlarda ko`paytirilmoqda) ning pastki yopishuvchi chig`anoq pallasi yassi bo`lib, ustki – g`udir pallasi qavartmalidir.
Sohil doirasida nihoyatda ko`plab uchrashi midiyalar koloniya hosil etib, ko`pincha bir-biriga yopishgan va kam harakat holda yashaydi. Katta pallali (15-20 sm.gacha) chiroyli “dengiz tarog`i” (Pecton) ayrim vaqtlarda bir necha m.gacha ko`tarilib, suzib yashay oladi. Mayda pallali – yong`oqsimonlar (Nuculibae) va ledidlar (Lebibae) sohil zonasida nihoyatda ko`p uchraydigan mollyuskalar bo`lib, ovlanadigan qimmatli baliqlarning asosiy ozig`i hisoblanadi. Shimoliy dengizlarning sohilida uchrovchi yolidiya (Ylidia) larning bir qancha avlodlari uzun – naysimon sifonlar va harakatchan oyoqlari vositasida qum va balchiq ichiga yashiringan holda yashaydi (qumdan faqat ikkita sifonlarigina chiqib turadi).
Janubiy dengizlarda ko`p tarqalgan akralar (Acra zebra), do`mboq akra (Anadara braughtoni) nihoyatda ko`plab ko`payadi. Bulardan do`mboq akra ko`plab ovlanib, oziq sifatida foydalaniladi. Oziq sifatida iste`mol qilinadigan ikki pallalilar o`rtasida sohil doirasida ko`plab uchraydigan mediyalar g`oyat katta ahamiyatga egadir. So`nggi yillarda ularni Kasbiy dengizda muvaffaqiyatli iqlimlashtirilmoqda.
Tropik dengizlar (Ulug` okean, Hind okeani, Arab dengizi, Qizil dengiz, O`rta dengiz, Atlantik okeanining g`arbiy rayonlari) da uchraydigan pennalar oilasiga mansub ikki pallalilar (xususan zotdor penna – Penna nobilis, Penctada margaretefera va b.lar) sadaf qavatining qalin va nihoyatda chiroyli tovlanishi bilan xarakterlanadi. Bularning ko`pchiligida (mantiya pardasi bilan chig`anoq oralig`ida) a`lo sifatli marvarid hosil bo`ladi. Binobarin bular sadaf va marvarid olish uchun ovlanadi.

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin