A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə31/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87
Zoologiya majmua

Qon aylanish sistemasi - yelka tomondagi ikkilamchi tana bo’shlig’i, yurak oldi bo’shlig’idagi yurak va to’qimalar hamda jabralar joylashgan qon tomirlardan tashkil topgan. Jabralarda oksidlangan qon 2 ta yurak bo’lmalariga quyilib, undan yurak qorinchasiga o’tadi va tomir orqali to’qimalaga tarqaladi.
Yurak oldi qismiga ochilgan 1 ta buyrak naychasining yo’li mantiya bo’shlig’iga ochiladi. U mazkur bo’shliqdan siydik ajratib chiqaradi. Ayrim jinsli. Jinsiy organlar (urug’don yoki tuxumdoni) uzum boshga o’xshab tuzilgan 1 juft organlar bo’lib, bular ichak qatlamlarining oraliq qismida joylashgan. Bularning 1 juft yo’llari mantiya bo’shlig’iga ochilgan.
Nerv sistemasi - bir juft bosh nerv tuguni, 1 juft ichki organlar nerv tuguni va juft oyoq nerv tugunidan tarkib topgan. Sezuv organlari yaxshi rivojlanmagan; ko’zi yo’q, muvozanat organi oyoqning uchida joylashgan.
Oziqlanishi, rivojlanishi, otalanishi. Anadontaning mantiya bo’shlig’i orqali doim suv o’tib turadi. Jabra varaqalaridagi kiprikli hujayralarning harakati, mantiya bo’shlig’i hajmining o’zgarib turishi suv oqimini mo`ttasil ta’minlaydi. Anadonta suv bilan kirgan mikrob, chirindi va juda mayda hayvonlarni sizib (filtrlab) qolib, shular bilan oziqlanadi. Anadontani mazkur xususiyatiga asoslanib, so’nggi vaqtlarda undan ifloslangan suvni tozalashda foydalana boshlandi. Suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.
Anadontalarning hammasi deyarli ayrim jinsli bo’lib, urg’ochisi yetilgan tuxumlarni jabra varaqalari oralig’iga qo’yadi (ba’zilarida maxsus tuxum qo’yo’vchi kameralar bo’ladi) Spermatozoidlar suv bilan kirib tuxumlarni otalantiradi. Rivojlangan tuxumlardan gloxidiya deb nomlanuvchi mayda 2 pallali lichinkalar yetishadi. Yetilgan gloxidiya lichinkalari suvga chiqariladi va bir oz suvda harakatlangach, turli baliqlarning tanasiga yopishib parazitlik hayotiga ko’chadi. Baliq terisida 1-2 oy rivojlangach ular kichik anadontaga aylanib, suvga tushadi va mustaqil hayot kechirib, voyaga yetadi.
Kam harakat anadontalarning lichinkalarini baliqlarda parazitlik qilish- mazkur hayvonlar avlodlarini keng tarqalishiga imqoniyat beradi.
Kurakoyoqlilar sinfi
Kam sonli molyuskalar, tashqi ko`rinishiidan qorinoyoqlilarga o`xshaydi. Chig`anog`i yaxlit qonussimon nayga o`xshash, uning ikki uchida tеshigi bor. Chig`anog`ining oldingi kеngaygan tomonidan oyog`i va boshi chiqib turadi. Hazm qilish organlar sistеmasi ham qorinoyoqlilarnikiga o`xshash. Lеkin tana simmеtriyasi, mantiya bo`shlig`i va nеrv sistеmasining tuzilishi plastinka jabralilarnikiga o`xshash bo`ladi. O`simtaga o`xshash boshining ichki qismida og`iz tеshigi joylashgan. Boshidagi uchi to`qmoq mo`ylovlari sеzgi va ozig`ini ushlash vazifasini bajaradi. Oyog`i to`mtoq qonus shaklida, uning asosida bir juft plastinkasimon yon o`simtalari bo`ladi. Kurakoyoqlilar nomi ana shu o`simtalar tufayli kеlib chiqqan.
Kurakoyoqlilar suv tubidagi loyga ko`milib hayot kеchiradi, faqat tanasining kеyingi uchi loydan chiqib turadi. Chig`anoq uchidagi tеshikdan molyuska tanasiga toza suv kirib turadi. Foraminafеralar va boshqa mayda suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Ozig`ini mo`ylovining uchiga yopishtirib oladi.
Kurakoyoqlilarning 300 ga yaqin turlari ma'lum. Chig`anog`ining uzunligi 2-3 mm dan bir nеcha sm gacha.
Olimlar mollyuskalar eng qadimgi halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan deb hisoblashadi. Qorinoyoqli mollyuskalar lichinkasining dengiz ko`p tukli halqali chuvalchanglarga o`xshashligi, ayrim sodda mollyuskalar tuzilishini halqali chuvalchanglarga o`xshash bo`lishi bu fikrni tasdiqlaydi.
Savollar:
1. Ikkipallalilarga xos bo`lgan umumiy bеlgilar nimalardan iborat?
2. Ikkipallalarning tashqi tuzilishi nimalardan iborat?
3. Ikkipallali molyuskalarning ichki tuzilishi nimalardan iborat?
4. Ikkipallalar rivojlanishdagi o`ziga xos bеlgilarni tushintiring?
5. Ikkipallali molyuskalarning ekologiyasi va axamiyati nima?
6. Ikkipallali molyuskalar sinfiga kiruvchi molyuskalarning qanday turlarini bilasiz?
Foydalanilgan adabyotlar:


Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin