A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə35/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
Zoologiya majmua

Morfologik tuzilishi - tanasi xitin moddasidan iborat qattiq po'st bilan qoplangan. Xitin qoplag'ich uning tanasini va ichki a'zolarini har xil tashqi ta'sirdan himoya qiladi. Bundan tashqari, xitin qoplag'ich tanasi uchun tashqi skelet vazifasini ham bajaradi. Chunki unga ichki a'zolarining muskullari va oyoqlar kelib birikadi.
Qisqichbaqaning tanasi yirik boshko'krak va yassilashgan qorin bo'limlaridan iborat. Boshko'krak bosh va ko'krak bo'limlarining harakatsiz birikishi natijasida hosil bo'lgan va yaxlit boshko'krak qalqoni bilan qoplangan. Qalqonning boshqa ko'krak bo'limlari tutashgan joyida egatcha shaklidagi chokni ko'rish mumkin. Boshko'krak qalqoni boshning oldingi tomonida uzun o'simta hosil qiladi. Bu o'simtaning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko'zlar joylashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va kalta mo'ylovlari hid bilish va tuyg'u a'zolaridir. Og'iz teshigini uch juft jag' o'rab turadi. Ulardan-bir jufti yuqorigi jag', qolgan ikki jufti esa pastki jag' hisoblanadi.
Qisqichbaqa boshko'krak bo'limining pastki tomonida 8 juft bo'g'imli o'simtalari joylashgan. Dastlabki 3 juft o'simtalar oziqni ushlash va og'izga olib kelish hamda suvni jabra bo'shli'g'ida harakatga keltirish vazifasini bajarganligi tufayli ular jag'oyoqlar deb ataladi. Qolgan besh juft ko'krak o'simtalarining birinchi jufti qisqichlarni hosil qiladi, keyingi to'rt jufti esa haqiqiy yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xizmat qiladi.
Qorin bo'limi yetti bo'g'imdan iborat. Har qaysi bo'g'imda bir juftdan qorinoyoqlar bo'ladi. Bu oyoqlarning oldingi besh jufti ikki ayrili qorinoyoqlarni, keyingi ikki jufti esa dum suzgichlarini hosil qiladi.
Harakatlanishi - qisqichbaqa suv tubida ko'krak bo'limidagi to'rt juft yurish oyoqlari yordamida bosh tomoni bilan oldinga harab o'rmalab yuradi. Lekin u biror xavf sezib qolsa, dum suzgichlarini qorin tomonga tez-tez siltab, orqa tomoni bilan suzib ketadi.
Nafas olishi - daryo qisqichbaqasi jabralar orqali nafas oladi. Jabralar ko'krak bo'limidagi jag'oyoqlari va oldingi to'rt juft yurish oyoqlari asosida maxsus jabra bo'shlig'ida joylashgan. Jabra bo'shlig'ining oldingi, keyingi va qorin tomonlari ochiq, ustki va yon tomonlari esa boshko'krak qalqoni bilan yopilib turadi. Jag'oyoqlarning harakati tufayli jabra bo'shlig'idan doim suv o'tib turadi.
Ko'payishi va rivojlanishi - qisqichbaqalar ayrim jinsli hayvonlardir. Urg'ochisining qorin bo'limi boshko'kragiga nisbatan kengroq, erkagining qorin bo'limi aksincha torroq bo'ladi. Urg'ochisi erta bahorda bir necha yo`zlab tuxum qo'yadi. Tuxumlarini qorinoyoqlariga yopishtirib olib yuradi. Yoz boshlanishi bilan tuxumlardan qisqichbaqalar yetishib chiqadi. Ular dastlabki 10- 12 kun davomida urg'ochisining qorniga yopishib olib yuradi, keyinroq mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Qisqichbaqalarning qattiq xitin qoplag'ichi cho'zilish xususiyatiga ega bo'lmaganligi uchun uning o'sishiga xalaqit beradi. Shuning uchun qisqichbaqalar hamma bo'g'imoyoqlilar singari eski qattiq po'stini tashlash, ya'ni tullash orqali o'sadi. Tullagan qisqichbaqa o'sgan sari po'st o`nga torlik qilib qoladi. Uning eski qoplag'ichi ostida yangisi hosil bo'ladi. Eski qoplag'ich yorilib, uning ichidan yupqa va rangsiz yangi xitin po'st bilan qoplangan qisqichbaqa chiqadi, ya'ni u tullaydi. Tullagan qisqichbaqa tez o'sadi, qoplag'ichi ohak modda shimilishi tufayli asta-sekin qattiqlasha boradi. Qisqichbaqaning bundan keyingi o'sishi faqat yangi tullashdan keyin davom etadi.
Daryo qisqichbaqasining anatomik tuzilishi - daryo qisqichbaqasining muskullari kuchli rivojlangan bo'lib, alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskul boylamlari a'zolar atrofida to'p-to'p bo'lib joylashgan. Har qaysi muskul boylami tananing ma’lum bir qismini harakatga keltiradi. Xitin qoplag'ichi keng tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Ichki a'zolar ana shu bo'shliqda joylashgan.
Hazm qilish sistemasi - og'zi boshining ostida joylashgan. Oziq og'iz, qisqa halqum va qizilo'ngach orqali ikki bo'lmali oshqozonga o'tadi. Oziq oshqozonning birinchi -katta bo'lmasida ezilib maydalangach, ikkinchi - kichik bo'lmasiga tushadi. U yerdan oziq tukli plastinkalar orqali sizilib o'tgach, ichakka va undan hazm qilish bezi, ya'ni jigar naylariga tushib hazm bo'ladi va tanaga so'riladi. Hazm bo'lmagan oziq qoldiqlari dum suzgichining o'rtasida joylashgan anal teshigi orqali chiqarib yuboriladi.

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin