36
rivojlanishi haqidagi, ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta'siri haqidagi, ruhiy
rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi.
Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish printsipini, nutq buzilishini bolaning psihik
rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o‘zaro bog‘liq holda qarab chiqish,
faoliyatli yondoshuv, ontogenetik printsip, etiologiya va mehanizmlarni hisobga
olish printsipi (etiopatogenetik printsip), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va
tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa printsiplar.
Ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Sistemalilik tamoyili til haqida murakkab funktsional sistema to‘g‘risidagi
tushunchaga tayanadi. Uning tuzilish komponentlari o‘zaro chambarchas aloqada
boladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanishi jarayonlarini va buzilishini
tuzatishni o‘rganish nutq qurilishi sistemasining barcha komponentlariga, barcha
tomonlariga ta'sir etishini nazarda tutadi.
Nutq buzilishlarining o‘hshash turlarini logopedik hulosalash, tabaqalashtirib
diagnostikalash uchun nutqli va nutqsiz belqilarni, tibbiy, psihologik, logopedik
jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasi va nutq
rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi
muhim jihatlarni tuzatish nuqtai nazaridan tahlilqilish zarur boladi. Bunday
hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksli, tibbiy-psihologik-pedagogik
hususiyatga ega bo‘lishi kerak.
Shundayqilib nutq buzilishlarini o‘rganish va tuzatishda komplekslilik
tamoyili muhim o‘rin tutadi.
Nutq buzilishlarini o‘rganish va ularni tuzatish jarayonida anomal bolalar
rivojlanishining umumiy va o‘ziga hos qonuniyatlarini hisobga olish muhimdir.
Rivojlanish tamoyili, shuningdek bolaning yaqin rivojlanishi doirasidan o‘rin
olgan ma'lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarni logopedik ish jarayoniga
ajratishni ham ko‘zda tutadi.
Nutqi buzilgan bolalarni tekshirish, shuningdek ular bilan olib boriladigan
logopedik ishni tashkilqilish bolaning etakchi faoliyatlarini (predmetli-amaliy,
o‘yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Tuzatish – logopedik ta'sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va
vazifalari namoyon bo‘lish izchilligini, shuningdek bolaning ontogenezidagi
(ontogenetik tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: