12. Ikki xonali sonning raqamlar yig’indisi o’zidan 2, 3, …., 10 barobar kichik
bo’lishi mumkinmi?
13. Uch xonali sonning raqamlari yig’indisi sonning o’zidan 19
marta kichik
bo’lishi mumkinmi? 38 marta-chi?
14. Ikki xonali sonning birinchi raqami o’chirilgandaan keyin, uning qiymati 15
marta; 16 marta; 91 marta; 92 marta kamayishi mumkinmi?
15. Uch xonali sonning raqamlari ko’paytmasi 22, 28, 350 ga teng bo’lishi
mumkinmi? Agar 650 dan 720 gacha bo’lgan sonlarni qarasak-chi?
16. Bir nechta natural sonlarning ko’paytmasi ham yig’indisi ham a) 111
soniga teng bo’lishi mumkinmi? b)101 soniga teng bo’lishi mumkinmi?
17. Agar nishonda 9, 12, 15, 18, 24, va 47 ochkoli soxalar bo’lsa, bir nechta o’q
otib, 100 ochko olish mumkinmi?
18. Uchburchakning hamma tomonlari butun sonlar bo’lsa, uning yuzasi butun son
bo’lmasligi mumkinmi? Agar uchburchak to’g’ri burchakli bo’lsa-chi?
19. To’g’ri to’rtburchakning yuzasi 1 kv.m dan kichik. Uning perimetri 1km dan
ortiq bo’lishi mumkinmi?
20. Kvadratni bir nechta bir xil bo’lmagan to’g’ri to’rtburchaklarga
ajratish
mumkinmi?
21. Bir davrali futbol musobaqasida “PAXTAKOR” boshqa hamma jamoalardan
ko’p go’l o’tkazib yubordi va ko’p go’l kiritdi. U ohirgi o’rinni
olishi
mumkinmi?
22. Bir davrali futbol musobaqasida g’alaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko,
mag’lubiyat uchun 0 ochko beriladi. “PAXTAKOR” hammadan ko’p g’alaba
qildi. U hammadan kam ochko yig’ishi mumkinmi?
23. Futbol bo’yicha Osiyo chempionatining A guruhida 4 ta jamoa o’ynab,
shulardan 2 tasi chorak finalga chiqdi. Ikkinchi turdan so’ng faqat 1 ta jamoa
8
chorak finalga chiqish imkoniyatini yo’qotgani ma’lum.
Dastlabki tur
o’yinlarining hech biri durang bilan tugamagan bo’lishi mumkinmi?
24. Bikford shnuri tekis yonmaydi va aniq 1 minutda yonib tugaydi. Shunday
ikkita shnur yordamida 45 sekund vaqtni o’lchash mumkinmi?
Dostları ilə paylaş: