Qaysi kalla qaysi bir ajdarga tegishli?
6. Orolga tashrif buyurgan donishman u erda Anvar bilan Sardorga duch keldi va
ularning kim ekanligini bilmoqchi bo’ldi. U Anvardan “Sizlar ikkalangiz ham
ritsarlarmisiz,” - deb so’radi. Anvar javob berdi. Donishmand bu javobdan
ularning kim ekanliklarini anglay olmasligini angladi va “Sizlar bir
toifadanmisizlar?” – deb so’radi. Yana Anvar javob berdi. Shundan
keyin
donishmand ularning qaysi toifadan ekanligini aniqlang.
7. Orolda yolg’onchilar past toifali, orolga chetdan kelgan sayyohlar (ular rost
ham, yolg’on ham gapirishlari mumkin) o’rta toifali, ritsarlar esa oliy toifali deb
hisoblanadi. a) A va B kishilar quyidagi gaplarni aytdilar:
A: mening toifam B nikidan past;
B: A yolg’on gapirdi.
A va B larning toifalarini aniqlash mumkin-mi?
Bu gaplarning rost yoki
yolg’on ekanligini aniqlab bo’ladmi?
b) A, B va C kishilardan biri past, ikkinchisi o’rta, uchinchisi oliy toifali. Ular
quyidagi gaplarni aytishdi:
A: B ning toifasi C nikidan yuqori;
B: C ning toifasi A nikidan yuqori;
Shundan keyin A va B dan qaysi birining toifasi
yuqori degan savolga S nima
deb javob beradi?
8. Agar o’quvchi ko’p dars tayyorlasa, u imtixonni muvaffaqiyatli topshiradi. Sobir
imtixonda 2 baho oldi. Bu uning kam dars tayyorlaganini bildiradimi?
9. Futbol bo’yicha respublika chempionatida “Darvoza” jamoasini birorta ham
kuchli
jamoa yuta olmadi, “Jarima” jamoasi esa “Darvoza”jamoasini yutdi.
“Jarima” kuchli jamoa hisoblanadimi?
10. Bir mamlakatning aholisi haqida quyidagilar ma’lum: a) ularning ayrimlari
chiroyli yoza oladi; b) shoirlarninghech biri chiroyli yoza olmaydi; c)
barcha
25
bokschilar she’r yozadi. Bu mamlakatga tashrif buyurgan Nasriddin afandi –
“barcha aholi yoki shoir yoki bokschi”, – dedi. Siz unga ishonasizmi?
Dostları ilə paylaş: