8-§. Dirixle printsipi
1. Matematiklar davlatida 15 ta shahar bor. Ulardan ba’zilari yo’llar
bilan
tutashtirilgan. Qandaydir ikkita shahardan bir xil sondagi yo’llar orqali chiqish
mumkinligini isbotlang.
2. O’n beshta o’rtoq uchrashib qolib, qo’l berib so’rasha boshlashdi. Ixtiyoriy
vaqtda bir xil sonda qo’l berib ko’rishgan ikkita o’rtoq topilishini isbotlang.
3. Maktabda 30 ta sinf va 1000 ta o’quvchi bor. O’quvchilari a) 34
tadan kam
bo’lmagan; b) 33 tadan ko’p bo’lmagan sinf topilishini isbotlang.
4. a) Kafeda muzqaymoqning 4 xili sotiladi. 47 kishining har biri bittada
muzqaymoq sotib olidi. O’n ikkitadan kam bo’lmagan odam bir xil
muzqaymoq tanlanganini isbotlang. b) Kafeda muzqaymoqning 4 turi sotiladi.
47 kishining har biri 2 tadan muzqaymoq sotib oldi (bir hil bo’lishi ham
mumkin). Bir xildagi haridni amalga oshirgan to’rt kishi topilishini isbotlang.
5. a) Bayramga kuni sinf xonasi turli rangdagi 50 ta havo sharlarii bilan bezatildi.
Ular orasida 8 ta bir xil rangdagi yoki 8 ta turli xil rangdagi sharlar topilishini
isbotlang.
b) Agar 50 ni 49
ga almashtirsak, tasdiq to’g’riligicha qoladimi?
c) Yuqoridagi kabi masalani o’ngacha bir xil rangdagi yoki 10 ta turli xil
rangdagi sharlar topiladigan qilib tuzing.
d) 200 ta shar uchun yuqoridagi kabi masala tuzing.
6. O’lchamlari 3x3 bo’lgan jadvalning har bir katagiga 1, 2 yoki 3 sonlari yozilgan.
Hamma satrlar, hamma ustunlar va katta diagonallardagi sonlarning yig’indisi
har xil bo’lishi mumkin-mi?
7. Shaxmat taxtasida bir-birini urmaydigan qilib, nechta a) ruh; b) shoh; c) ot;
d) fillarni joylashtirish mumkin?
27
8. Dengiz jangi o’lchami 6x6 bo’lgan doskada uch katakli burchak shaklida kema
joylashgan. Eng kami bilan necha marta o’q otib, kemaga tekazish mumkin?
9. Tomoni 1 m bo’lgan kvadrat shaklidagi qog’ozda 51 ta kichik teshik ochilgan.
a) Tomoni 20 sm bo’lgan kvadrat shaklidagi qog’oz bo’lagi
yordamida kamida
uchta teshikni yopish mumkinligini isbotlang. b) Tomoni 50 sm kvadrat
shaklida bo’lgan qog’oz bo’lagi bilan nechta teshikni yopish mumkin? c)
berilgan qog’oz bo’lagida radiusi 12,5 sm bo’lgan, birorta ham teshikni o’z
ichiga olmagan doira borligini isbotlang.
10. Doira shaklidagi katta stol atrofida 100 kishi o’tiribdi, shulardan 51 tasi erkak
kishi. Qaysidir 2 ta erkak kishi bir-biriga qarama-qarshi o’tirganini isbotlang.
11. Sinfda 26 o’quvchi o’qiydi. Chorak davomida sinf o’quvchilari matematikadan
313 baho to’plashdi. Bir xilda baho to’plagan ikkita o’quvchi
borligini
isbotlang.
12. 1, 2, ..., 9 sonlar uch guruxga ajratildi. Hech bo’lmaganda bitta guruxdagi
sonlar ko’paytmasi a) 72 dan kichik; b) 72 dan kichik emasligini isbotlang.
3
3
71
1 2 3 ... 9 72
< ⋅ ⋅ ⋅ ⋅ <
13. Sayyoramizdagi ikkita odam bir kunda, bir sekunda tug’ilganini isbotlang.
Uchta odam haqida nima deyish mumkin?
14. Qirol oy davomida har kuni shirinlik sifatida
pirojniyning ikki turini
buyurdi. Agar qaysidir ikki kunda shirinliklar bir xil bo’lib qolsa, oshpazning
boshi ketadi. Oshpaz boshi ketmasligi uchun pirojniyning necha xilini
pishirishni bilishi kerak?
28