A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

maqsad
Maqsadga erishish
yullari
Xorijda ishlab chiqarishni
tashkil etish va olib borish
Xorijiy qimmatli qog’ozlarini
sotib olish
Maqsadga erishish
usullari
a) xorijiy firmaga to’liq egalik
kilish
b) aktsiyalar nazorat paketini
sotib olish (XVJ nizomiga
binoan kompaniya aktsioner
kapitalining 25%dan kam
bulmasligi kerak)
Xorijiy firma aktsioner
kapitalining 25%dan (AQSh,
Yaponiya, Germaniyada
10%dan) kamini sotib olishi
Daromad shakllari
Tadbirkorlik faoliyati foydasi,
dividendlar
Dividendlar, foizlar
Qisqacha xulosalar
1. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul
birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar,
veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar,
inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining
aktiv va passiv qismlari kiradi. Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda
rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga
oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy
resurslardan foydalanish shaklidagi
investitsiyalardan iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning
turlari bozor munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning
o’ziga xos tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar
shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar,
tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
2. Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish,
rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.
Xorijiy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud: kapital, innovatsiya va ijtimoiy
investitsiya.
3. Investitsiyada qatnashish tavsifiga ko’ra investitsiyalar bevosita va portfel
investitsiyalarga ajratiladi. Bevosita investitsiyalar investorni o’z moliyaviy
mablag’lag’larini joylashtirish ob’ektini tiklash imkoniyatini beradi. Portfel
investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar va fondlar va boshqalar
yordamida amalga oshiriladi.
4. Investitsiya faoliyatining sub’ektlaridan biri investor bo’lib, u o’z
mablag’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va
ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya
33


faoliyati ob’ektlariga jalb etishni amalga oshiradi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin