A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Nazorat uchun savollar
1. Globallashuv jarayoniga qo’shilish nimani anglatadi?
2. Globallashuv jarayoniga xos bo’lgan qanday belgilar mavjud?
3. Kioto Protokoli qanday hujjat hisoblanadi?
4. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi va investitsiya
loyihalarini tayyorlashning o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?
5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Hadli
Konventsiyasining asosiy maqsadi nima?
6. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya
loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish nimalarni o’z ichiga oladi?
7. Musaffo rivojlanish mexanizmi bo’yicha investitsiya loyihalariga nisbatan
qo’llanadigan Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini tushuntirib bering.
8. O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga
bog’liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari qanday izchillikda ishlab chiqiladi?
9. Xalqaro kapitallar migratsiyasi va oqimi haqida tushuncha bering.
47


4-bob. Xorijiy investorlar huquqiy holatining o’ziga xos
xususiyatlari
4.1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning
investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik
va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy
investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda
ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda
mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash
imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el
investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal
qiluvchi omillardan biri bo’lgan. O’zbekistonda Prezidentimiz I.Karimov rahbarligida
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida chet el
investitsiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala
davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishi etib belgilangan. Bugungi kunda
yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik
qayta
jihozlashni
ta’minlash,
yuksak
texnologiyalar
asosida
ishlaydigan
avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va
farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar
tarmog’i
hamda boshqa
yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga
qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng
muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli
investitsiya muhiti yaratilgan. Bular Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini
ta’minlash maqsadida mamlakatimizda chet el investitsiyasini jalb etishning tegishli
tashkiliy-huquqiy, institutsional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud
shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga
oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida
ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi "Chet el
investitsiyalari to’g’risida"gi Qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul
qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda
o’zgartish va qo’shimchalar kiritib borishning sababi bitta - qaerda imtiyoz va sharoit
yaratilgan bo’lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo’lsa, shu yoqqa investitsiya keladi.
"Chet el investitsiyalari to’g’risida"gi Qonun yigirma ikkita moddadan iborat bo’lib,
uning o’ninchi moddasida chet ellik investorlarning huquqlari alohida belgilab
qo’yilgan.
Chet ellik investor xalqaro huquq printsiplari va O’zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
48


-investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo’nalishlarini
mustaqil belgilash;
-investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan
shartnomalar tuzish;
-o’zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish,
ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan
investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni
tasarruf etish huquqlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa
shaxsga berilganda taraflarning o’zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga
solinadi;
-O’zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o’ziga
qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va
O’zbekiston Respublikasida patentlashtirish to’g’risida mustaqil ravishda qaror qabul
qilish;
-investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf
etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish);
-O’zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag’lari jalb
etish;
-o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan ichki valyuta bozorida chet
el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda er uchastkalariga doir
huquqlarni sotib olish;
-O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o’ziga mulk huquqi
asosida qarashli bo’lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga
olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablaјlarini jalb etishga qaratilgan
majburiyatlarning barcha turlari bo’yicha ta’min sifatida foydalanish;
-o’z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib
ravishda tovon olish;
-davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
hamda ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda
qarorlari natijasida etkazilgan zararlarni undirish.
Chet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin