A. T. G 'o fu ro V, S. S. F a y z u lla y e V, A. K. R a X im o V, B. Z o X id o V a, F. I. M a tk a r im o V



Yüklə 5,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/86
tarix16.09.2023
ölçüsü5,57 Mb.
#144404
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86
G`ofurova A.T. Antropologiya.

Odamzodning dastlabki vatani
Hozirgi vaqtda eski dunyoning turli viloyatlaridan uchlarnchi 
davrga doir ko‘pgina odamsimon qazilma maymunlaming qoldiq­
lari topilgan. Afsuski, bunday topilmalar odamsimon maymunlar- 
ning muayyan qismlaridan yoki boTaklaridan iborat bo ‘lib, to ‘la, 
butun tarzda topilganlari yo‘q. Shu boisdan tadqiqotchilar toTa 
yoki butun jasad qoldig‘i haqida emas, balki alohida qismlari 
haqida muhokama yuritishib kelmoqdalar. Shuni alohida qayd etish 
lozimki, bunday tadqiqotlar uslubiyati paleontologiya fani va uning 
tom onidan ishlab chiqilgan qiyosiy solishtirish yo‘lini qoTlaydi. 
Shu bilan topilmaning morfologiyasi hayvonot dunyosining tur- 
mush hayotini belgilaydi.
K o ‘pchilik olimlaming fikricha, odamzodga birmuncha ya­
qin m avjudotlarga maymunsimon driopitiklax guruhi kiradi. 
Driopitiklar qoldiqlari uchlamchi davming oxirgi qatlamlaridan: 
G ‘arbiy Yevropa, Afrika, Osiyo mintaqalaridan topilgan. Ulaming 
morfolo gik о ‘ zi ga xosligi ga ni 
sbatan 
oilalarga bo ‘ 1 inadi. Driopi tiklar 
prim atlarga xos boTib, o ‘rtacha o ‘lchamga ega b o iib , hozirgi 
pavinian v a shimpanze]arga o‘xshash edi. Bu guruh jonivorlaming 
m orfologik belgilaridan ularning yirtqich tishlarining maydaroq- 
ligi, iyak suyaklarining birmuncha kaltaligi xususiyatlariga ega 
edi. O dam da jag‘ tishlar ancha kalta, iyak suyaklari ham kichik. Shu 
kabi xususiyat, belgilar bilan driopitiklar hozirgi zamon odamiga 
ancha 
yaqin 
turardilar. Shunga o ‘xshash antropomorf primatlar 
qoldiqlari so‘nggi o ‘chlamgi davr qatlamlardan, xususan G ‘arbiy 
H indistonda va Gruziyada topilgan.
X ullas, driopitiklarning ayrim xarakterli xususiyadari odam- 
zod to m o n progressiv rivojlanishda boTganligini ko‘rsatadi. 
Janubiy Afrikadan topilgan primatlar bevosita gominidlarning 
«o‘tm ishdoshi» deb aytish mumkin. Shunday topilma 1924-yilda 
qoTga kiritilgan bo‘Hb, ularning soni yil sayin oshib bormoqda. 
Hozirgi vaqtda Janubiy va Sharqiy Afrikada 5 ta qazilmadan 
antropom orf maymun turlari topilgan boTib, ularni 3 tur: 
avstlopitek, parantroplar va pleziantroplarga boTish mumkin va
102


ularning hammasi astrolopiteklar oilasiga taalluqligi e ’tirof etiladi. 
Ular bo ‘ylari bo‘yicha driopitsimon maymunlardan farq qilmas edi, 
biroq ular miyasining hajmi (550-600 sm3) katta va ikki orqa oyoq 
bilan harakatlanish xususiyatiga ega b o ‘lib, ochiq yerda yurish 
va yashashga moslashgan edi. Ular bilan birgalikda kuzatilgan 
fauna topilmalari ularning yirtqichlarcha yashashini ko‘rsatadi. 
Ular odatda ko‘proq may da jonivorlam i ov qilishgan. Shunday 
qilib, avstropiteklami ularning odamga aylanishida, F.Engels 
aytganidek, go‘shtli ovqat muhim ahamiyatga ega b o ig an . Demak, 
mayda jonivorlarga ov qilish gominidlaming o ‘tmishdoshlariga 
xos xususiyat. To‘g ‘ri, avstrolopiteklar toshdan tashqari tayoqdan, 
hayvonlaming shoxidan hamda o ‘txo‘r yirik hayvonlaming 
naysimon suyaklaridan ham qurol sifatida foydalangan b o iish i 
mumkin. Faqat avstrolopiteksimonlaming olovni bilgan-bilmagan- 
lik masalasi hozircha mulohazali b o iib kelmoqda. Olimlaming 
xulosasiga qaraganda, avstrolopiteksimonlar quyi pleystotsen 
davrida yashagan. Shuni qayd etib o ‘tish lozimki, ayrim olimlar 
avstrolopiteksimonlami gominidlar oilasining to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri 
o'tm ishdoshi demasdan, Afrikada chegaralinib qolgan primatlar 
deb hisoblashib, ular gominidlar oilasi paydo b o lg u n g a qadar 
yashagan, deb ham aytishmoqda. Biroq bunday savol qanday 
qo ‘yilishiga qaramasdan avstrolopiteksimonlar gominidlar bilan 
geneologik b o g liq b o ig an . Bu ta ’limotni ko ‘pchilik olimlar 
q o ilab -q u w atlab kelishmoqdalar.
1859-yilda Oldovoy (Tanzaniya) to g la ri darasida muhim 
kashfiyot qilindi. Bu yerdan topilgan bosh chanoq primat zinjantrop 
deb atalib, topilma nisbatan yaxshi saqlangan edi. Uni o ‘rganish 
natijasida zinjantroplar haqida muayyan m a’lumotga ega b o lin d i. 
Zinjantrop o ‘zining ayrim belgilari bilan gorilladan farq qilardi, 
undan tashqari, u katta hajmdagi miyaga ega b o ig an , ikki oyoqda 
tik yurgan. Uning yuz tuzilish tizimi morfologiyasi odamnikiga 
yaqin edi. Zinjantrop topilmasining yoshini taxminan 1,5 million 
deb baholashgan. Shunday qilib, uning eng qadimgi gominidlar 
shohobchasiga taalluqligi haqida fikrlar bildirildi. Ular bilan birga
103


topilgan tosh qurollar masalasi mulohazalidir. Chunki qupol tarzda 
ishlangan bu tosh topiimalar muayyan bir shaklga ega emas. 
Shuning uchun ham ularning zinjantropga tegishliligi masalasi 
mulohazali.
Birmuncha zinjantropdan avvalgi davrga oid mehnat qurollari
1960-yilda yana shu Oldovoy tog‘ daralaridan topilgan bo'lib. tosh 
qurollar bilan birga maymunsimon odam qoldig‘i ham topilgan va 
uni Homo habilis (Homo habilis) - «uquvli odam» deb atashdi. Bu 
topilma zinjantropga nisbatan ancha qadimgi qatlamdan topilgan 
edi. Shuning uchun ham bu yangi topilma prezinjantrop ham deb 
ataldi. To‘g‘ri, uning alohida tipga tegishli ekanligi mulohazali. 
Ammo bu topilma miya hajmining yirikligi ko*p holatlarda odamga 
xos xususiyatlari, odamzodga morfologik jihatdan yaqinligi tan 
olingan. Bu progressiv holat yana shunisi bilan farq qiladiki, odam 
suyak qoldiqlari bilan birga qo'pol chopuvchi tosh qurollar ham 
topilgan. Prezinjantrop topilmasi «yoshini» 1 mln 850 ming yil deb 
baholashgan. B iroqbu topilma ham juda qadimgi emas. 1867-yildan 
boshlab Habashistonning Omo daryosi vodiysida xalqaro eks- 
peditsiya ish к о ‘rib, hozirgacha bu yerdan 10 Individ topilgan. Bu 
tadqiqotni olib borgan olimlar topilmalami avstrolopitekka tegishli 
demoqdalar va ularning yoshi 4—2 million yillam i o ‘z ichiga 
oladi. Demak, ularning yoshi zinjantropga nisbatan ikki baravar 
qadimiyroq. Muhimi shundaki, avstrolopiteklar suyaklari yotgan 
qatlamda qo‘pol qayroq qurollar topilgan. Bu topilmaiaxning yoshi 
2-1 million deb qaralib, prezinjantropga nisbatan qadimiyroq 
qatlamdan topilgan. Yana bir katta shov-shuvga sazovor bo‘lgan 
topilma - bu 1965-yiI Liki tomonidan Shimoliy Keniyadagi Rudolf 
k o ‘li atrofidan topilgan yodgorlikdir. Bu yerdan topilgan k o ‘p 
sonli ashyolardan avstrolopiteksimonlar suyak qoldiqlari bo‘lib, 
ularning yoshi 5-5,5 million yillarga doir, degan xulosalar qilingan. 
Bu topiimalar orasida qo'pol ishlangan qayroq qurollar topilgan 
bo‘lib, Omo daryosi vodiysi topildiqlaridan qariyb 500 ming 
yil qadimiyroq bo‘lib, Likining Rudolf ko'li atrofidan topilgan 
topildiqlardan farqli ravisbda uning yoshini 2,6 million yil degan
104


xulosani qilishganlar. Demakki, bu topilmalar odamzodning kelib 
chiqishi bilan bog‘liq tarixni yanada qadimiylashtiradi.
Odamning dastlabki kelib chiqish manzili xususida ko ‘plab 
fikr-mulohazalar o ‘rtaga tashlangan. A w alo, tabiatshunoslar odam­
ning birlamchi vatani ulkan Osiyo qit’asi shu jum ladan Janubiy 
Sharqiy va Sharqiy Osiyo bo'lishi mumkin, chunki 1893-yili 
golland olimi E.Dyubus Yava orolida pitekantrop-maymun odam 
suyaklarini topgan degan xulosaga keldilar (key inchalik pitekantrop 
Homo erectus y a’ni tik yuruvchi odam deb nomlandi.
1927-1937-yillarda Xitoyda so‘ng Janubiy Sharqiy Osiyoning 
boshqa mintaqalarida pitekantroplaming ko'plab qazilma suyak 
i qoldiqlari topilishi kuzatildi.
XIX asming oxiri XX asr boshlarida odamzodning ilk vatani 
Markaziy Osiyo degan qarash targ'ib qilina boshlandi. Bunga 
dalil sifatida Kaynazoy erasining uchlamchi davrida quruqlikning 
i Markaziy Osiyo qism yuzasini ko‘tarilib, tropik o ‘rmonlar 
yo‘qolishi natijasida Homo erectus va uning avlodlari bu yerda avj 
olib rivojlanganligi b o id i.
XIX asm ing ikkinchi yannida Vagner Kartfaj odamzodning ilk 
vatani Shimoliy Osiyo, Yevropa bo‘lganligi haqidagi farazni ilgari 
surdi. Lekin XX asrning 30 yillaridan boshlab pitekantroplarga 
qaraganda ancha sodda avstralopiteklar ko‘plab qazilma holda 
Janubiy va Sharqiy Afrikada hamda XX asming ikkinchi yarmida 
Afrikaning Janubiy Sharqiy mintaqasida Homo sapiyensga 
taalluqli suyak qoldiqlarining topilganligini e’tiborga olib, bu 
q it'a odamzodning dastlabki vatani degan tushuncha ko ‘pchilik 
antropologlar tomonidan e’tirof etildi.
Bunday xulosani 1987-yili Kolifomiya universitetining 
olimlari Kann va Vilsanlar molekulyar genetik tadqiqotlar asosida 
isbotlab berdilar. Ular faqat onalik hujayralari orqali nasldan- 
naslga o'tadigan hujayra organellari mitoxondrial DNK qismi 
tahlil qilib chiqdilar. Aniqlanishicha mitoxondrial DNK dagi 
mutatsiyalar chastotasining kamligi, mutatsiyalar sodir boMgan 
taqdirda, ularning neytralligi y a’ni ta’sirga ega emasligi hamda
105


ona tomonidan naslga berilishi tufayli DNKdan mutatsiyalar odam 
genomini tahlil qilganda molekulyar soat sifatida ishlatish uchun 
nig‘oyatda qulayligi e ’lon qildilar.
Yuqorida zikr qilingan olimlar ta’ kidlashicha ikki guruh odamlar 
mitoxondrial DNK mutatsiyalar farqiga qarab bu odamlaming 
genetik kelib chiqishi shajarasini, yoshini aniqlash mumkin. Ular 
tomonidan olingan natijalarga ko‘ra turli populyatsiyaga mansub 
odamlar bundan 200 ming yillar oldin yashagan yagona afrikalik 
ayoldan tarqalganligini isbotlandi. Molekulyar genetik sohasidagi 
mazkur kashfiyot ham Homo sapiyensning dastlabki vatani Afrika 
qit’asi ekanligini tasdiqladi.

Yüklə 5,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin