Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
raqamli iqtisodiyotda biznesni boshqarishning xususiyatlarini bilish;
elektron biznes modellarini tashkil etish va boshqarish haqida tasavvurga ega bo’lishi;
makro hamda tarmoqlar darajasida turli iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilishning asosiy yondashuvlari;
raqamli iqtisodiyotning texnologik, holatiy, tashkiliy-huquqiy hamda institutsional xususiyatlarini inobatga olgan holda vaziyatlarni to‘g‘ri modellashtirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish;
blokchayn texnologiyalarning mohiyatini anglab etish;
global axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish usul va yo‘llarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
davlat-xususiy sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish, eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oshirish;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun platformalar tashkil etish;