A. T. Mirzayev FarDU, dotsent, iqtisod


Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi



Yüklə 138 Kb.
səhifə3/11
tarix11.10.2023
ölçüsü138 Kb.
#154027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Raqamli iqtisodiyot o\'quv dasturi

Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

“Raqamli iqtisodiyot” fani tarmoq va soha fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-4 kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq, jumladan “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiyotda AKT va tizimlar”, “Iqtisodchilar uchun matematika”, “Boshqaruv psixologiyasi”, “Statistika” kabi fanlarda o‘rganilgan bilimlar bevosita fanni o‘zlashtirishda zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Fanni o’qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar


Talabalarning “Raqamli iqtisodiyot” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan hamda o’quv-uslubiy majmualardan foydalaniladi.
“Raqamli iqtisodiyot” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining to’laqonli rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin