O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
|
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
______________R.Shukurov
«30» avgust2022-yil
|
«Raqamli iqtisodiyot»fanining
(fanning nomi)
MUVAQQAT O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
200000
|
- Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq
|
Ta’lim sohasi
|
230000
|
Iqtisod
|
Ta’lim yo’nalishi
|
5230100
|
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
|
FARG’ONA - 2022
Tuzuvchi: A.T.Mirzayev – FarDU, dotsent, iqtisod
fanlar doktoriTaqrizchilar: Muminova E.A. - FarPI,i.f.n.,dotsent
Kurpayanidi K.I. - FarPI,i.f.n.,dotsent
Fanning o'quv dasturi Farg'ona politexnika instituti uslubiy kengashida foydalanishga tavsiya qilingan (2020 yildagi «27» avgustdagi 17-sonli bayonnoma). Fanning muvaqqat o’quv dasturini shakllantirishda Toskent davlat Iqtisodiyot Universitetining “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi tomonidan 2019 yilda ishlab chiqilgan “Informatika va axborot texnologiyalari (Iqtisodiyot)” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan “Raqamli iqtisodiyot” o’quv dasturiga asoslandi.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar ” kafedrasining 2022 yil 23-avgustdagi 1-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va bo’lim kengashiga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: M.Isroilov
Fanning ishchi o‘quv dasturi Sirtqi bo’lim kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2022 yil 27- avgustdagi 1- sonli bayonnoma).
Sirtqi bo’lim kengashi raisi: A.Abdumalikov
Kirish
Respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligi – raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida vakolatli organ etib belgilandi, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ etib belgilandi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokchayn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag‘larini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalardan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Shu bilan birga, sohada qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar hali juda ko‘p, ushbu fan raqamli iqtisodiyotning mazmun-mohiyatini, uning mamlakat rivojidagi muhim o‘rnini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga raqamli iqtisodiyotning biznes va ijtimoiy sohadagi o‘rni va ahamiyatini o‘rgatish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, biznes modellari, elektron tijorat, blokchayn texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga makro hamda tarmoqlar darajasida turli iqtisodiy vaziyatlarni tashkil qilishning asosiy yondashuvlari, raqamli iqtisodiyotning texnologik, holatiy, tashkiliy-huquqiy hamda institutsional xususiyatlarini inobatga olgan holda vaziyatlarni to‘g‘ri modellashtirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish, blokchayn texnologiyalarning mohiyatini anglab etish, global axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot xavfsizligi muammolarini aniqlash, elektron biznes jarayonlarini samarali tashkil etish, elektron tijorat modellaridan samarali foydalanish yuzasidan samarali qarorlar qabul qilishni o‘rgatishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |