Plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar. Qurilish qorishmalari g‘isht, og‘ir, engil va
yacheykali betonlar kabi g‘ovak yuzalarga yoyilgani uchun tezlikda suvsizlanadi.
Qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish maqsadida tarkibiga mineral va polimer
moddalar asosida tayyorlangan plastifikatorlar kiritiladi. Sement va ohak asosidagi
qorishmalar tarkibiga giltuproq kukuni yoki undan tayyorlangan loy bo‘tqasi mineral
plastifikatorlar sifatida qo‘shiladi. Mineral plastifikatorlar sifatida trepel, gliej, diatomit,
tuffit va shu kabi gidravlik kukun moddalardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari qattiq
yoqilg‘i kullari, domna shlaki kukuni kabi chiqindilar ham mineral plastifikator sifatida
ishlatiladi.
Ushbu mineral plastifikatorlar qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish bilan
birga suv ushlashlik xususiyatini, suv va nam muxitlarga bardoshliligini, sovuqqa
chidamliligini oshiradi.
Mineral qo‘shimchalar tarkibida meyordan ortiq organik aralashmalar, tuz
eritmalari bo‘lmasligi kerak, aks holda qorishmaning sifati pasayishi va suvoqchilikda
ishlatilganda rangi o‘zgarishi mumkin.
Organik sirtaktiv moddalar qurilish qorishmasini plastifikatsiyalash, havo
pufakchalari kiritish maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar sifatida LST (lignosulfonat
texnicheski) milonaft, kanifol sovuni kabi moddalar bog‘lovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3%
kiritiladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmasi tarkibiga superplastifikatorlar (massaga nisbatan
1% gacha) va gelpolimer moddalar qo‘shiladi; S-3 kabi superplastifikatorlar qorishma qulay
joylanuvchanligini keskin oshiradi. Gelpolimerlarning bir gramm moli 50-1000
gramm molgacha suv molekulalarini vaqtinchalik (6-24 soatgacha) bog‘lash xususiyatiga
ega bo‘lib, bog‘lovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3% qo‘shilishi qorishmaning suv ushlashlik
xususiyatini keskin oshiradi.
Nazorat savollari 1.Qurilish qorishmalari qanday klassifikatsiyalanadi?
2.
Qorishma aralashmasining asosiy xossalarini aytib bering.
3.
Qorishmaning qotgandan keyingi xossalari haqida aytib bering.
4.
G‘isht-tosh
terishda
va
suvoqchilikda
ishlatiladigan
qorishmalar
harakatchanligi haqida nimalarni bilasiz?