120
oshmasligi kerak. Qurilish qorishmasining markasi M100 va undan yuqori bo‘lsa, tarkibidagi
chang, loy aralashmalari miqdori 10% ortiq bo‘lmasligi kerak. Qorishma markasi M50 va
undan past bo‘lsa, buyurtmachi bilan kelishilgan holda chang,
loy aralashmalari miqdori
20% gacha bo‘lishi mumkin. Qum tarkibida organik aralashmalar meyordan ortiq
bo‘lmasligi zarur.
Suv.
Qurilish qorishmalari tayyorlashda ichimlik suvi yaroqli hisoblanadi. Boshqa
suvlar ishlatilsa,
ular tarkibida kislota, ishqor, tuz eritmalari va qoldiqlari, uglevodorod
birikmalari va sh.k. qorishma bog‘lovchi moddasi qotishiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan
aralashmalar bo‘lmasligi kerak.
Maxsus bino va inshootlar qurilishida suvni distilyator moslamalaridan o‘tkazib,
toza holda ishlatish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: