A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 
 
 
 
 
 
1-rasm. 
Hajmiy og‘irlikni aniqlash voronkasi
.
 
 
Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari:
ko’rgazmalai 
qurollar, natural namunadagi qurilish materiallari(bog’lovchi), virtual namunadagi o’quv-
laboratoriya jihozlari, xisoblash jadvallari. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
8.
Qosimov I.K. Qurilish materiallari. Darslik. T., Mexnat. 2004. 
9.
Maxmudova N.A.Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, 
qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2012. 
10.
Nuritdinov X.N., Qodirova D.SH. Bog‘lovchi moddalar va qurilish materiallarini 
tadqiq etish usullari. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya 
markazi., 2012. 
11.
Voljenskiy A.V. Mineralnыe vyajuщie veshestva. M., Stroyizdat. 1979. 
12.
N.A.Maxmudova Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. (lotin imlosida). T. 
Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2015. 
13.
Samig‘ov N.A. Bino va inshootlarni ta’mirlash materialshunosligi. TAQI. T. 
2005. 
14.
N.J.Parsaeva, I.Bozozrov “Bog’lovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarish 
bo’yicha o’quv qo’llanma(Praktikum)”. 
3- LABORATORIYA ISHI (2 soat) 
 MAVZU:GIPSNING MAYDALIK DARAJASINI ANIQLASH 
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar:
1.
Quritilgan gips kukuni,
2.
elektron tarozi,
3.
0,2 nomerli elak 
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi: 
Quritish javonida 50-55°C haroratda bir soat 
mobaynida quritilgan gips namunasidan tarozida 50 g tortib olinadi, bunda tarozi pallasiga soat 
oynasini qo‘yish va gipsni shu oyna ustida tortish lozim. Tortib olingan gips turi 0,2 nomerli 
elakdan o‘tkaziladi. Gipsni elaganda elakning qopqog‘ini bekitish kerak, gips qo‘lda elanadi, 
yoki elakni silkitib turadigan asbobga o‘rnatiladi. Elash jarayoni odatda 5-7 minut davom etadi, 
keyin asbob to‘xtatilib, elakning tubi ehtiyotlik bilan ajratib olinadi va gips kukuni boshqa 
idishga solinadi. Tekshirib ko‘rish maqsadida (elakning tubini olib qo‘yib) gips qog‘oz ustiga 


130 
elanadi. Birdaqiqa davomida elakdan eng ko‘pi 0,05 g gips tushsa, elash nihoyasiga yetkazilgan 
hisoblanadi. Gips kukunining maydalanganlik darajasi elakda qolgan gips massasining dastlabki
namuna massasi (50 g)ga nisbati sifatida aniqlanadi, bunda yo‘l qo‘yiladigan xatolik 0,1% dan 
ziyod bo‘lmasligi lozim. Ikki marta sinash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati gips 
kukunining mayinlik qiymati sifatida qabul qilinadi. 
 
Hisoblash formulasi:
Gips namunasi- m

Elakda qolgan qoldiq –m

Maydalik darajasi –M 
3-rasm. № 02 elak 
(O‘zRST 768-97. Gips bog‘lovchilar. Sinash usullari) 
Maydalik darajasi bo‘yicha texnik talablar. 
Gipsni turi 
Maydalik darajasi turi 
Elakda qolgan to‘la qoldik (№ 0,2 mm 
li elak), % ko‘p emas. 
Dag‘al maydalanganlik 

23% 
O‘rtacha 
maydalanganlik 
II 
14% 
Nozik maydalanganlik 
III 
2% 
Ta'rif. Gipsning maydalik darajasi 0,2 nomerli elakda elangandan keyin qolgan 
qoldiqning miqdori bilan ifodalanadi. 
3-jadval 
№ 
Sinash uchun 
olingan gipsning 
massasi,g 
Qoldiqning massasi 
Elakdan o‘tgan gipsning 
massasi 







Xulosaga O‘zPCT talabiga mos kelish yoki kelmasligi yozilsin. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin