A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 
6 semestr 

Gidravlik bog‘lovchilar.Ularning maydalik darajasini aniqlash. 


Sementning hajmiy va solishtirma massasini aniqlash. 


Sement hamirining me’yoriy quyuqligini (suv sement miqdorini) 
aniqlash. 


Sement mustaxkamligini aniqlash uchun namunalar tayyorlash. 


Sement mustaxkamligini, markasini,sinfini aniqlash 


Sement mustaxkamligini namunani buzmasdan aniqlash. 


Bajarilgan ishlarni xisobotini qabul qilish. 

 
Jami
28 soat 


127 
Laboratoriya ishlari talabalarda qurilishda ishlatiladigan turli xil materiallarning fizik-
mexanik, issiqlik-fizik gidrofizik xossalarini aniqlash va davlat standartlariga taqqoslash 
bo’yicha amaliy ko’nikma va malaka xosil qiladilar. 
FANNING LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI 
5-SEMESTR 
1-
 
LABORATORIYA ISHI (2 soat) 
MAVZU:
LABORATORIYADA TEXNIKA XAVFSIZLIGI, ISHLAB 
CHIQARISH BO’YICHA INSTRUKTAJ O’TKAZISH 
 
Laboratoriyada ishlaydigan har bir xodim va talabalar III-4-86 “Qurilish meyorlari va 
qoidalari”dagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari shart. Bundan tashqari har bir 
laboratoriya uchun o‘quv yurtining maxsus buyrug‘iga asosan texnika xavfsizligi bo‘yicha 
qo‘llanmalar tayyorlanib, har bir xodim va talabalar shu qo‘llanma bo‘yicha texnika xavfsizligi 
bo‘yicha saboq olishlari va saboq olganligi haqida laboratoriyadagi texnika xavfsizligi daftariga 
o‘zlarining imzolarini qo‘yishlari shart. Laboratoriyadagi hamma jihozlarga ishlashi bo‘yicha 
texnika xavfsizligi talablariga javob berishini laboratoriya xodimlari ta’minlashi kerak.
Laboratoriyadagi jihozlar quyidagi texnika xavfsizligining talabalariga javob berishlari 
kerak: laboratoriyada ishlash vaqtida xodim va talabalar elektr tokidan, mexanik kuchdan, 
yuqori haroratdagi issiqlikdan va sovuqdan, yuqori bosimdan, yonuvchi materiallardan va 
kimyoviy moddalardan foydalanishdagi texnika xavfsizligi bilan tanish bo‘lishlari bilan birga 
quyidagi qoidalarga rioya qilishlari shart: 

Mashina va mexanizmlarning aylanuvchi qismi muhofaza qilingan bo‘lishi; 

Yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari (220, 380 volt) yaxshi, nuqsoni 
bo‘lmagan elektr o‘tkazish simlari bilan jihozlanib, ochiq simlar bo‘lmasligi; 

Yuqori bosim bilan ishlaydigan jihozlar bosimni tartibga solib turuvchi 
qurilmalar, relelar bilan jihozlangan bo‘lishi; 

Yuqori haroratda ishlaydigan pech va quritish qurilmasiga sinaluvchi materiallari
solish va olish uchun maxsus qisqichlar bo‘lishi; 

Tez yonuvchi moddalar (benzin, benzol, kerosin va hk.) sovuq joylarda saqlanishi; 

Isitish qurilmalari o‘tga chidamli materiallarda turishi ; 

Ichki alanga bilan ishlaydigan jihozlar muhofaza qilingan bo‘lishi ta’minlanishi; 

Elektr tokida ishlaydigan hamma jihozlar erga ulangan bo‘lishi; 

O‘t o‘chirish uchun qum va gazli o‘t o‘chirgichlar, tez yordam aptekasi bilan 
ta’minlangan bo‘lishi; 

Bog‘lovchilarning xossalarini o‘rganishda sement, ohak va gips loyining 
qoldig‘ini chiqindi suv tarmog‘iga (kanalizatsiyaga) to‘kmaslik kerak, buning uchun 
laboratoriyadagi maxsus idishdan foydalanilsin; 

Ochiq alangada faqat sopol, metall va kvarsdan tayyorlangan idishdan 
foydalanilsin; 

O‘tga chidamli shisha idishda moddalarni qizdirish uchun qumli idishdan, asbest 
matadan yoki suv bug‘idan foydalanilsin; 

Pech va quritish qurilmasidan narsalarni olish va quyishda maxsus qisqichlardan 
foydalanishni bilish; 

Kimyoviy moddalardan foydalanishning tartibini bilish; 

Har qanday jarohat olgan odamga birinchi yordam ko‘rsata olishni bilish; 

Agar alanga chiqib yong‘in bo‘lsa, uni qanday o‘chirish qoidalarini va o‘t 
o‘chirish asboblaridan foydalanishni bilish kerak; 


128 

Laboratoriya ishlari tugagandan keyin ishlatiladigan hamma elektr asboblarini, 
gazni, suvni o‘chirib laboratoriya xonasining kalitini bino qorovulida qoldirish kerak; 

Agarda uzoq muddatga ishlaydigan jihozlar bo‘lsa nazoratchilar qoldirish kerak; 

Laboratoriyada ishlaydigan har bir xodim yoki talaba yuqorida keltirilgan talab 
va qoidalarga rioya qilishga majburdirlar. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin