137
yashikka solinadi. Ohakni ustidan 15-200C haroratli suv quyiladi. Suvning miqdorini so‘nish
tezligiga qarab olinadi. Tez so‘nuvchan yuqori tarkibli oxakga 10-12l suv olinadi, o‘rtacha
so‘nuvchi oxakga 8-10l, sekin so‘nuvchanga esa bo‘laklarning namlanishiga qarab suv olinadi.
Ohakni butunlay so‘nishi va bir xil tarkibdagi ohak hamiri olish uchun so‘nish vaqtida
undan 2sm balandlikda suv quyiladi va aralashtiriladi. Sovib qolishidan saqlash uchun qalpoq
bilan yaxshilab berkitilib qo‘yiladi. 24soatdan so‘ng yashikni qopqog‘ini ochib to‘kiladi va ohak
bo‘tqasini balandligi o‘lchanadi. Ohakning bo‘tqaga o‘tishi l/kg da o‘lchanadi. Ko‘pincha ohakni
bo‘tqaga o‘tishi 1,6-2,5l/kg oraliqda bo‘ladi.
Tenglik yordamida miqdori aniqlangan namunani torozida tortib olib, termos ichiga
solinadi. Ohak bilan suv qo‘shilgan vaqtini belgilab, cho‘p bilan aralishtiriladi. Bizga ma’lumki
ohakka suv qo‘shilganda u so‘nadi va harorat ko‘ratiladi.
CaO * H
2
O ® Ca(OH)
2
+O
2
SHuning uchun termosdagi harorat o‘lchagichning simob ustuni ko‘tarila boshlaydi.
Haroratning ko‘tarilishini har bir daqiqada o‘lchab jadvalga yozib boriladi.
Agarda harorat 4 daqiqada 1
0
C ga ko‘tarilmasa ohak so‘nib bo‘ldi deb qaraladi va
tajriba tugatiladi. Harorat 1 daqiqa mobaynida 0,25
0
C gacha ko‘tarilmagan vaqt ohakning
so‘nish vaqti deb qaraladi. Olingan natijalar jadvalga yozib boriladi va shu natija asosida so‘nish
grafigi chiziladi.
Dostları ilə paylaş: