138
FANNING LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI
6-SEMESTR
1-
LABORATORIYA ISHI (2 soat)
MAVZU:
GIDRAVLIK
BOG‘LOVCHILAR.ULARNING
MAYDALIK
DARAJASINI ANIQLASH
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar:
1.
Elektron tarozi,
2.
0,2 nomerli elak.
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi:
Quritish javonida 50-55°C haroratda bir soat mobaynida
quritilgan portlandsement
namunasidan tarozida 50 g tortib olinadi, bunda tarozi pallasiga soat oynasini qo‘yish va gipsni
shu oyna ustida tortish lozim. Tortib olingan gips turi 0,2 nomerli elakdan o‘tkaziladi.
portlandsementni elaganda elakning qopqog‘ini bekitish kerak, gips qo‘lda elanadi, yoki elakni
silkitib turadigan asbobga o‘rnatiladi. Elash jarayoni odatda 5-7 minut davom etadi, keyin asbob
to‘xtatilib, elakning tubi ehtiyotlik bilan ajratib olinadi va gips kukuni boshqa idishga solinadi.
Tekshirib ko‘rish maqsadida (elakning tubini olib qo‘yib) portlandsement qog‘oz ustiga elanadi.
Bir daqiqa davomida elakdan eng ko‘pi 0,05
g gips tushsa, elash nihoyasiga yetkazilgan
hisoblanadi. Portlandsement kukunining maydalanganlik darajasi elakda qolgan portlandsement
massasining dastlabki namuna massasi (50 g)ga
nisbati sifatida aniqlanadi, bunda yo‘l
qo‘yiladigan xatolik 0,1% dan ziyod bo‘lmasligi lozim. Ikki marta sinash natijalarining o‘rtacha
arifmetik qiymati portlandsement kukunining mayinlik qiymati sifatida qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: